Madinai Munavvara yer yuzidagi eng fazilatli shahar bo‘lib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hijrat qilgan joylaridir. U Qur’oni Karimning ko‘p oyatlari tushgan, sahobai kiromlarni ko‘rgan, Payg‘ambarimizning muborak jasadlarini o‘z bag‘riga olgan, ulug‘ sahobai kiromlar dafn etilgan shahar.
Madina shahri Saudiya Arabistonida joylashgan. Islom tarixidagi birinchi poytaxt. Makkadan keyin ikkinchi muqaddas joy. Makkadan tahminan 400 km shimoliy sharqda joylashgan. Madina shahri hijratdan 1500 yilcha oldin qurilgan. Madina shahrida tahminan 1 300 000 dan ortiq kishi istiqomat qiladi. Madinai munavvara shahrida juda ko‘p tarixiy joylar bor. Ulardan Masjidun Nabaviy, sahobalarning ko‘pchiligi dafn qilingan Baqi’ qabristoni, islomda birinchi qurilgan Qubo masjidi, Qiblatayn masjidi Uhud tog‘i kabilar mavjud.
Islom yoyilishidan oldin “Yasrib” deb tanilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Yasrib”ismini “Madinaga” o‘zgartirganlar.
وَرَوَى أَحْمَد مِنْ حَدِيث الْبَرَاء بْن عَازِب أن النبي صلى الله عليه وسلم قال
( مَنْ سَمَّى الْمَدِينَة يَثْرِب فَلْيَسْتَغْفِرْ اللَّه , هِيَ طَابَة هِيَ طَابَة )
Barro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Kim “Madinani” “Yasrib” deb atasa Allohga istig‘for aytsin. U “Tobadir!”. U “Tobadir!” – dedilar.
عن أبي أيوب أن النبي صلى الله عليه وسلم
"نهى أن يقال للمدينة يثرب"
Abu Ayyub al – Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam Madinani Yasrib deb aytishdan qaytardilar”.
Madinaning fazli haqida
عن جابر بن سمرة رضي الله عنه, عن النبي ﷺ قالَ إِنَّ الله تعالى سَمَّى المَدِينَة طَابَة.
Jobir ibn Samura roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Albatta, Alloh taolo Madinani Toba deb nomlagan”, dedilar.
Sharh: “Toba – “yaxshi”, “pokiza”, “xushro‘y” kabi bir-biriga yaqin ma’nolarni o‘zida mujassam qiladi.
وعن أبي هريرة قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم
" أمرت بقرية تأكل القرى . يقولون : يثرب وهي المدينة تنفي الناس كما ينفي الكير خبث الحديد "
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Shaharlarni yeydigan (yengadigan) shaharda turishga amr qilindim. Uni Yasrib deydilar. U Madinadir. U (yomon) odamlarni huddi bosqon temirning kirini surgun qilganidek, surgun qiladi”, dedilar”.
Sharh: Madinai munavvara Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning va xulafoi roshidinlarning davrlarida Islom davlatining markazi bo‘lganligi, shahar-qishloqlar birin-ketin unga qaram bo‘lganligi sababli u “shaharlarni yeydigan shahar” deb vasf qilingan.
Yomon odamlar Madinai munavvarada istiqomat qilish imkoniga ega bo‘lmaganliklari uchun u “odamlarni surgun qiladigan shahar” deb ham atalgan.[1]
وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم
" إن الإيمان ليأرز إلى المدينة كما تأرز الحيية إلى جحرها "
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Albatta, iymon Madinaga huddi ilon iniga kirganidek kiradi”, dedilar”.
Sharh: Qiyomatga yaqin qolganda boshqa taraflarda iymon yo‘qolib ketsa ham Madinada saqlanib qoladi.
وعن أبي هريرة قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم
" آخر قرية من قرى الإسلام خرابا المدينة " . رواه الترمذي وقال : هذا حديث حسن غريب
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Islom shaharlaridan eng oxiri vayron bo‘ladigani Madinadir”, dedilar”.
عن عائشة عن النبي صلى الله عليه وسلم فتحت البلاد بالسيف وفتحت المدينة بالقرآن
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Shaharlar qilich bilan ochildi. Madina esa, Qur’on bilan ochildi” - dedilar.[2]
عن أبى هريرة قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم المدينة قبة الاسلام ودار الايمان وأرض الهجرة ومبوأ الحلال والحرام
. رواه الطبراني
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Madina islomning gumbazi, iymon diyori, hijrat yeri ”[3]
عَنْ أَبِي بَكْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ :
" لَا يَدْخُلُ الْمَدِينَةَ رُعْبُ الْمَسِيحِالدَّجَّالِ، لَهَا يَوْمَئِذٍ سَبْعَةُ أَبْوَابٍ، عَلَى كُلِّ بَابٍ مَلَكَانِ "
Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
“Madinaga Masih Dajjolning qo‘rqinchi kirmaydi. O‘sha kunda uning yeti eshigi bo‘lib, har eshikda ikkitadan farishta turadi”, dedilar”.[4]
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ
" عَلَى أَنْقَابِ الْمَدِينَةِ مَلَائِكَةٌ، لَا يَدْخُلُهَا الطَّاعُونُ وَلَا الدَّجَّالُ "
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Madinaning yo‘llarida farishtalar bor. Unga o‘lat ham, Dajjol ham kira olmaydi”, dedilar”.[5]
أَنَسُ بْنُ مَالِكٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ :
لَيْسَ مِنْ بَلَدٍ إِلَّا سَيَطَؤُهُ الدَّجَّالُ، إِلَّا مَكَّةَ وَالْمَدِينَةَ، لَيْسَ لَهُ مِنْ نِقَابِهَا نَقْبٌ إِلَّا عَلَيْهِ الْمَلَائِكَةُ صَافِّينَ يَحْرُسُونَهَا، ثُمَّ تَرْجُفُ الْمَدِينَةُ بِأَهْلِهَا ثَلَاثَ رَجَفَاتٍ فَيُخْرِجُ اللَّهُ كُلَّ كَافِرٍ وَمُنَافِقٍ "
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Makka va Madinadan boshqa Dajjol oyoqosti qilmaydigan yurt yo‘q. ularning yo‘llari ichida farishtalar saf bo‘lib qo‘riqlamaydigan yo‘l yo‘q. keyin Madina o‘z ahli ila uch marta titraydi va undan barcha kofir va munofiq u (Dajjol) tomon chiqadi”, dedilar.[6]
Sharh: Dajjol Madinai munavvarani qo‘riqlab turgan farishtalarni ko‘rib, tuzli joyda to‘xtaydi. Uning kelganini eshitib, Madinadagi barcha kofir va munofiqlar chiqib, oldiga borishadi.
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ
يَأْتِي الْمَسِيحُ مِنْ قِبَلِ الْمَشْرِقِ، هِمَّتُهُ الْمَدِينَةُ حَتَّى يَنْزِلَ دُبُرَ أُحُدٍ، ثُمَّ تَصْرِفُ الْمَلَائِكَةُ وَجْهَهُ قِبَلَ الشَّامِ، وَهُنَالِكَ يَهْلِكُ
Abu Hurarya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Masih Dajjol mashriq tomondan keladi. Madinaga kirishni ko‘zlagan bo‘ladi. U Uhudning orqasiga tushadi. So‘ng farishtalar uning yuzini Shom tomon burib qo‘yadilar. O‘sha yoqda u halok bo‘ladi”, dedilar”.[7]
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Madinaga va uning ahliga duolari
عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ : قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ :
اللَّهُمَّ حَبِّبْ إِلَيْنَا الْمَدِينَةَ، كَمَا حَبَّبْتَ إِلَيْنَا مَكَّةَ أَوْ أَشَدَّ، وَانْقُلْ حُمَّاهَا إِلَى الْجُحْفَةِ، اللَّهُمَّ بَارِكْ لَنَا فِي مُدِّنَا وَصَاعِنَا
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinad:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Allohim! Bizga huddi Makkaga bo‘lgan muhabbatimiz kabi yoki undan ham shiddatliroq qilib, Madinani mahbub qilgin.
Allohim! Bizning soimizni va muddimizni barakali qilgin. Uni (Madinani) biz uchun sihhat (maskani) qilgin. Uning isitmasini Juhfaga ko‘chirgin”, dedilar.[8]
عَنْ عَائِشَةَ ، قَالَتْ : قَدِمْنَا الْمَدِينَةَ وَهِيَ وَبِيئَةٌ، فَاشْتَكَى أَبُو بَكْرٍ، وَاشْتَكَى بِلَالٌ، فَلَمَّا رَأَى رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ شَكْوَى أَصْحَابِهِ، قَالَ :
" اللَّهُمَّ حَبِّبْ إِلَيْنَا الْمَدِينَةَ ؛ كَمَا حَبَّبْتَ مَكَّةَ أَوْ أَشَدَّ، وَصَحِّحْهَا، وَبَارِكْ لَنَا فِي صَاعِهَا وَمُدِّهَا، وَحَوِّلْ حُمَّاهَا إِلَى الْجُحْفَةِ "
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
“Biz Madinaga kelganimizda uning vabosi ko‘p edi. Abu Bakr va Bilol (roziyallohu anhumo) bemor bo‘ldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarning bemor bo‘lganlarini ko‘rib:
“Allohim! Bizga Madinani huddi Makkani mahbub qilganing kabi yoki undan ham shiddatliroq qilib mahbub qilgin. Uni biz uchun sihhat (maskani) qilgin. Uning isitmasini Juhfaga ko‘chirgin”, dedilar.[9]
عَنْ أَنَسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ
" اللَّهُمَّ اجْعَلْ بِالْمَدِينَةِ ضِعْفَيْ مَا جَعَلْتَ بِمَكَّةَ مِنَ الْبَرَكَةِ "
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Allohim! Madinada Makkaga bergan barakangdan ikki hissa ko‘p qilgin”, dedilar”.[10]
عَنْ أَنَسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا قَدِمَ مِنْ سَفَرٍ فَنَظَرَ إِلَى جُدُرَاتِ الْمَدِينَةِ أَوْضَعَ رَاحِلَتَهُ، وَإِنْ كَانَ عَلَى دَابَّةٍ حَرَّكَهَا مِنْ حُبِّهَا.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon safardan kelib, Madinaga nazarlari tushsa, ulovlarini tezlatar va agar biror hayvon mingan bo‘lsalar, unga muhabbatlaridan haligi hayvonni qistar edilar”.[11]
عَنْ أَنَسٍ ، قَالَ : نَظَرَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِلَى أُحُدٍ، فَقَالَ :
" إِنَّ أُحُدًا جَبَلٌ يُحِبُّنَا وَنُحِبُّهُ "
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Uhudga nazar soldilar va:
“Albatta, Uhud[12] bizga muhabbat qilgan va biz unga muhabbat qilgan tog‘dir”, dedilar”.[13]
عَنْ سُفْيَانَ بْنِ أَبِي زُهَيْرٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، أَنَّهُ قَالَ
سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ : " تُفْتَحُ الْيَمَنُ فَيَأْتِي قَوْمٌ يُبِسُّونَفَيَتَحَمَّلُونَ بِأَهْلِهِمْ وَمَنْ أَطَاعَهُمْ، وَالْمَدِينَةُ خَيْرٌ لَهُمْ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ، وَتُفْتَحُ الشَّأْمُ فَيَأْتِي قَوْمٌ يُبِسُّونَ فَيَتَحَمَّلُونَ بِأَهْلِيهِمْ وَمَنْ أَطَاعَهُمْ،وَالْمَدِينَةُ خَيْرٌ لَهُمْ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ، وَتُفْتَحُ الْعِرَاقُ فَيَأْتِي قَوْمٌ يُبِسُّونَ فَيَتَحَمَّلُونَ بِأَهْلِيهِمْ وَمَنْ أَطَاعَهُمْ، وَالْمَدِينَةُ خَيْرٌ لَهُمْ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ ".
Sufyon ibn Abu Zuhayr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Yaman fath qilinur. Qavmlar unga shoshilurlar. Ahllari va o‘ziga itoat qiladiganlari ila unga ko‘churlar. Holbuku, agar bilsalar, Madina ular uchun yaxshidir. Shom fath qilinur. Qavmlar unga shoshilurlar. Ahllari va o‘ziga itoat qiladiganlari ila unga ko‘churlar. Holbuku, agar bilsalar, Madina ular uchun yaxshidir. Iroq fath qilinur. Qavmlar unga shoshilurlar. Ahllari va o‘ziga itoat qiladiganlari ila unga ko‘churlar. Holbuku, agar bilsalar, Madina ular uchun yaxshidir”, dedilar”.[14]
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ :
" يَأْتِي عَلَى النَّاسِ زَمَانٌ يَدْعُو الرَّجُلُ ابْنَ عَمِّهِ وَقَرِيبَهُ، هَلُمَّ إِلَى الرَّخَاءِ، هَلُمَّ إِلَى الرَّخَاءِ، وَالْمَدِينَةُ خَيْرٌ لَهُمْ، لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ، وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ، لَا يَخْرُجُ مِنْهُمْ أَحَدٌ رَغْبَةً عَنْهَا ؛ إِلَّا أَخْلَفَ اللَّهُ فِيهَا خَيْرًا مِنْهُ، أَلَا إِنَّ الْمَدِينَةَ كَالْكِيرِ ، تُخْرِجُ الْخَبِيثَ، لَا تَقُومُ السَّاعَةُ حَتَّى تَنْفِيَ الْمَدِينَةُ شِرَارَهَا كَمَا يَنْفِي الْكِيرُ خَبَثَ الْحَدِيدِ "
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Odamlarga bir zamon kelur. Unda kishi amakivachchasini va yaqinlarini “Farog‘atga kelinglar! Farog‘atga kelinglar!” deb chaqirur. Holbuki, agar ular bilsalar, Madina ular uchun yaxshidir. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, ulardan birortasi undan bezib chiqqan bo‘lsa albatta, Alloh uning o‘rniga u yerga undan yaxshini kiritadi. Ogoh bo‘linglar! Albatta, Madina huddi bosqon kabi iflosni chiqarib turadi. Toki Madina o‘z yomonlarini huddi bosqon temirning zangini ko‘chirganidek ko‘chirmaguncha qiyomat qoim bo‘lmas”, dedilar”.[15]
أَنَّ أَبَا هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ : سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ :
" يَتْرُكُونَ الْمَدِينَةَعَلَى خَيْرِ مَا كَانَتْ، لَا يَغْشَاهَا إِلَّا الْعَوَافِ - يُرِيدُ عَوَافِيَ السِّبَاعِ وَالطَّيْرِ - وَآخِرُ مَنْ يُحْشَرُ رَاعِيَانِ مِنْ مُزَيْنَةَ يُرِيدَانِ الْمَدِينَةَ، يَنْعِقَانِ بِغَنَمِهِمَا فَيَجِدَانِهَا وَحْشًا ، حَتَّى إِذَا بَلَغَا ثَنِيَّةَ الْوَدَاعِ خَرَّا عَلَى وُجُوهِهِمَا "
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Barcha yaxshiliklariga qaramay Madinani tark qilurlar. Unga o‘lmagudek taom izlagan hayvonu qushlar kelur. Eng oxiri hashr qilinadigan kimsa muzaynalik ikki cho‘pondir. Ular Madinani iroda qilib kelurlar. Qo‘ylarini haydarlar. Bas, ular uni kimsasiz holda toparlar. Toki Saniyatul Vadoga yetganlarida yuzlari tuban yiqulurlar”, dedilar”.[16]
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ :
" لَا يَصْبِرُ عَلَى لَأْوَاءِ الْمَدِينَةِ وَشِدَّتِهَا أَحَدٌ مِنْ أُمَّتِي ؛ إِلَّا كُنْتُ لَهُ شَفِيعًا يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَوْ شَهِيدًا "
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Ummatimdan birortasi Madinaning qiyinchiligi va shiddatiga sabr qilsa, albatta, qiyomat kuni men unga shafoatchi bo‘lurman”, dedilar”.[17]
عَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ :
" مَنِ اسْتَطَاعَ أَنْ يَمُوتَ بِالْمَدِينَةِفَلْيَمُتْ بِهَا ؛ فَإِنِّي أَشْفَعُ لِمَنْ يَمُوتُ بِهَا"
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Kim Madinada o‘lishga qodir bo‘lsa, unda o‘lsin. Albatta, kim unda o‘lsa, men uni shafoat qilaman”, dedilar”.[18]
عَنْ عُمَرَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ :
اللَّهُمَّ ارْزُقْنِي شَهَادَةً فِي سَبِيلِكَ، وَاجْعَلْ مَوْتِي فِي بَلَدِ رَسُولِكَ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ
“Umar roziyallohu anhu:
“Allohim! Meni O‘z yo‘lingda bo‘ladigan shahidlik ila rizqlantirgin va o‘limimni Rasuling sollallohu alayhi vasallamning yurtlarida qilgin”, dedilar”.[19]
Madinaning harami
عن عبد الله بن زيد بن عاصم عن النبي ﷺ قال:
"إن إبراهيم حرم مكة و دعا لها و إني حرمت المدينة كما حرم إبراهيم مكة و دعوت لها في مدها و صاعها مثل ما دعا إبراهيم لمكة"
Abdulloh ibn Zayd ibn Osim roziyallohu anhumlardan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Albatta, Ibrohim Makkani haram qildi va uning ahlini duo qildi. Albatta, huddi Ibrohim Makkani haram qilganidek men Madinani haram qildim va uning so[20]siga va mudd[21]iga huddi Ibrohim Makkani ahliga duo qilgandek duo qildim”, dedilar”.
Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.
عن عَلِي فقال: مَنْ زَطعَمَ أَنّ عِندَنَا شَيْئاً نَقْرَؤُهُ إِلاّ كِتَابَ الله وَهَذِهِ الصّحِيفَةَ صَحِيفَةٌ فِيهَا أَسْنَانُ الاْبِلِ وَأَشْيَاءٌ مِنَ الْجِرَاحَاتِ فَقَدْ كَذَبَ، وقال فيها: قال رسولُ الله صلى الله عليه وسلم:
المَدِينَةُ حَرَمٌ مَا بيْنَ عَيْرٍ إِلَى ثَوْرٍ، فَمَنْ أَحْدَثَ فِيهَا حَدَثاً أَوْ آوَى مُحْدَثاً فَعَلَيْهِ لَعْنَةُ الله وَالمَلاَئِكَةِ وَالنّاسِ أَجْمَعِينَ، لا يَقْبَلُ الله مِنْهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ صَرْفاً ولاَ عَدْلاً، وَمَنْ ادّعَى إِلَى غَيْرِ أَبِيهِ أَوْ تَوَلّى غَيْرَ مَوَالِيهِ فَعَلَيْهِ لَعْنَةُ الله وَالمَلاَئِكَةِ وَالنّاسِ أَجْمَعِينَ، لا يُقْبَلُ مِنْهُ صَرْفٌ ولا عَدْلٌ، وَذِمّةُ المُسْلِمِينَ وَاحِدَةٌ يَسْعَى بِهَا أَدْنَاهُمْ
Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Kim “Bizda Allohning Kitobi va ushbu sahifadan boshqa o‘qiydigan narsamiz bor”, deb gumon qilsa, batahqiq, yolg‘on aytibdi. Unda tuyalarning yoki jarohat (yetganda to‘lanadigan narsa)lar haqida gap bor. Unda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Madinaning harami Ayr[22] bilan Savr[23] orasidadir. Kim unda bir bid’at paydo qilsa yoki bid’atchiga joy bersa, unga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin. Qiyomat kuni Alloh undan naflni ham, farzni ham qabul qilmaydi. Musulmonlarning zimmasi (omonlik berishi) birdir. Uni ularning eng oddiysi ham bera oladi”, dedilar”.
Sharh: Ayr tog‘i bilan Savr o‘rtasidagi masofa tahminan 10 km. U ikkalasi (Ayr va Savr) janub va shimol uzunligida haram chegarasidir.
Harami madaniyning sharq va g‘arb tomondagi chegaralari kelgusi hadisi sharifda zikr qilinadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Menga Madinani o‘rab turgan ikki toshloq joy[24] haram qilindi”, - dedilar.[25]
Shayxontohur tumani “Eshon Boboxon” jome masjidi
imom noibi Abdulahadov Abdulmo‘min
[1] Hadis va Hayot. 10 – juz. Haj kitobi. Hilol-Nashr 2015-yil. 286-bet Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
[2] Haysamiyning “Majmaul – zavoid va manbau favoid” kitobi. Haj kitobi. Madina shahrining fazli bobi. 5776 – hadis. https://library.islamweb.net/newlibrary/display_book.php?idfrom=5779&idto=5781&bk_no=87&ID=1115
[3] Haysamiyning “Majmaul – zavoid va manbau favoid” kitobi. Haj kitobi. Madina shahrining fazli bobi. 5777 – hadis. https://library.islamweb.net/newlibrary/display_book.php?flag=1&bk_no=87&ID=5780
[4] “Sahihul Buxoriy”. “Dajjol Madinaga kirmasydi” kitobi. 3 – juz. 22 – bet. 1879 – hadis.
[5] “Sahihul Buxoriy”. “Dajjol Madinaga kirmasydi” kitobi. 3 – juz. 22 – bet. 1880 – hadis.
“Sahihi Muslim”. Haj kitobi. 4 – juz. 120 – bet. 1379 – hadis.
Imom Molikning “Muvvato”lari. 2 – juz. 470 – bet. 2605 – hadis.
Imom Ahmadning “Musnad”lari. 12 – juz. 174 – bet. 7234 – hadis.
[6] “Sahihul Buxoriy. “Dajjol Madinaga kirmasydi” kitobi. 3 – juz. 22 – bet. 1881 – hadis.
[7] “Sahihi Muslim”. Haj kitobi. 4 – juz. 120 – bet. 1380 – hadis.
[8] “Sahihul Buxoriy”. Da'vatlar kitobi. 8 – juz. 80 – bet. 6372 – hadis.
[9] “Sahihi Muslim”. Haj kitobi. 4 – juz. 118 – bet. 1376 – hadis.
[10] “Sahihul Buxoriy. 3 – juz. 23 – bet. 1885 – bet.
“Sahihi Muslim”. Haj kitobi. 4 – juz. 115 – bet. 1369 – hadis.
[11] “Sahihul Buxoriy”. 3 – juz. 23 – bet. 1886 – hadis.
“Sunani Termiziy”.5 – juz. 439 – bet. 3441 – hadis.
Imom Ahmadning “Musnad”lari. 20 – juz. 71 – bet. 12619 – hadis.
[12] Uhud – Madinai munavvaradagi mashhur tog‘ning nomi. Madinai munavvaradan chiqqanda shimolda joylashgan. Sharqdan g‘arbga qarab cho‘qilgan. Masjidun Nabaviydan 3 km uzoqlikda. Dengiz sathidan eng baland joyi 1 km. Yerdan eng baland joyi 300 m. Maydoni 19 m2.
[13] “Sahihi Muslim. Haj kitobi. 4 – juz. 124 – bet. 1393 – hadis.
[14] “Sahihul Buxoriy”. 3 – juz. 21- bet. 1875 – hadis.
[15] “Sahihi Muslim”. Haj kitobi. 4 – juz. 120 – bet. 1381 – hadis.
[16] “Sahihul Buxoriy”. 3 – juz. 21 – bet. 1874 – hadis.
[17] “Sahihi Muslim”. Haj kitobi. 4 – juz. 119 – bet. 1378 – hadis.
“Sunani Termiziy”. 6 – juz. 207 – bet. 3924 – hadis.
[18] “Sunani Termiziy”. 6 – juz. 203 – bet. 3917 – hadis.
“Sunani Ibn Moja”. Manosik kitobi. 4 – juz. 545 – bet. 3112 – hadis.
Imom Ahmadning “Musnad”lari. 9 – juz. 319 – bet. 5437 – hadis.
[19] “Sahihul Buxoriy”. 3 – juz. 23 – bet. 1890 – hadis.
[20] Kichik so – imomayn va jumhur ulamolar nazdida = 2,750 litr; vazni = 2,176 kg = 2 qist = 4 mudd = 5,33 ratl.
[21] Mudd – katta hovuch miqdori = 0,6875 litr ≈0,688 litr; vazni = 544 gramm = 0,25 kichik so = 0,5 qist = 1,33 ratl.
[22] Ayr – Madinai Munavvaraning janubidagi tog‘ning nomi.
[23] Savr – Madinai munavvaraning shimolidagi tog‘ning nomi.
[24] Qora toshlar joylashgan yer. U Madinaning sharqiy hamda g‘arbiy qismida joylashgan.
[25] Sahihul Muslim, (1363)
Har bir tarixiy obida – xalqimiz tarixi va madaniyatining guvohi. Mirzacho‘l hududida joylashgan “Yog‘ochli sardoba” ham ana shunday noyob yodgorliklardan bo‘lib, uning me’moriy tuzilishi va muhandislik yechimi o‘z davrining ilg‘or bilimlariga tayanilganini ko‘rsatadi.
– Sardobaning gumbazsimon tuzilishi, 15 metrlik ichki diametri va 12 metr balandligi uni nafaqat amaliyotda samarali, balki arxitektura jihatdan ham o‘ziga xos namuna sifatida namoyon etadi. Yerdan ikki metr balandlikdagi tuynuklar, salqinlikni saqlovchi ventilyatsiya tizimi, simmetriyali qurilishi va devor qalinligining yuqoriga ko‘tarilgan sari yupqalashib borishi – bularning barchasi sardobaning betakrorligigidan dalolat beradi,– deydi tarixchi-arxeolog Solijon Qudratov.
Sardobaga arksimon kirish qismi orqali g‘ishtli zinapoyalardan foydalanib tushiladi. Kirish qismidagi yo‘lakcha ustidan esa xizmatchilar uchun maxsus xonalarga chiqish mumkin bo‘lgan aylanma zinapoya qurilgan.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgan bir paytda “Yog‘ochli sardoba” ham qayta tiklash ishlari doirasida o‘rganilmoqda. Ba’zi rekonstruksiya ishlari boshlangan bo‘lsa-da, ma’lum texnik va moliyaviy sabablarga ko‘ra, qurilish vaqtincha to‘xtab qolgan.
– Endi bu maskanni to‘liq ta’mirlab, turistik marshrutlarga qo‘shish, atrofida dam olish maskanlari, suv yo‘llari, mahalliy hunarmandchilik obyektlarini rivojlantirish rejalashtirilgan. Bunda davlat-xususiy sheriklik asosida yosh tadbirkorlarni ham jalb etish ko‘zda tutilmoqda, – deydi Sirdaryo viloyat hokimining o‘rinbosari Shohruh Isoqulov.
“Toshkent – Samarqand – Buxoro” magistral yo‘li bo‘ylab joylashgan “Yog‘ochli sardoba” hozirning o‘zidayoq sayohatchilar diqqatini o‘ziga tortmoqda. Shu bois, yaqin istiqbolda bu inshoot nafaqat tarixiy yodgorlik, balki madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladigan, mahalliy va xalqaro turizmni qo‘llab-quvvatlaydigan muhim markazga aylanishi, shubhasiz.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri