Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Islom niqobi ostidagi dinbuzarlar

7.04.2020   2067   7 min.
Islom niqobi ostidagi dinbuzarlar

Salafiylar yoxud Islom niqobi ostidagi dinbuzarlar

yoxud Islom niqobi ostidagi dinbuzarlar 

So‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalarida, internet saytlarida, ijtimoiy tarmoqlarda “salafiylik”, “salafiylar” kabi iboralar tez-tez tak­rorlanib turibdi. Xo‘sh, aslida salafiylar kimlar? 

“Salafiylik” iborasi arab tilidagi “سلف  ” so‘zidan olingan bo‘lib , “ ajdodlar,” “avval yashab o‘tganlar ”ma’nolarini anglatadi.  Qur’oni karimning Zuxruf surasida “salaf” so‘zi “avval yashab o‘tganlar”, “o‘tmish (kishilari” ) ma’nolarida ishlatilgan.

Diniy istilohda “salaf” so‘zi muayyan bir davr bilan bog‘liq ma’noni beradi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam bunday dedilar: “Eng yaxshi davr mening davrim, so‘ng ularga yaqin bo‘lgan, so‘ng ularga yaqin bo‘lgan davrlardir” (Imom Buxoriy rivoyati).

Ulamolar mazkur hadisga asoslanib, saodat asrida va undan keyingi ikki davrda yashagan musulmonlarni “salafi solih”, ya’ni “solih ajdodlar” deb tavsiflay­dilar. Keyingi davrlarda yashagan musulmonlarga nisbatan bu atama qo‘llanilmaydi. Ta’­kidlash lozimki, mazkur uch davrda yashagan barcha insonlar ham “salafi solih”lar deyilmaydi. Rasululloh alayhissalom vafotlaridan so‘ng turli fitnachi, buzg‘unchi toifalar chiqdi. Ularga nisbatan “salafi solih” iborasi qo‘llanilmaydi.

Ahli sunna val jamoa an’anasiga ko‘ra, salafi solihlar davridan keyin yashagan musulmonlar “xalaflar”, ya’ni “keyingilar” deb ataladi.

So‘nggi yillarda “salafi solihlarga ergashish” shiorini niqob qilib olgan, mutaassib ko‘rinishdagi “soxta salafiylar” paydo bo‘ldi. Ular diniy, ma’naviy, ijti­moiy va siyosiy yo‘nalishlarda sao­dat asriga qaytib, musulmonlarning e’tiqodi va dunyoqarashini hozirga­cha turli sohalarda erishilgan natijalardan “poklash”ni o‘z oldilariga “maqsad” qi­lib qo‘yganlar.

Soxta salafiylar har qanday yangilikni bid’at deb hisoblab, fiqhiy maz­hablarni inkor qila­dilar, tasavvufni tan olmaydilar, arzimas bahona­lar bilan musulmonlarni kofirga chiqaradilar.

Soxta salafiylar quyi­dagi g‘oyalarni ilgari sura­dilar:  .

– Qur’oni karim va sun­natdagi qoidalarni so‘zma-so‘z tushunib, ko‘r-ko‘ro­na amal qilish orqali bosh­qa manbalarni botilga chiqa­radilar; .

– “takfir” (kufrda ayb­lash) va “hijrat” (vatanni tark etish) masalasini ilgari suradilar;

– fiqhiy mazhablarni inkor qilib, mazhabsiz­likni targ‘ib qiladilar;

– tasavvuf, urf-odat va milliy qadriyatlarni in­kor etadilar;

– g‘ayridinlarga o‘ta to­qatsiz munosabatda bo‘lib, diniy bag‘rikenglikni yoq­lamaydilar; .

– har qanday yangilikni “bid’at” deb hisoblab, uni rad etadilar.

Hadislarda shunday matn­lar borki, yuzaki qaraganda, bu matnlar Qur’on va sunnatda bo‘lmagan har qanday narsani paydo qilishdan qaytarilgandek ko‘rinadi. Jumladan, Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda: «Kim bizning ishimizda unda bo‘lmagan yangilikni paydo qilsa, u rad etiladi», deyilgan.

Imom Muslim rivoyat qilgan boshqa bir hadisda esa: «Darhaqiqat, eng yaxshi so‘z Allohning Kitobi, eng yaxshi yo‘l Muhammad alayhissalomning yo‘li­dir. Ishlarning eng yomoni esa ularning yangi paydo bo‘lganlaridir va har bir yangilik zalolatdir». Yuqo­rida keltirilgan hadis­larni yuzaki tushunish Islomni taraqqiyot bilan hamnafas emasligi va u o‘zi nozil bo‘lgan zamongagina yaroqli bo‘lgan eski din sifatida qoralanishiga olib keladi.

Hazrat Bilol roziyallohu anhu bomdod namoziga azon aytayotganida “As-solatu xoyrum minan-navm” jumlasini qo‘shib aytdilar. Payg‘ambar alayhissalom buni qo‘llab-quvvatlab, hat­to doimo aytishni joriy qilganlari “bid’at” tushun­chasi haqida kengroq fikr­lash lozimligini anglatadi.

Islom ulamolari bu borada kengroq mushohada yuritishadi. Imom Shofi’iy bunday deganlar: «Yangi paydo qilingan ishlar ikki xil bo‘ladi. Birinchisi, Qur’on, sunnat, asar (sahobiy va salafi solihlar so‘zi) yoki ijmoga xilof bo‘lgan yangiliklar bo‘lib, bu “bid’ati sayyia”, ya’ni yomon bid’at hisoblanadi. Ikkinchisi, yaxshi narsalar uchun paydo qilingan ishlar bo‘lib, “bid’ati hasana”, ya’ni yaxshi bid’at hisoblanadi».

Bid’ati hasanaga tarixdan ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Masalan, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu musulmonlarni Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhu­ning orqasidan jamoat bo‘­lib tarovih namozini ado etayotganlarini ko‘rib: “Bu qanday ham yaxshi bid’at”, deganlar.

Shuningdek, Abu Bakr ro­ziyallohu anhuning Qur’oni karimni kitob holiga keltirib, jamlaganlarini ko‘­rish mumkin.

Zamonamiz ulamolaridan Imom Noblusiy bunday yozadi: «Bugungi kunda dunyo kattadan-katta o‘zgarishlar, taraqqiyotni boshidan ke­chirmoqda. Inson aqlini shoshirib qo‘yadigan yangi ixtirolar dunyo yuzini ko‘r­moqda. Xo‘sh, Rasululloh alay­­hissalom: “Har qanday bid’at zalolatdir”, degan hadislarida aytilgan “yan­gilik”da aynan shularni na­zarda tutganmilar?! Yo‘q, albatta. Rasululloh alay­his­salom nazarda tutgan bid’at bu – aqoid, shari­at biror yangi narsani qo‘­shishdir». .

Faqihlarning istilohida hamda hadislarda qoralan­gan bid’at deganda, dindan deb da’vo qilinsa-da, aslida dindan bo‘lmagan, to‘qima yo‘l nazarda tutiladi. Imom Shotibiy: “Bid’at dinda yan­gi ixtiro qilingan yo‘l bo‘­lib, u ila shariatga monandlik qasd qilinadi”, degan.

Demak, musulmonlar orasida yangi paydo qilingan narsa din asoslariga oid masalalarda bo‘lsa, u yangi­lik “bid’ati sayyia” hisob­lanadi va u qoralanadi.

Boshqacha aytganda, “bid’a­ti zalolat” faqat din asos­lariga oid masalalarda bo‘­ladi. Yuqorida keltiril­gan hadis ham aynan shunga dalolat qilmoqda: “Bizning ishimizda yangilik paydo qilsa...”, ya’ni ishdan maqsad Rasululloh alayhissalom va u zot bilan birga musulmonlar jamoasining ishidir. Dunyoviy ishlarda nass va muayyan diniy qoidalarga xilof kelmasa, ularda yomon bid’at yo‘qdir. Ya’ni, haromni halol, halolni haromga aylantirish kabi bid’atlarga yo‘l qo‘yilmasa, bunga e’tiroz yo‘q.

Shu o‘rinda quyidagi vo­qeani keltirib o‘tish o‘rin­li. Bir kuni Rasululloh alay­hissalom xurmoni changlatayotgan odamlar oldidan o‘tib qoldilar va ularga bunday qilishga ho­jat yo‘qligiga ishora qil­dilar. Ular Ra­su­lulloh alayhissalomga itoat etdi­lar, lekin o‘sha yili xurmo avvalgidek yaxshi hosil bermadi. Shunda Rasululloh alayhissalom: «Dunyo ishlaringizni o‘zingiz yaxshi bilasiz», deb aytdilar.

Rasululloh alayhissalom va roshid xalifalar zamonida mavjud bo‘lmagan, ammo keyinchalik yuzaga kelgan har qanday yangilik aniq tarzda kelgan nass bilan rad etilmasa va uning natijasidan yaxshilik, umummanfaat kutilsa hamda insonlarga nafi tegsa, bunday yangilik shar’an joizdir.

Xulosa qilib aytganda, Islomdagi har bir yangilik agar u dindagi muqarrar qonun-qoidalarga xilof bo‘lmasa, “bid’ati zalo­lat” hisoblanmaydi. Sox­ta salafiylik Islom dini ta’limotlariga zid bo‘­lib, musulmonlarning dunyoviy sohalarda taraq­qiyotga bo‘lgan intilishi­ga to‘sqinlik qiluvchi yo‘­na­lishdir. Ular mo‘min-mu­sulmonlar o‘rtasida urush, nizo va kelishmovchilik­larni keltirib chiqarmoqda. Vaholanki, dinimiz faqat ezgulikni targ‘ib qiladi.

 

Jamoliddin KARIMOV,

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazi direktori

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi

10.01.2025   1788   2 min.
Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi

Shu yil 9 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan namunaviy-amaliy tadbirlarning navbatdagisi Sirdaryo tumanida o‘tkazildi.


Mazkur tumandagi “Abu Bakr” masjididagi yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Sirdaryo viloyat vakilligi xodimlari, tumanlar bosh imom-xatiblari va tajribali imom-xatiblardan iborat Ishchi guruh tuzilib, ular hududdagi 7 ta masjid va 21 ta mahallaga biriktirildi. Shuningdek, mahallalardagi “Haj – 2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.


Tadbir doirasida imom-xatiblar 105 ta oilaga, 21 ta oilaga, umumiy hisobda 126 ta oilaga kirib, targ‘ibot va amaliy yordam ishlarni olib bordi.


Xususan, 38 ta xonadonda yot g‘oyalar ta’siriga moyil bo‘lganlar bilan suhbatlashilib, ularning tushunchalari to‘g‘rilandi. 19 oila buzilishining oldi olindi. Nogironligi bor, ehtiyojmand va tabarruk yoshdagi qariyalar yashaydigan 5 ta oilaga kirib sovg‘a-salomlar ulashildi.


Shuningdek, ishchi guruh a’zolari imom-xatiblar faoliyatini o‘rgandi. Jumladan, ustav asosida ish yuritish, jamoani boshqarish, masjidni toza va ozoda saqlash, unda qulay sharoitlar hozirlash kabi jihatlar ko‘rib chiqildi. Natijada imom-xatib boshchiligidagi masjidlar jamoasining faoliyatiga ijobiy baho berildi.


Bundan tashqari, ishchi guruh a’zolari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini ado qilib, qavmga “Tinchlik ne’mati”, “Shukronalik”, “O‘zaro hamjihatlik”, “Oila muqaddasligi”, “Husni xulq”, “Qo‘shnichilik odoblari”, “Mazhabga ergashish va yot g‘oyalar ta’siridan saqlanish” kabi dolzarb mavzulardagi ma’ruza qilishdi. Ularda 1 300 nafardan ortiq namozxon qamrab olindi.


Tadbir so‘ngida Sirdaryo tumani imom-xatiblarining ma’naviy-ma’rifiy va masjid boshqaruvidagi faoliyatida kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.


Ma’lumot o‘rnida Sirdaryo viloyati imom-xatiblari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan Ishchi guruh faoliyati 2025 yilning 28 yanvar kuni Xovos tumanida o‘tkazilishi reja qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi