frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

O‘zA loyihasi - tafakkurni o‘zgartirgan asar

19.04.2020   11895   8 min.
O‘zA loyihasi - tafakkurni o‘zgartirgan asar

O‘zA “Tafakkurni o‘zgartirgan asar” rukni ostida jahonga mashhur badiiy, ilmiy-ommabop, psixologik, tarixiy va falsafiy asarlar tahlilini berib boradi. Maqsadimiz – kitobxonlikka hissa qo‘shish. Kolumnist Sevara Alijonova.

Bugun Abu Homid Imom G‘azzoliyning “Mukoshafat-ul qulub” asari tahlili bilan tanishasiz. Unutmang, kitob qarshisida jamiki narsalar nursiz bo‘lib qoladi.

QALBLARNING KASHSHOFI KIM?

Inson halokati va jamiyat tanazzulining bosh sababi – g‘ayriinsoniy tuyg‘ular va xatti-harakatlardir. Kibru havo, shuhratparastlik, riyo, hasad, zolimlik, adolatsizlik kabi tushunchalar kimdaki kurtak otsa, bunday sifatli odamlar qaysiki jamiyatda ko‘p bo‘lsa, halokat shundadir. Xo‘sh, borlig‘imizga singib, qalblarimizni ko‘r qilgan bu qusurlardan qutulmoqning imkoni bormi?

Bir hikmat ahlidan so‘radilar:

  • Aqlli kimsa uchun eng quvonarli narsa nima, hazinlikni eng ko‘p bartaraf qila oladigan narsachi? G‘amginlikdan eng ko‘p nima qutqaradi?
  • Aqlli kishi uchun eng quvonarli narsa o‘lmasdan oldin qilgan go‘zal amallaridir. G‘amginlikdan eng ko‘p qutqaradigan narsa esa Allohning hukmiga rozi bo‘lmoqlikdir.
  • Insonlarning eng g‘amgini hasadchilar, eng qobili qanoatlilar, eng ko‘p ozor ko‘ruvchilari harislar va ochko‘zlar, tirikchilikdan qiynalmaydiganlari havoyi nafsini cheklaganlar va dunyoga topinmaganlar, eng ko‘p afsuslanuvchilari gunohkor olimlardir.
  • Alloh o‘rtaga qo‘ygan axloq asoslariga moslashish va nafsning zavqu safo orzusini sindirish uchun nafsing bilan jihod qil! Oz uxla, oz so‘yla. Bema’ni gapirmaslik, insonlarga va boshqa jonzotlarga aziyat bermaslik va oz yemak – bularning bari nafsning havoyi istaklariga g‘ov qo‘ymoq demakdir. Oz uxlagan odam to‘g‘ri tushunish malakasiga ega bo‘ladi. Kamgap odam bir qator ofatlardan omon qoladi. Insonlarga va boshqa jonzotlarga azob bermagan odam bir qator maqsadlariga yetishadi. Kam tomoq odam nafsning shahvoniy istaklarini qiynalmay bartaraf qila oladi. Tiqib-bosib yeyish qalbni ko‘r qiladi, unda insoniy fe’l-atvorlarning yo‘q bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Oz yemak qalbni nurlantiradi. Mechkaylik va davomli to‘qlik esa kishini Allohdan uzoqlashtiradi.
  • Ey o‘lim farishtasi, ziyoratga keldingmi yo jonimni olganimi?
  • Ziyoratga keldim.
  • Sendan bir talabim bor.
  • Nima ekan u?
  • Ajalim yaqinlashib, jonimni olmoqchi bo‘lganingda menga sal oldinroq xabar bersang...
  • Juda soz. Senga ikki yo uch xabarchi yuboraman.
  • Ziyorat maqsadida keldingmi yo jonimni olganimi?
  • Joningni olgani!
  • Axir, sen menga oldindan xabar bermoqchi eding-ku?! Ikki yo uch xabarchi yuboraman, deganding. Qani xabar berganing?
  • Men aytganimni qildim: 1. Sochlaring oldin qora edi, oqardi. 2. Vujuding oldin kuchli edi, keyin quvvatdan qoldi. 3. Qadding oldin tik edi, endi bukildi. Ey, Yoqub, mana senga uch narsa, o‘limdan oldin insonlarga mening yuborgan xabarchilarimdir.
  • Kimningki so‘zi hikmatsiz bo‘lsa, u so‘z botildir. Kimningki sukuti tafakkursiz bo‘lsa, u sukutda xatolik bor. Kimningki qarashi ibrat olish uchun bo‘lmasa, u bir xursandchilikdir.
  • Dunyo hayotiga e’tiborli bo‘ling. Zero, u Horut va Morut (Horut va Morut – Bobil xalqiga azobdan saqlanish uchun sehr o‘rgatgan ikki sehrgar, mohir sehrboz farishta (malak)lar)dan ham sehrgarroqdir.

