Hadis ilmi namoyondalaridan biri, olti sahih kitoblardan birining sohibi va o‘z davrining yetuk olimlaridan sanalgan Imom Abu Iso Termiziy qadim Termiz shahridan yetishib chiqqan buyuk olimlardan biri hisoblanadi. Olimning nasabi haqida manbalar va adabiyotlarda turli xil ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan:
Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib Imom Termiziyning to‘liq ismi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhok as-Sulamiy al-Bug‘iy at-Tirmiziy ad-Darir degan xulosaga kelish mumkin. Chunki, bu ma’lumotlar Imom Termiziy yashagan davrga yaqin bo‘lgan allomalar tomonidan keltirilgan. Shuningdek, ushbu xabarni hanafiy mazhabining yirik olimlaridan bir Mulla Nuruddin Abu-l-Hasan Ali ibn Sulton Muhammad Qoriy Haraviy Makkiy (930-1014/1524-1606) ham “ash-Shamoil an-Nabaviya” asariga yozgan “Jam’u-l-Vasoil fi Sharh ash-Shamoil” nomli sharhida va Shihobuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy o‘zining “Siyar a’lom an-nubalo” nomli asarlarida alohida ta’kidlab o‘tganlar[12]. Shuningdek, bu ma’lumotni Abu-l-Abbos Shamsuddin Ahmad ibn Muhammad ibn Abu Bakr ibn Xallikon (608-681/1211-1282)o‘zining “Vafayat al-a’yon” nomli asarida alohida ta’kidlangan[13].
Imom Abu Iso Termiziy 209/824 yilda tavallud topgan[14]. Imom Abu Iso Termiziyni “at-Tirmiziy” nisbasi bilan tilga olinishiga sabab u kishining o‘sha joyda dunyoga kelib, yoshligi o‘sha shaharda o‘tganligi va umrlarining oxirida yana qaytib kelishidir. Bu haqida mashhur tarixchi olim Yoqut Hamaviy (574-626/1179-1229) olimni Termiz shahri ahlining mashhur olimlaridan biri sifatida ta’kidlab o‘tgan[15].
Shuningdek, mashhur olimlardan biri Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad ibn Mansur at-Tamimiy as-Sam’oniy (vaf. 562/1166 y.) o‘zining “al-Ansob” asarida “Termiz” shahri haqida ham alohida to‘xtalib quyidagi ma’lumotlarni keltirgan: “Bu shahar nomining talaffuzi turli shaklda uchraydi. Jumladan, ba’zilar “Tarmiz”, yana birlari “Turmiz” va boshqalar “Tirmiz”, deb talaffuz qilganlar. Lekin, o‘sha shahar ahlining muomaladagi tilida “Tirmiz” shaklida aytiladi va shu shakl to‘g‘risidir. Men ham shaharda 12 kun yashaganman”[16]. Yoqut Hamaviy (574-626/1179-1229) ko‘hna Termiz shahrini “Termiz madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan mashhur shaharlardan biri bo‘lib, unda qo‘handiz va rabot mavjud hamda u devor bilan o‘ralgan. Bozorlarining esa, usti bostirilgan”, deb tasvirlagan[17].
Imom Abu Iso Termiziy yana “al-Bug‘iy” deb ham nisbatlangan bo‘lib bu haqda manbalarda aniq ma’lumot keltirilmagan. “Bug‘” Tirmiz shahri atrofida joylashgan qishloqlardan birining nomi hisoblanadi. Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad ibn Mansur at-Tamimiy as-Sam’oniy (vaf. 562/1166 y.) o‘zining “Kitob al-Ansob” asarida Termiz shahri atrofida joylashgan “Bug‘” qishlog‘i bilan bir qatorda “Ruxshabuz”[18] va “Shayshaq” kabilarni hamda “Sorminjon” nomli tumanni ham zikr qilgan[19]. Yoqut Hamaviy o‘zining “Mu’jam al-buldon” asarida esa, “Bu’sanju” nomli qishloqni keltirib o‘tgan[20]. “Bug‘” qishlog‘i Tirmiz shahridan 6 farsax[21] uzoqlik masofada joylashgan. Olimning “al-Bug‘iy” nisbasi bilan atalishida ikki xil faraz mavjud, ya’ni, ushbu qishloqda dunyoga kelgani yoki vafoti oldidan u yerda yashaganligidir[22]. Yoqut Hamaviy esa, Imom Abu Iso Termiziyni shu qishloq nomiga nisbat bergan, xolos. Muhaddisning ushbu qishloqda dunyoga kelganligi haqida ma’lumot aytmagan[23].
