Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning sunnatlarida ham vaqtning qimmati va ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Qiyomat kuni Alloh taolo huzurida vaqt har bir insonning zimmasidagi ulug‘ bir mas’uliyat va qarz ekani zikr etiladi. Hatto hisob-kitob kunida bandaga beriladigan asosiy to‘rt savoldan ikkitasi ana shu vaqt haqida bo‘lishi hadislarda ta’kidlab o‘tilgan. Muoz ibn Jabal raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: “Banda qiyomat kuni to‘rt xislatidan so‘ralmagunicha bir qadam ham oldinga siljiy olmaydi. Bu savollardan birinchisida – umrini nima bilan o‘tkazgani; ikkinchisida – yoshlik davrida nima bilan mashg‘ul bo‘lgani; uchinchisida – mol-dunyoni qay yo‘sinda (qaysi kasb orqali)topgani va nimalarga sarflagani; to‘rtinchisida – ilmiga qanday amal qilganidan so‘raladi”.
Ulug‘ tobe’inlardan Hasan Basriyning shunday so‘zlari bor: “Shunday zotlar bor ediki, sizlar dirham-dinorlaringizga haris bo‘lganingizdan ko‘ra ular vaqtlariga qattiqroq haris edilar... Odam bolasining har bir kuni quyidagi so‘zlarni aytib o‘tadi: “Ey odam bolasi, men yangi kunman va qiladigan amalingga guvohman. Agar o‘tib ketsam, qaytib kelmayman. Xohlagan ishingni qil, uning samarasini qariganingda topasan va xohlagan ishingni kechiktir, u senga aslo qaytib kelmaydi”.
Ulug‘lardan biri Abu Hafs Naysoburiy: “Har bir vaqtning o‘z odobi bor, kim vaqt odoblariga rioya qilsa ulug‘lar darajasiga yetadi”, deb aytgan.
Solihlardan biri yana shunday degan: “Bandaning vaqtlari to‘rt turli bo‘ladi, beshinchisi yo‘qdir: ne’matda kechgan vaqt, kulfatda o‘tgan vaqt, itoat bilan o‘tgan vaqt, ma’siyat-gunoh qilib o‘tkazilgan vaqt”.
Endi agar bu vaqt oylarning sayyidi Ramazon oyida behuda sarflansa nima bo‘ladi? Biz bu muqaddas oyda vaqtimizni qanday o‘tkazmog‘imiz lozim?
Mumkin emas – foydasiz!
Avvalo, Ramazon oyida o‘zimizni turli behuda, na dunyoimiz obodligi va na diminiz ravnaqiga hissa qo‘shmaydigan odatlar, voqeliklar va vaqtingizni o‘g‘irlovchi kishilardan uzoqlashing. Xo‘sh, buni qanday amalga oshirasiz?
Ishni saxarlikdan so‘ng to quyosh chiqquncha uxlamaslikka g‘arakat qiling.
Ramazon oyi odoblari, islom dini mohiyati va xulqingizni taftish etishga undovchi kitoblar va manbalar bilan astoyidil tanishib chiqing. Zero, amalni bajarishdan avval u haqda yetarlicha bildimga ega bo‘lmaslik oxir oqibat adashishlikka olib keladi.
Odamlar bilan tortishish, bahslashish, janjallashish kabi odatlardan uzoqlashing. Buning uchun voqelikka sukut bilan chetdan nazar tashlash kifoya.
Bozor, supermarket, hiyobon va boshqa joylarga qisqa sayru sayohatlarni imkon qadar kamroq amalga oshiring.
Yoqtirgan teleserial, badiiy film, konsert, shou hamda tomoshalarni ko‘rishni cheklang. Ular sizga hech qanday manfaat bermaydi. Aksincha vaqtingizni o‘g‘irlaydi va buning uchun keyinchalik qattiq nadomat chekasiz.
Ijtiomiy tarmoqlardan hech bo‘lmaganda bir oy foydalanmang. Agar ma’naviy ozuqa olishga yordamlashidiganlari bo‘lsa unda kunda 1 soat shug‘ullansangiz bo‘ladi.
Mumkin – foydali!
Ramazon oyida vaqtni foydali va unumli o‘tkazishuchun:
Ramazon oyi siz va oilangiz uchun fayzu barokat olib kelsin!
Saidabror Umarov
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligidagi Fatvo markazi ulamolari tomonidan “Ro‘zaga oid fatvolar” nomli kitob xalqimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan edi. Endilikda ushbu kitob yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan holda qayta to‘ldirilgan nashri chop etildi.
Kitobda hanafiy ulamolari tomonidan fiqh va fatvo kitoblarida keltirib o‘tilgan ro‘zaning turlari, shartlari, ro‘zani ochuvchi omillar, qazo va kafforotni vojib qiluvchi ishlar va ro‘zaga doir eng muhim masalalar sodda va ravon uslubda yoritilgan. Shuningdek, mavzuga tegishli zamonaviy masalalarning yechimlari va ko‘p so‘raladigan savollarga javoblar ham kitobdan o‘rin olgan.
Alloh taolo ushbu kitobni yurtimiz mo‘min-musulmonlariga manfaatli aylasin!
Kitobning hajmi: 222 bet
Muqovasi: Yumshoq
Nashriyot: “Matbaachi”
Narxi: 25 000 so‘m
Ulgurchi oluvchilar murojaat qilishlari uchun:
+998917806633
@fatvo_reception
Manzilimiz