 

Hikmat ahllaridan yana biri shularni aytadi:

Buyuk fiqhshunos olim Imom G‘azzoliyning Islom va inson oldidagi eng buyuk xizmati shundaki, ul zot ana o‘sha illatlarga tashxis qo‘ygan. Bu illatlar uya quradigan joy “inson ruhi”, “inson qalbi” bo‘lgani uchun asarni “Mukoshafat-ul qulub” deb nomlagan. “Mukoshafa” degan arabcha so‘z bizda “ko‘rinmaydigan narsalarni ochish”, “kashf etish” ma’nosini bildiradi, ya’ni insonning o‘zi uchun tushunarsiz bo‘lgan hodisani inkishof yo‘li bilan bilib olishi deganidir. Allohning zot va sifatlarini, boshqa ilohiy sirlarni anglab yetish degan ma’nosi ham bor bu so‘zning. Kitobning nomini keng ma’noda “qalblarni bosib yotgan g‘ayriinsoniy fe’l va tuyg‘ularning kashfi” desa ham bo‘ladi. Mana necha asrlardan buyon u insoniyat uchun ziyo manbai bo‘lib xizmat qilib kelmoqda, iztirob va huzursizliklar ichida qiynalib yashayotgan shaxslarga, jamiyatlarga va xalqlarga xotirjamlik xamda saodat yo‘llarini ko‘rsatmoqda.

“Mukoshafat-ul qulub” ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda insoniy his-tuyg‘ular mohiyati hadis va rivoyatlar misolida ochib beriladi. Ikkinchi qismda esa ko‘plab mavzularga takroran murojaat etilib, o‘zimizni, qalbimizdagi neki bor – uni kashf etishimizga yanada urg‘u berilgan. Bizni qanday tuyg‘ular boshqarayotganini, ular bizni qay yo‘l tomon eltayotganini anglasakkina, amalda sobit bo‘lamiz, taskin va halovat topamiz. Aks holda, besh kunlik dunyo hayotini besamar yellarga sovurib, oxir afsus-nadomat komida qolishimiz mumkin.

Ko‘pincha “Allohdan qo‘rqasanmi?” so‘rog‘iga “Ha” yoki “Allohdan qo‘rqaman” debhech ikkilanmay javob beramiz. Allohdan qo‘rqishning asl mohiyati nima o‘zi? Asarda keltirilishicha, Allohdan qo‘rqishning alomati yetti narsada namoyon bo‘ladi: til, qalb, ko‘z, me’da, qo‘l, oyoq va itoatda.

Imom G‘azzoliy asarda ana o‘sha yetti alomatni tushuntirish, tavsif etish yo‘lidan boradi. Ular orqali biz yelib-yugurayotgan dunyo hayotining naqadar aldamchi va o‘tkinchi, o‘zni fido qilishga arzimasligini anglab yetamiz. Bu asarni bir marta mutolaa qilgan odam g‘aflat uyqusidan uyg‘onib, qalb ko‘zlarini ochishi tayin. Ayrim mavzularga to‘xtalib o‘tsak. 

