Islom taraqqiyot banki koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga moliyaviy ko‘mak beradi. Bu haqda investitsiyalar va tashki savdo vazirligi rasmiy saytida ma’lumot berilgan.
Xabarda aytilishicha, Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va savdo vaziri Sardor Umurzoqov bu borada Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hajar bilan videomuloqot olib borgan.
Muzokaralar yakunida ITB prezidenti 2,3 milliard dollar miqdordagi «Strategik tayyorgarlik va choralar to‘plami» mablag‘laridan 17 million dollari O‘zbekistonga yo‘naltirilishini ma’lum qilgan.
«Shuningdek, Bandar Hajar koronavirus bilan kasallangan bemorlar uchun qurilayotgan yangi shifoxonalarni jihozlash loyihalari doirasida iqtisod qilingan 46 million AQSH dollarini qayta yo‘naltirish orqali O‘zbekistonga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi», deyiladi vazirlik xabarida.
Oldinroq bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Jahon banki rasmiylari bilan muzokara o‘tkazgan va unga ko‘ra bank O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurash uchun 1,2 milliard dollar kredit ajratishga tayyorligi xabar qilingandi.
Manba: https://m.kun.uz
Bugun 2025 yil 8 yanvar kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumani "Vatan" tantanalar majmuasida "Jaholatga qarshi ma’rifat" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, aholi vakillari, yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etib, islom dini ezgulik, tinchlik va insoniylik dini ekani, fazilatlar, azaliy qadriyatlar ifodasi ekanligini targ‘ib qilish, yosh avlodga milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizni to‘g‘ri tushuntirish, yurtimiz tinchligini asrash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida fikrlar bildirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati