SAFARGA TAYYoRLANAYoTGANINGIZDA QUYIDAGILARGA AHAMIYaT BYeRING:
Surunkali xastaliklari bor ziyoratchilar:
✓Har kuni iste'mol qiladigan noyob dori-darmonlarni zahirasi bilan olishi;
✓ Ziyoratchilar safardan oldin o'z has-taliklarini berkitmay, balki shifokor-larga murojaat qilib, zarur bo'lsa, yotib davolanishlari;
✓ Qulay va engil oyoq kiyim olish, iloji bo'lsa, o'z yashash joyidan harid qilib, 4-5 kun davomida kiyib, oyog'iga mos-lashtirishi lozim, aks holda safarda oyoq shilinishidan aziyat chekish mumkin;
✓Gripp, koronavirus va boshqa kasal-liklarning oldini olish maqsadida 10-15 dona tibbiy niqob va Oksalin surmasini olish zarur;
SAFAR DAVOMIDA QUYIDAGILAR QAT_''IYaN MAN ETILADI:
✓Safar uchun olingan dorilar ichida narkotik va psixotrop moddalar bo'lgan dori vositalari, nos va sigaret mah-sulotlarini olib borish;
✓Saudiya Arabistoniga sotish maqsadida qurt, asal, turp, bodom, turshak, mayiz va boshqa shu kabi mahsulotlarni olib borish hamda u erdan belgilangan me'yordan ortiq tovar va mahsulotlarni mamlakati-mizga olib kelish mumkin emas.
✓Qisqa muddatda buzilishi natijasida iste'mol qilinganda o'tkir ichak zahar-lanishga olib kelishi mumkin bo'lgan mahsulotlarni olib borish;
✓Madina, Makka va Jidda shaharlari hududlarida “Suratga tushish man etila-di” degan belgilar qo'yilgan joylarda surat va videoga tushish;
✓Mehmonxona, Haram hududlarida, aeroportlarda bepul tarqatiladigan disk va diniy adabiyotlarni (Qur'oni karimdan tashqari) olish mumkin emas;
✓Begona odamlar bilan biror joyga (Jidda va Toif shaharlariga, turli notanish joylarga) borish;
✓Qur'on oyatiga asosan ehromli holatda janjal, tortishuv va dilozorliklardan uzoq bo'lish lozim.
ShUNINGDYeK, ZIYoRATChILAR QUYIDAGILARGA E_''TIBOR QARATIShLARI ShART:
✓Saudiya Arabistoni Podshohligining tegishli idoralari tomonidan joriy qilingan tartibga ko'ra, Masjidi Na-baviyda “Ravza” ziyoratini amalga oshi-rish uchun beriladigan maxsus rux-satnomada belgilangan talablarga amal qilish zarur;
✓Mehmonxonalardagi har bir xonaga joylashtirilgan va o'rnatilgan mebel' jihozlari mehmonxonaning mulki bo'lib, ularga zarar etkazmang;
✓Makka va Madina shaharlaridagi mehmonxonalarda sanitariya qoidalari-ga rioya qiling;
✓Mehmonxonalardagi suv texnik suv bo'lib, uni ichish va isrof qilish mumkin emas;
✓Issiq mavsum vaqtida havo harorati 60 darajadan yuqori bo'lishi ehtimoli-dan kelib chiqib, ko'chalarga soyabonsiz chiqmang! Biror ko'ngilsizlik sodir bo'lsa yoki biror joyga mehmonga bormoqchi bo'lganingizda guruh rahbari-ni xabardor qilib, Sizni mehmonga olib ketayotgan odamning manzilini berib ketishingiz lozim;
✓Ko'chaga yoki Haramga borganingizda kamzulingiz va beyjigingizni taqib chiqing;
✓ Zam-zam suvi, ikkala Haramda, “SOOL” (sovuq) va “NOT” (issiq) belgisi yozilgan idishlarda turadi. Havo issiqligi sabab-li ko'pchilik sovuq suv ichib qo'yadi va tomog'ini shamollatadi, bu narsalardan o'zlarini ehtiyot qilishlari zarur;
✓ Safarda shamollashlar sabablaridan biri marmar ustida paypoq (noski) kiymasdan yurish hisoblanadi (ehromdan chiqqandan so'ng, albatta). Shu sabab oyoqqa paypoq kiyib yurish shamollash va oyoq zamburug'li kasalliklarining oldini oladi. O'z joynamozi bilan yurish esa sovuq marmar ustida namoz o'qish vaqtida shamollab qolishdan asraydi;
✓ “Qora tosh” – (“Hajar al-asvad”)ni o'pish farz hisoblanmaydi. Musulmonga ozor bermaslik esa farz. Shunday ekan, qora toshni o'paman deb o'zingiz va din-doshlaringizga qiyinchilik tug'dirmang;
✓ Saudiya Arabistoni mas'ul idoralari belgilagan tartibga ko'ra, ziyoratchi Ka'ba sahniga faqat ehromda Umra qilganda kiritilishini inobatga oling. Qolgan vaqtda ehromsiz kirish mumkin bo'lgan hududlarda ibodat qilinadi;
✓ Ko'pchilik to'plangan joylarga yaqin-lashmang, o'zingizni tiqilinch joylar-dan ehtiyot qiling;
✓ Umrani bir marta bajarish sunnat. Bir kunda bir necha umrani bajarib sog'-lig'ingizga zarar keltirmang;
✓ Eskolatorlardan foydalanganda ehtiyot bo'ling, chunki ayrim hollarda ehtiyotsizlik oqibatida og'ir jarohat-lar olish hollari kuzatilgan;
✓ Sabrli bo'ling. Har qanday holatda ham boshqa hojilar bilan urushmang va talashmang. Guruh rahbari va gaplariga quloq soling;
✓ Shaxsiy buyum va pul mablag'laringizga ehtiyot bo'ling;
✓ Ishchi guruhi va Guruh rahbari tomoni-dan mehmonxonadagi xona taqsimotiga qat'iy amal qiling.
AVIAKOMPANIYa TALABLARI:
✓ Bagajga topshiriladigan me'yordagi yuk bo'lishi lozim. Me'yordan oshgan har bir kilogramm uchun belgilangan tarif bo'yicha to'lov to'lanishi lozim;
✓ Samolyot saloniga olib kiriladigan qo'l yuki 8 kg.dan oshmasligi lozim. Ortiqcha qo'l yuki samolyot saloniga kiritilmaydi. Qo'l yukida o'tkir tig'li predmetlar (pichoq, qaychi, tirnoq oladi-gan va h.k.) bo'lmasligi lozim;
✓ Shuningdek, qo'l yukida yonish hususiyati-ga ega bo'lgan kosmetik (atir, dezodorant va h.k.) mahsulotlari ham samolyot saloni-ga kiritilmaydi;
✓ Ro'yxatdan o'tish uchun aeroportga o'z vaqtida etib kelish.
Yaratgandan umra ibodatingiz oson va qabul bo'lishini so'raymiz!
O'zbekiston musulmonlari idorasi muslim.uz portali. (https://taplink.cc/muslimuz)
Diniy savollar uchun: (https://t.me/SavollarMuslimUzBot)
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Muslim.uz
#xabar #umra #rasmiy #avgust
So‘nggi yillarda umra safarlarini yuqori saviyada tashkil etish, ziyoratchilarga sifatli va qulay xizmatlar ko‘rsatish hamda ibodatlarni shariat talablariga muvofiq ado etish ishlari “Haj” va “Umra” markazi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.
30 yildan ziyod amaliy tajriba asosida ziyoratchilarimiz uchun 10 kunlik maxsus umra dasturi taklif etilmoqda.
Dastur doirasida quyidagi qulayliklar nazarda tutilgan:
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi orqali Toshkent–Jidda–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar;
3 kecha Madina, 7 kecha Makkada bo‘lish;
Jidda–Madina, Madina–Makka va Makka–Jidda yo‘nalishlarida zamonaviy avtobuslar xizmati;
Makka va Madina shaharlarida barcha sharoitlarga ega mehmonxonalar;
3 mahal mazali taomlar;
Madina shahrida Nabaviy masjidi, “Ravza”, Qubo, Qiblatayn masjidlari va Uhud maydoniga ziyorat;
Makka shahrida Arafot, Mino, Muzdalifa vodiylari hamda Nur va Savr tog‘lariga ziyorat;
Jidda shahridagi Qizil dengizga sayohat.
Umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, taniqli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari, malakali shifokorlar hamrohlik qilib, ibodat va safarni oson va xotirjam o‘tishini ta’minlaydilar.
Umra safariga borish niyatida bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizni ushbu imkoniyatdan foydalanishga taklif etamiz.
Murojaat uchun telefonlar:
Haj va Umra Markazi
+998778821858
+998998821858
Hududiy mas’ullar:
Andijon vil. +998999012979
Farg‘ona vil. +998902723477
Namangan vil. +998902181117
Sirdaryo vil. +998911012816
Jizzax vil. +998941955554
Samarqand vil. +998979121674
Qashqadaryo vil. +998995803520
Surxondaryo vil. +998915861007
Buxoro vil. +998906116486
Navoiy vil. +998997516005
Xorazm vil +998910941100
Qoraqalpog‘iston Res. +998973490457
Haj va umra markazi:
Instagram (https://instagram.com/haj_umrauz?igshid=MzRlODBiNWFlZA==) Telegram (https://t.me/hajumrauz)