Nafs tarbiyasi

Mashhur avliyolardan biri Yahyo ibn Maoz nafs haqida shunday deydilar:

G‘aflat 

G‘aflat nadomatni orttiradi. G‘aflat ne’matning qo‘ldan ketishiga sabab bo‘ladi. G‘aflat Alloh yo‘lini pardalaydi. G‘aflat hasadning kuchayishiga, kishining ozorlanishiga sabab bo‘ladi.

Yoqub alayhissalom bilan o‘lim farishtasi Azroil birodarlardek uchrashib turishardi. Bir kuni Azroil ziyoratga kelganida, oralarida shunday suhbat bo‘lib o‘tdi.

Bu suhbatdan birmuncha vaqt o‘tgach, Hazrat Yoqubning ajali yaqinlashdi. O‘lim farishtasi yana keldi. Hazrat Yoqub so‘radi:

Tafakkur

Hasan Basriy shunday dedi:

Alloh bizga yuborgan kitobi – Qur’onda qayta-qayta tafakkurdan bahs etadi va fikrlash kerak, deb buyuradi. Mana, Allohning buyruqlari:

Osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun ibratli dalillar borligi shubhasizdir. (Oli Imron surasi, 190-oyat)

U (Alloh) fikrlab, ibrat olmoqchi bo‘lgan yoki shukr qilmoqchi bo‘lgan kishilar uchun kecha va kunduzni (bir-birining) o‘rnini bosuvchi qilib qo‘ygan zotdir. (Furqon surasi, 62-oyat)

Dunyo hayoti

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday buyurdilar: 

Hazrat Iso deydiki: “Dengiz to‘lqini ustiga kim uy qura oladi? Mana, dunyo hayoti shudir. Uni abadiy qarorgoh qilaman deb o‘ylamang”. 

Allohni va uning buyukligini tanigan odam undan qattiq qo‘rqadi va kelgusida azobga duchor bo‘lmaslik uchun nafsini hozirdan tarbiyalab boradi va qilgan gunohlari ustidagi pardalar ochilib, Alloh huzuriga keltirib muhokama qilinishi natijasida jahannamga otilmasidan burun ilohiy axloq asoslariga rioya qiladi.

Islom olamining buyuk mutafakkirlaridan biri Abu Homid G‘azzoliy asarda “insonning ko‘ngli qachon taskin, halovat topadi”, degan savolga “qachonki u qalblarning kashshofi bo‘lmish Allohning hukmiga rozi bo‘lsa, dunyo hayotining o‘tkinchi xoyu-havaslariga emas, oxiratdagi yuksak maqom va Allohning vasliga intilsa, Alloh u bandaning ko‘nglidagi g‘amni ketkazib, xotirjamlik degan nurni joylaydi”, degan g‘oyani ilgari suradi.

“Mukoshafat-ul qulub” Sharqda “Hujjat ul-Islom” rutbasi bilan mashhur bo‘lgan G‘azzoliyning necha asrlar ilgari yoqqan yuzlab mash’alalaridan bir donasidir. “Bu mash’ala sochgan mangu so‘nmas ziyo dastalari zamonlar osha so‘ngsizlik sari oqib borgusidir. Inson nasli to qiyomatgacha mavjud bo‘larkan, bu asar ham insoniyat uchun mangu ziyo manbai bo‘lib, azob-uqubatlar, g‘am-tashvishlar va behuzurliklar ichida iztirob chekayotgan shaxslar, siymolar va millatlarga huzur-halovat va baxt-saodat yo‘llarini ko‘rsatajak”.

 

Manba: http://uza.uz

 

Videolavhalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

18 avgust — Usmon Mus'hafi Toshkentga qaytgan kun

19.08.2026   107   2 min.
18 avgust — Usmon Mus'hafi Toshkentga qaytgan kun

18 avgust Toshkentning nafaqat diniy, balki madaniy va ilmiy merosi tarixida muhim o‘rin tutuvchi sana. Qur’oni Karimning eng qadimiy qo‘lyozmalaridan biri sifatida e’zozlanadigan Usmon Mus'hafi asrlar davomida Markaziy Osiyo tarixining turli bosqichlariga guvoh bo‘lib kelgan, xabar bermoqda iccu.uz.

Ushbu nodir qo‘lyozma yirik hajmdagi pergament varaqlarga yozilgan bo‘lib, matni qadimiy Hijoz xatida bitilgan. Mus'hafda hozirgi arab yozuvidagi nuqta va harakat belgilari mavjud emas. Manbalarda uning saqlanib qolgan qismi 338 yoki 353 varaqdan iborat ekani haqida turli ma’lumotlar uchraydi. Ayrim yo‘qolgan pergament varaqlar keyinchalik qog‘oz bilan almashtirilgan. Qo‘lyozmaning aniq sanasi xususida ilmiy adabiyotlarda turli qarashlar mavjud.

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Mus'haf uzoq yillar Samarqandda saqlangan. 1868–1869 yillarda u Sankt-Peterburgga olib ketilgan va Imperator xalq kutubxonasiga topshirilgan. 1905 yilda qo‘lyozmaning 50 ta faksimile nusxasi ko‘chirilgan. 1917 yildagi siyosiy o‘zgarishlardan keyin musulmon ulamolarining talabi bilan Mus'haf avval Ufaga, keyin esa O‘rta Osiyoga qaytarilishi jarayoni boshlangan.

1924 yilda Usmon Mus'hafi Tatariston, Boshqirdiston va Turkiston ulamolaridan tashkil topgan maxsus kuzatuvchilar hamrohligida maxsus poyezd orqali Ufadan Toshkentga olib kelindi. Toshkentga olib kelinganidan so‘ng Mus'haf bir muddat shahardagi masjidlardan birida saqlandi. Keyinchalik uning asrab-avaylanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga topshirildi.

1989 yil 14 mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Musulmonlarning IV quriltoyida O‘zbekiston hukumati qarori bilan Usmon Mus'hafining musulmonlar ixtiyoriga qaytarilgani e’lon qilindi. Keyinchalik u O‘zbekiston musulmonlari idorasi ixtiyoriga topshirildi. Mus'haf bir muddat Hazrati Imom majmuasidagi «Mo‘yi Muborak» madrasasi muzey-kutubxonasida maxsus sharoitda ham saqlandi.

Usmon Mus'hafining tarixiy va madaniy ahamiyati xalqaro miqyosda ham e’tirof etilgan. 1997 yilda qo‘lyozma YUNЕSKOning «Memory of the World» — «Jahon xotirasi» dasturi ro‘yxatiga kiritilgan.

2025 yil 13 noyabr — Usmon Mus'hafi tarixida yana bir muhim sana. Aynan shu kuni nodir qo‘lyozma O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga olib kelindi. Bugun Qur’on zalidagi asosiy eksponatlardan biri sifatida alohida o‘rin egallab, yurtimizning ko‘p asrlik diniy, ilmiy va ma’naviy merosini namoyon etuvchi bebaho yodgorlik sifatida taqdim etilgan. Shuningdek, Markazda turli davrlarda Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar va Temuriylar davrida ko‘chirilgan Qur’on nusxalarini ham ko‘rish mumkin. Usmon Mus'hafi tarixi bu faqat bir qo‘lyozmaning tarixi emas. Bu asrlar osha saqlangan ilmiy va ma’naviy meros, uni asrab-avaylagan avlodlar xotirasi va O‘zbekiston zaminida shakllangan buyuk islom sivilizatsiyasining uzviy davomiyligi haqidagi tarixdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari