Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Yanvar, 2025   |   12 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:34
Shom
17:18
Xufton
18:37
Bismillah
12 Yanvar, 2025, 12 Rajab, 1446

Islom taraqqiyot banki pandemiyaga qarshi kurashda O‘zbekistonga yordam beradi

12.04.2020   2132   1 min.
Islom taraqqiyot banki pandemiyaga qarshi kurashda O‘zbekistonga yordam beradi

Islom taraqqiyot banki koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga moliyaviy ko‘mak beradi. Bu haqda investitsiyalar va tashki savdo vazirligi rasmiy saytida ma’lumot berilgan.

Xabarda aytilishicha, Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va savdo vaziri Sardor Umurzoqov bu borada Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hajar bilan videomuloqot olib borgan.

Muzokaralar yakunida ITB prezidenti 2,3 milliard dollar miqdordagi «Strategik tayyorgarlik va choralar to‘plami» mablag‘laridan 17 million dollari O‘zbekistonga yo‘naltirilishini ma’lum qilgan.

«Shuningdek, Bandar Hajar koronavirus bilan kasallangan bemorlar uchun qurilayotgan yangi shifoxonalarni jihozlash loyihalari doirasida iqtisod qilingan 46 million AQSH dollarini qayta yo‘naltirish orqali O‘zbekistonga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi», deyiladi vazirlik xabarida.

Oldinroq bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Jahon banki rasmiylari bilan muzokara o‘tkazgan va unga ko‘ra bank O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurash uchun 1,2 milliard dollar kredit ajratishga tayyorligi xabar qilingandi.

Manba: https://m.kun.uz

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

10.01.2025   3599   1 min.
To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.

Shuni yodda tutish lozimki, birovlarning haqlari eng avvalo egasiga qaytarish shart bo‘ladi. Egasi yoki uning merosxo‘rlarini topishning iloji umuman bo‘lmagandagina uning nomidan sadaqa qilinadi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar