Ma’lumki, yaqin kunlarda musulmonlar intiqib kutadigan, muborak Ramazoni sharif oyi kirib kelmoqda. Har yili yurtdoshlarimiz Ramazon oyini alohida tayyorgarlik va xursandchilik bilan kutib oladilar va ko‘tarinki ruhda, o‘zgacha shukuh bilan o‘tkazadilar. Chunki, Ramazon oyida mo‘min-musulmonlarning rizqiga baraka, amallariga ulkan ajru savoblar ato etiladi. Zero, Alloh taolo Ramazon oyida mo‘minlarga kunduz kunlari ro‘za tutmoqlikni farz, tunlari tarovih namozini o‘qimoqlikni nafl qilib bergan. Ramazon oyida Qur’oni karimni xech bo‘lmasa bir marta boshidan oxirigacha o‘qib xatm qilish Payg‘ambarimiz alayhissalomning sunnatlaridandir. Ro‘zadorlarga iftorlik qilib berish, muhtojlarga xayru sadaqalar ulashish ushbu oyga xos bo‘lgan amallardan sanaladi.
Lekin, ming afsuski, bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab, jumladan, yurtimizda ham Koronavirus pandimeyasi tarqaldi. Bu kasallik keng tarqalishini oldini olish maqsadida yurtimizda karantin e’lon qilindi.
Ma’lumki, ushbu holat vujudga kelgani munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining “Koronavirus (COVID-19) infeksiyasining tarqalishini oldini olish bo‘yicha FATVOSI” e’lon qilindi. Fatvoda yurtimizda epidemiologik vaziyat barqarorlashgungacha jamoaviy namozlar vaqtincha to‘xtatilib, musulmonlarimizga namozlarni uylarida ado etishlari lozim ekanligi yetkazildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Ramazon oyini o‘tkazish bo‘yicha qo‘shni va xorijiy mamlakatlardagi holat o‘rganildi. Jumladan, Misr Arab Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi musulmonlari diniy idoralari tomonidan Ramazon oyida masjidlarda tarovih namozlari ado etilmasligi va ommaviy iftorliklar uyushtirilmasligi haqida bayonotlar e’lo qilindi.
Shuningdek, qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘iziston musulmonlari diniy idoralari bilan mazkur masala muhokama qilindi va yagona to‘xtamga kelish haqida qaror qilindi.
Yuqoridagilardan kelib chiqan holda, shuningdek, fuqarolarimiz orasida Ramazon oyida ko‘zda tutilgan diniy marosimlar sababli karantin talablari buzilishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi barcha musulmonlarni quyidagi ko‘rsatmalarga qat’iy rioya qilishga chaqiradi:
Alloh taolo tez kunlarda bemorlarimizga shifoi komil berib, dunyo xalqlari, jumladan yurtimizdan bu kasallikni ko‘tarsin! Hamda fazilatli jamoatlar bilan ibodatlarni komil suratda ado qilishni barchamizga nasib qilsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Ulamolar kengashi
Cavol: Tilla yoki naqd pulim yo‘q. Ammo 600 gramm kumushim bor. Shu kumushdan zakot beramanmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Kumushning nisobi ikki yuz dirham, ya’ni 595 grammga teng. Kimda shu va shundan ko‘p miqdordagi kumushi bo‘lib, bir yil o‘tgan bo‘lsa, qirqdan birini zakot sifatida beradi. Tilla va kumushda qiymat emas, vazn hisobga olinadi. Shu sababli kumushning narxi zakot nisobiga yetmasligi mumkin, ammo vazn jihatdan yetgani uchun zakot beriladi. Zakot berishda, kumushning o‘zidan yoki qiymatidan bersa ham bo‘ladi (“Bado’ius-sanoi’” kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.