Imom Abu Iso Termiziyning “Sulamiy” nisbasi bilan nomlanishini Mulla Ali Al-Qoriy “Jam’u-l-Vasoil fi Sharh ash-Shamoil” nomli asarida va Xayruddin az-Zirikliy “Al-A’lom” kitobida[24] keltirganlar. Shundan, Mulla Ali Al-Qoriy uni Qays bin Aylon qabilasidan biri “Bani Salim” naslidanligini ta’kidlab, Imom Abu Iso Termiziyning o‘zi haqida “Mening bobom, Lays ibn Sayyor davrida Marvda istiqomat qilardi. Keyinroq, u yerdan Termiz shahriga ko‘chgan” deganini zikr qilgan[25].
Abu Iso Termiziyning oilasi va yoshligi haqida manbalarda ma’lumot kam uchraydi. Ba’zi manbalarda olimning ismiga “ad-Darir” so‘zi ham qo‘shib zikr qilingan bo‘lib, u “Ko‘zi ojizlik”ni bildiradi. Bu borada ikki xil fikr mavjud. Ya’ni, ba’zi tabaqotlarda olim tug‘ma ko‘zi ojiz bo‘lgan deb keltirilsa, boshqalarida umrining oxiriga yaqin ko‘zi ojiz bo‘lib qolganligi aytilgan. Shulardan ikkinchisi ko‘pchilik olimlar tomonidan e’tirof etilib, asoslangan. Jumladan, Shihobuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy (vaf. 748/1374 y.) o‘zining “Siyar A’lom an-Nubalo” nomli asarida Abu Iso Termiziy haqida bunday degan: “Bu boradagi eng to‘g‘risi shuki, Imom Termiziy katta yoshlik paytida, ilmiy safarlari va asarlarini yozib bo‘lgandan keyin ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan”[26]. Qolaversa, Abu Iso Termiziy haqida Abu Ahmad Al-Hokim bunday rivoyat etgan: “Men Umar ibn A’llak (vaf. 325/937 y.) dan shunday deganini eshitdim: Al-Buxoriy vafotidan keyin Xurosonda u kishining ortidan ilm, hifz, vara’ va zuhd ilmlarida Abu Iso Termiziyga teng keladigan biror kishi qolmadi. U ko‘p yig‘layverganidan hatto ko‘zlari ojiz bo‘lib qoldi va bir necha yillar davomida shu holatda yashadi”[27]. Ushbu ma’lumotni Xayruddin az-Zirikliy o‘zining “Al-A’lom” nomli asarida[28] va Shihobuddin Abulfazl Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniy o‘zining “Tahzib at-Tahzib” nomli kitobida ta’kidlaganlar[29]. Bu boradagi xulosa shuki, Abu Iso Termiziy umrining oxirida ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan.
Shuningdek, manbalar va adabiyotlarda olimning vafot etgan yili va joyi borasida turli ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy (vaf. 748/1347 y.) o‘zining “Mizon al-I’tidol fi Naqd ar-Rijol” asarida olimni yetmish yoshida hijriy 279 yili Rajab oyi/milodiy 892 yili oktyabr oyida Termizda vafot etganini aytib o‘tgan[30]. Shuningdek, Abu Abdulloh Shamsuddin Muhammad az-Zahabiy ham “Kitob Tazkirat al-Huffoz” nomli asarida ushbu ma’lumotni keltirgan[31].
Xayruddin az-Zirikliy o‘zining “Al-A’lom” asarida ham 279/892 yili Termizda vafot etganligini zikr qilgan[32]. Mulla Nuruddin Abu-l-Hasan Ali ibn Sulton Muhammad Qoriy Haraviy Makkiy (930-1014/1524-1606) ham “Ash-Shamoil” asari sharhida xuddi shu gapni aytadi. To‘liq ma’lumotni esa, Shamsuddin Ahmad ibn Muhammad ibn Abu Bakr ibn Xallikon o‘zining “Vafayat al-A’yon” nomli asarida keltirib, olimni hijriy 279 yili 13 Rajab oyi Dushanba kuni tunda (milodiy 892 yili 17 oktyabr oyi Juma kuni tunda) Termizda vafot etganini ta’kidlab o‘tgan[33]. Ammo, Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad ibn Mansur at-Tamimiy as-Sam’oniy o‘zining “al-Ansob” asarida uni Bug‘ qishlog‘ida vafot etganini aytgan[34]. Shuningdek, ushbu sanani mashhur tarixchi olimlardan biri Hoji Xalifa ham o‘zining “Kashf az-Zunun” nomli asarida keltirgan[35].
Bu boradagi xulosa shuki, Imom Abu Iso Termiziy bugungi kundagi Sherobod tumani hududida dafn etilgan. Bu joy “Abu Iso Termiziy” yoki “Termiz Ota” nomilari bilan ataladi.
Imom Abu Iso Termiziyning kunyasi manbalarda “Abu Iso”(ya’ni, Isoning otasi) deb keltirilgan[36]. Bu esa, olimning Iso ismli o‘g‘li bo‘lganligini anglatadi.
Imom Termiziyning ilm olish yo‘lidagi safarlari borasida Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg‘aniy (vaf. 629/1231 y.) “Kitab at-Taqyid” asarida va Xayruddin az-Zirikliy ham “Al-A’lom” nomli asarida Abu Iso Termiziy ilm o‘rganish yo‘lida Movarounnahrning Termiz va Buxoro shaharlariga, Xurosonning Balx, Marv va Ray shaharlariga, Iroqning Kufa, Basra, Bag‘dod kabi shaharlariga va Vosit qishlog‘iga[37] va Hijozga safar qilganligini ta’kidlab o‘tganlar[38]. Shuningdek, Shihobuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy “Siyar A’lom an-Nubalo” nomli kitobida Abu Iso Termiziy ilm o‘rganish maqsadida Xuroson, Iroq va Haramaynga borgan. Lekin, Misr va Shomga safar qilmagan, deb zikr qilgan[39]. Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash kerakki, Abu Iso Termiziy Buxoro va Samarqand shaharlariga ilm o‘rganish maqsadida borgan va hadis ilmini o‘rgangan. Xususan, muhaddis “Kitob al-Ilal al-Kabir” asarini Samarqandda “Iyd al-Adha” kuni 270/884 yili yozib tugatgan[40]. Bu esa, zsha davrda olimning yurtida ilm naqadar rivojlanganligiga dalolat qiladi.
Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash kerakki, Abu Iso Termiziy hayoti va ilmiy faoliyatini o‘rgangan ba’zi olimlar u Bag‘dodga bormagan, agarda u yerda bo‘lganda edi, albatta Imom Ahmad ibn Muhammad ibn Hanbal (164-241/781-855)dan hadis rivoyat qilgan bo‘lardi degan fikrni bildirganlar[41]. Lekin, bizningcha olim Bag‘dodda bo‘lib, ushbu shahardagi 241/855 yildan keyin vafot etgan muhaddislardan ham hadis ilmini o‘rgangan va ulardan hadislar rivoyat qilgan. Bu esa, Bag‘dodga 241/855 yildan keyin borganini anglatadi. Abu Iso Termiziy bag‘dodlik yoki u yerga boshqa hududlardan kelgan Ahmad ibn Ibrohim al-Bag‘dodiy (vaf. 246/860 y.), Ibrohim ibn Said at-Tabariy al-Bag‘dodiy (vaf. 249/863 y.) kabi o‘ttiz sakkizta ustozlaridan hadislarni rivoyat qilgan. Abu Iso Termiziy bag‘dodlik 241/855 yildan oldin vafot etgan muhaddislardan hadisni bilvosita, ya’ni boshqa roviylar orqali rivoyat qilgan. Bu boradagi xulosa shuki, keltirilgan dalillar Abu Iso Termiziy Bag‘dodga taxminan 241-243/855-857 yillar oralig‘ida borganligini ko‘rsatadi.
Darhaqiqat, Abu Iso Termiziy ustozlarining hayotini o‘rganish uning qachon va qayerlarga ilmiy safarlar qilganligi haqida ilmiy xulosa qilishga asos bo‘ladi.
Hadis ilmi tarixida III/VIII asr “oltin asri” hisoblanadi. Xususan, “al-Kutub as-Sitta” – olti eng mashhur hadis kitobi mualliflari bo‘lgan imomlar, ya’ni olti eng ulug‘ muhaddis ana shu oltin davrda yashab kamol topgan. Shu sababli ham, Imom Abu Iso Termiziy o‘zining ilmiy safari davomida ko‘plab mashhur olimlardan hadis ilmini o‘rganishga muvaffaq bo‘lgan. Imom jami ikki yuz yigirma to‘rtta muhaddisdan hadis rivoyat qilgan bo‘lib, shulardan “Sunani Termiziy” asarida ikki yuz yigirma bir muhaddisdan hadislar rivoyat qilgan. Abu Iso Termiziy ustozlaridan ba’zilarining vafot etgan yili manbalarda keltirilgan bo‘lsa-da, boshqalari noma’lum. Ularni quyidagi tartibda ko‘rish mumkin:
- birinchi guruh 230-239/845-853 yillar oralig‘ida sakkizta ustozi vafot etgan;
- ikkinchi guruh 240-249/854-863 yillar oralig‘ida sakson sakkizta ustozi vafot etgan;
- uchinchi guruh 250-259/864-873 yillar oralig‘ida sakson ikkita ustozi vafot etgan;
- to‘rtinchi guruh 260-269/874-882 yillar oralig‘ida beshta ustozi vafot etgan;
- beshinchi guruh 280/893 yilda vafot etgan ustozi Muhammad ibn Ismoil ibn Yusuf at-Termiziy bo‘lib, u ushbu besh guruhda kiritilganlarning eng kech vafot etgan hisoblanadi;
- oltinchi guruh vafot etgan yili noma’lum bo‘lgan ustozlari yigirma to‘qqizta.
Ko‘pchilik muhaddis olimlar hayoti va ilmiy faoliyati o‘rganilsa, dastlab o‘z yurtidagi ilmlarni o‘rganishi urf bo‘lgan. Keyinchalik boshqa yurtlarga ilmiy safarlar qilganlar. Xususan, bizningcha, Abu Iso Termiziyning faoliyati ham ushbu odatga muvofiq bo‘lgan. Bunga dalil qilib olimning ustozlaridan biri termizlik o‘z davrining yirik olimlaridan hisoblangan Abu Abdulloh Solih ibn Abdulloh ibn Zakvon al-Bohiliy at-Termiziy (vaf. 231/846 y.)ni keltirish mumkin[42]. Bu olim asli Termizdan bo‘lsa-da, keyinchalik Bag‘dodga borib o‘sha yerda vafot etgan. Shu tufayli ham, Abu Iso Termiziy ustozidan Termizda ta’lim oldimi yoki Bag‘dodda aniqlash mushkul. Tarixiy voqelik qanday bo‘lganligiga qaramasdan, Abu Iso Termiziy ushbu ustozidan “Sunani Termiziy”da o‘n uchta va “Kitab al-Ilal al-kabir” asarida bitta hadis rivoyat qilgan.
Shuningdek, balxlik o‘z davrining yirik olimlaridan Muhammad ibn Amr as-Savvoq al-Balxiy(vaf. 236/850 y.)ni keltirish mumkin. Muhaddis undan “Sunani Termiziy”ida yettita hadis rivoyat qilgan. Bu esa, olimning xurosonlik muhaddis olimlardan ham ta’lim olganligini ko‘rsatadi.
Abu Iso Termiziy ustozlaridan uchtasi – Imom Muhammad ibn Ismoil Abu Abdulloh Al-Buxoriy (194-256/810-870), Imom Muslim ibn Hajjoj Al-Qushayriy Abul Husayn (204-261/819-875) va Imom Abu Dovud mashhur muhaddislardan hisoblanadi[43].
Albatta, Abu Iso Termiziy imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Al-Buxoriyning mashhur shogirdlaridan biri bo‘lib[44], undan nafaqat hadis ilmini[45], balki yo‘nalish va hidoyatni ham o‘rgangan[46]. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy o‘z davrining hadis ilmi sohasida yetakchi olim hisoblanadi. Shu sababli ham, Abu Iso Termiziyning ilmiy faoliyatida uning mavqei juda katta bo‘lgan va “Sunani Termiziy”, “Kitab al-Ilal al-Kabir” kabi yirik asarlarini ham ustozi Imom al-Buxoriy bilan uchrashganidan keyin bitgan. Bu haqida, muhaddisning o‘zi “Sunani Termiziy” asarida quyidagicha bayon etgan: “Men na Iroq va na Xurosonda “Ilal” va “Tarix” ma’nosini tushunishda va sanadlarni bilishda Muhammad ibn Ismoildan ko‘ra bilimliroq biror kimni uchratmadim”[47]. Shu sababli ham, Abu Iso Termiziy ushbu ustozidan “Sunani Termiziy” asarida o‘nlab hadislar va “Jarh va ta’dil”ga oid yuzga yaqin fikrlarini ham keltirib o‘tgan. Imom al-Buxoriy o‘z shogirdi imom Termiziyni alqab, kamtarinlik bilan: “Sen mendan bahra topganingdan ko‘ra men sendan ko‘proq bahra topdim”, deb ta’kidlagan[48]. Bu Abu Iso Termiziyga berilgan juda katta baho edi.
Abu Iso Termiziyning mashhur ustozlaridan yana biri Abul Husayn Muslim ibn Hajjoj Al-Qushayriy bo‘lib, ustozidan nafaqat hadis ilmini o‘rgangan, balki undan hadis ham rivoyat qilgan. Xususan, “Sunani Termiziy”da ushbu ustozidan hadis rivoyat qilgan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, olimning ustozlaridan sakkiztasi Termizga nisbat berilgan bo‘lib, “Sunani Termiziy” asarida ulardan jami qirq beshta hadis rivoyat qilingan.
Ular quyidagilardir:
Shuningdek, Abu Iso Termiziy “Sunani Termiziy”ida har biridan yuztadan ortiq hadis rivoyat qilgan quyidagi ustozlarini alohida ta’kidlash maqsadga muvofiq. Chunki, bu ko‘rsatkich olim ulardan ko‘proq ilm o‘rganganligini anglatadi. Hadis rivoyati soni bo‘yicha ularning tartibi quyidagicha:
Ushbu to‘qqizta roviydan jami 2547ta hadis naql qilingan bo‘lib, “Sunani Termiziy”ning yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Bu esa, bir tomondan Abu Iso Termiziyning hadis ilmini o‘rganishga bo‘lgan alohida e’tiborini ko‘rsatsa, ikkinchi jihatdan ushbu ustozlaridan hadis ilmi borasida ko‘proq ta’lim olganligini anglatadi.
Abu Iso Termiziy ustozlaridan to‘qqiztasi “al-Kutub as-sitta” tarkibiga kiritilgan olti hadis to‘plamlarining mualliflari bo‘lib, Muhammad ibn Ismoil Abu Abdulloh Al-Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj Al-Qushayriy Abul Husayn, Abu Dovud Sulaymon ibn Al-Ash’as As-Sijistoniy (202-275/259-888), Ahmad ibn Shuayb Abu Abdurrahmon An-Nasoiy (215-303/830-915) va Muhammad ibn Yazid ibn Moja Abu Abdulloh (209-273/824-886) rivoyatlarida ishtirok etgan bo‘lib, ular quyidagilar:
Albatta, Abu Iso Termiziyning ma’naviy merosi nafaqat mu’min-musulmonlarga[73], balki barcha insonlarga manfaatli bo‘lib kelmoqda. Shuningdek, muhaddis ilmiy faoliyati davomida yuzlab shorgirdlariga ta’lim bergan. Shulardan o‘ttiztasi muhaddis sifatida tanilgan. Jamoluddin Abulhajjoj Yusuf al-Mizziy (654-742/1256-1341) o‘zining “Tahzib al-Kamol fi asmoi ar-rijol” nomli asarida muhaddisdan hadis rivoyat qilganlardan yigirma oltita olimni sanab o‘tgan[74]:
Xuslosa o‘rnida shuni aytish kerakki, Abu Iso Termiziy nafaqat o‘z yurti, balki boshqa o‘lkalarga ham ilmiy safarlar qilib o‘z davrining mashhur olimlaridan turli ilm sohalarida tahsil olgan. Natijada, u buyuk muhaddislar qatoridan munosib joy olgan va qator qimmatli asarlarni bitgan. Xususan, Abu Iso Termiziyning sakkizta ustozi ayni termizlik bo‘lgani ham bir tomondan Termiz shahrining o‘sha davr islom dini, ilm-fan markazlaridar biri bo‘lganini ko‘rsatsa, ikkinchi jihatdan termizlik olimlarning ilm-fanga katta hissa qo‘shganligi anglatadi. Qolaversa, muhaddisning ilmiy safarlaridan keyin vataniga qaytib ilm-fan tarqatishga sa’y-harakat qilgani o‘z ona yurtiga bo‘lgan alohida e’tiborni bildiradi.
[1] Shihobiddin Abu Abdulloh Yoqut ibn Abdulloh Hamaviy. Mo‘jam al-buldon. – Bayrut: Dor Codir, 1977. – J. II. – B. 27.; Bearman P.J., TH. Bianquis, C. E. Bosworth, E. Vandonzel and W. P. Heinrighs. The Encyclopaedia of Islam. – Leiden: Brill Publishers, 2000. – Volume X. – R. 547.
[2] Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Mizon al-i’tidol fi naqd ar-rijol. – Bayrut: Dor al-ma’rifa, 1975. – J. III. – B. 678.; Abu Abdulloh Shamsuddin Muhammad az-Zahabiy. Kitob Tazkirat al-huffoz. – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 1998. – B. 633.
[3] Shihobuddin Abulfazl Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniy. Tahzib at-tahzib. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. III. – B. 668.; Jamoluddin Abulhajjoj Yusuf al-Mizziy. Tahzib al-Kamol. – Bayrut: Muassasat ar-risala, 1996. – J. XXVI. – B. 250.
[4] Shihabuddin Abu Hafs Umar ibn Kasir ibn Dav’in ibn Kasir al-Qurashiy. Al-Bidaya va-n-nihaya. – Bayrut: Dor al-maorif, 1990. – J. XI. – B. 66.
[5] Shihobuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Siyar a’lom an-nubalo. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. XIII. – B. 272.; Shihobuddin Abulfazl Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniy. Tahzib at-tahzib. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. III. – B. 668.
[6] Abu Amr Usmon ibn Abdurrahmon ash-Shahrzuriy. Usul al-hadis/tahqiq va sharh muallifi Nuruddin I’tr. – Damashq: Dor al-fikr, 1986. – B. 385.
[7] Mustafo ibn Abdulloh. Kashf az-zunun. – Bayrut: Dor ihya at-turos al-arabiy, 2004. – J. I. – B. 320.
[8] Abulxayr Isomuddin Ahmad ibn Mustofa ibn Jalil Toshko‘prizoda. Miftah as-Saoda. – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 1975. – J. II. – B. 122.
[9] Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad ibn Mansur at-Tamimiy as-Sam’aniy. Al-Ansob. – Haydarobod: Doirot al-ma’rifa li Umaniya, 1980. – J. III. – B. 45.; Abu Ya’lo al-Xalil ibn Abdulloh ibn ibn Ahmad al-Xaliliy al-Qazviniy. Kitab al-irshad. – ar-Riyod: Maktaba ar-rushd, 1989. – B. 904.
[10] Solahuddin Xalil ibn Oybek as-Safdiy. Nakt al-himyan fi nukat al-’umyon. Misr: al-Matbaa al-jamoliya, 1911. – B. 264.; Xayruddin az-Zirikliy. Al-A’lom. – Bayrut: Dor al-ilm li-l-muloyin, 2002. – J. VI. – B. 322.
[11] Shihabuddin Abulfallah Abdulhay ibn Ahmad ibn Muhammad ad-Damashqiy. Shazarot az-Zahab fi axbor man zahab. – Bayrut: Dor ibn Kasir, 1986. – J. III. – B. 327.
[12] Mulla Nuruddin Abu-l-Hasan Ali ibn Sulton Muhammad Qoriy Haraviy Makkiy. Jam’u-l-vasoil fi sharh ash-shamoil. – Misr: (nashriyoti va yili ko‘rsatilmagan). – J. I. – B. 6.; Shihobuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Siyar a’lom an-nubalo. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. XIII. – B. 272.
[13] Shamsuddin Ahmad ibn Muhammad ibn Abu Bakr ibn Xallikon. Vafiyat al-a’yon. – Bayrut: Dor Sodir, 1978. – J. IV. – B. 278.
[14] Xayruddin az-Zirikliy. Al-A’lom. – Bayrut: Dor al-ilm li-l-muloyin, 2002. – J. VI. – B. 322.
[15] Shihobiddin Abu Abdulloh Yoqut ibn Abdulloh Hamaviy. Mo‘jam al-buldon. – Bayrut: Dor Codir, 1977. – J. II. – B. 27.
[16] Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad ibn Mansur at-Tamimiy as-Sam’aniy. Al-Ansob. – Haydarobod: Doirot al-ma’rifa li Umaniya, 1980. – J. III. – B. 44-45.
[17] Shihobiddin Abu Abdulloh Yoqut ibn Abdulloh Hamaviy. Mo‘jam al-buldon. – Bayrut: Dor Codir, 1977. – J. II. – B. 26.
[18] Ushbu qishloq nomi Yoqut Hamaviy “Ruxshayuz” shaklida bergan. Qarang. Shihobiddin Abu Abdulloh Yoqut ibn Abdulloh Hamaviy. Mo‘jam al-buldon. – Bayrut: Dor Codir, 1977. – J. III. – B. 38.
[19] Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad ibn Mansur at-Tamimiy as-Sam’aniy. Al-Ansob. – Haydarobod: Doirot al-ma’rifa li Umaniya, 1980. – J. II. – B. 334-335.; – J. VI. – B. 98.; – J. VII. – B. 470.; – J. VIII. – B. 57.
[20] Shihobiddin Abu Abdulloh Yoqut ibn Abdulloh Hamaviy. Mo‘jam al-buldon. – Bayrut: Dor Codir, 1977. – J. I. – B. 508.
[21] Izoh. “Farsax” uzunlik o‘lchov biriligi bo‘lib, 5760 metrga teng.
[22] Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad ibn Mansur at-Tamimiy as-Sam’aniy. Al-Ansob. – Haydarobod: Doirot al-ma’rifa li Umaniya, 1980. – J. II. – B. 334-335.; – J. III. – B. 46.
[23] Shihobiddin Abu Abdulloh Yoqut ibn Abdulloh Hamaviy. Mo‘jam al-buldon. – Bayrut: Dor Codir, 1977. – J. I. – B. 510.
[24] Xayruddin az-Zirikliy. Al-A’lom. – Bayrut: Dor al-ilm li-l-muloyin, 2002. – J. VI. – B. 322.
[25] Mulla Nuruddin Abu-l-Hasan Ali ibn Sulton Muhammad Qoriy Haraviy Makkiy. Jam’u-l-vasoil fi sharh ash-shamoil. – Misr: (nashriyoti va yili ko‘rsatilmagan). – J. I. – B. 6-7.
[26] Shihobuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Siyar a’lom an-nubalo. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. XIII. – B. 272.
[27] Shihobuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Siyar a’lom an-nubalo. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. XIII. – B. 273.
[28] Xayruddin az-Zirikliy. Al-A’lom. – Bayrut: Dor al-ilm li-l-muloyin, 2002. – J. VI. – B. 322.
[29] Shihobuddin Abulfazl Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniy. Tahzib at-tahzib. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. III. – B. 669.
[30] Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Mizon al-i’tidol fi naqd ar-rijol. – Bayrut: Dor al-ma’rifa, 1975. – J. III. – B. 678.
[31] Abu Abdulloh Shamsuddin Muhammad az-Zahabiy. Kitob Tazkirat al-huffoz. – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 1998. – B. 635.
[32] Xayruddin az-Zirikliy. Al-A’lom. – Bayrut: Dor al-ilm li-l-muloyin, 2002. – J. VI. – B. 322.
[33] Shamsuddin Ahmad ibn Muhammad ibn Abu Bakr ibn Xallikon. Vafiyat al-a’yon. – Bayrut: Dor Sodir, 1978. – J. IV. – B. 278.
[34] Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad ibn Mansur at-Tamimiy as-Sam’aniy. Al-Ansob. – Haydarobod: Doirot al-ma’rifa li Umaniya, 1980. – J. III. – B. 46.
[35] Mustafo ibn Abdulloh. Kashf az-zunun. – Bayrut: Dor ihya at-turos al-arabiy, 2004. – J. I. – B. 320.
[36] Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Mizon al-i’tidol fi naqd ar-rijol. – Bayrut: Dor al-ma’rifa, 1975. – J. III. – B. 678.
[37] Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg‘aniy. Kitab at-taqyid. – Haydarobod: Matbaa majlis ad-doirat al-usmoniya, 1983. – J. I. – B. 92.
[38] Xayruddin az-Zirikliy. Al-A’lom. – Bayrut: Dor al-ilm li-l-muloyin, 2002. – J. VI. – B. 322.
[39] Shihobuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Siyar a’lom an-nubalo. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. XIII. – B. 273.
[40] Shihabuddin Abu Hafs Umar ibn Kasir ibn Dav’in ibn Kasir al-Qurashiy. Al-Bidaya va-n-nihaya. – Bayrut: Dor al-maorif, 1990. – J. XI. – B. 67.
[41] Qarang. Nuruddin I’tr. Al-Imom at-Termiziy va al-Muvazanat bayna jami’h va bayna as-sahihayn. – Qohira: Matbaa lajnat at-ta’lif va at-tarjamat va an-nashr, 1970. – 526 b.
[42] Jamoluddin Abulhajjoj Yusuf al-Mizziy. Tahzib al-Kamol. – Bayrut: Muassasat ar-risala, 1996. – J. XIII. – B. 61-63.
[43] Abdulaziz Valiyulloh ad-Dehlaviy. Buston al-muhaddisin. – Bayrut: Dor al-g‘arb al-islomiy, 2002. – B. 84.
[44] Shamsuddin Ahmad ibn Muhammad ibn Abu Bakr ibn Xallikon. Alvafiyat al-a’yon. – Bayrut: Dor Sodir, 1978. – J. IV. – B. 278.
[45] Solahuddin Xalil ibn Oybek as-Safdiy. Nakt al-himyan fi nukat al-’umyon. Misr: al-Matbaa al-jamoliya, 1911. – B. 264.
[46] Abdulaziz Valiyulloh ad-Dehlaviy. Buston al-muhaddisin. – Bayrut: Dor al-g‘arb al-islomiy, 2002. – B. 84.
[47] Abu Iso Termiziy. Sunan. – Bayrut: Dor al-g‘arb al-islomiy, 1996. – J. VI. – B. 229.
[48] Shihobuddin Abulfazl Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniy. Tahzib at-tahzib. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. III. – B. 669.
[49] Shihobuddin Abulfazl Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniy. Tahzib at-tahzib. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. IV. – B. 496.
[50] Al-Hofiz Muhammad ibn Hibbon ibn Ahmad at-Tamimiy al-Bustiy. Kitob as-Siqot. – Haydarobod: Doirot al-ma’rifa li Umaniya, 1973. – J. VIII. – B. 166.
[51] Jamoluddin Abulhajjoj Yusuf al-Mizziy. Tahzib al-Kamol. – Bayrut: Muassasat ar-risala, 1996. – J. XIII. – B. 61-63; Solahuddin Xalil ibn Oybek as-Safdiy. Nakt al-himyan fi nukat al-’umyon. Misr: al-Matbaa al-jamoliya, 1911. – B. 264.
[52] Al-Hofiz Muhammad ibn Hibbon ibn Ahmad at-Tamimiy al-Bustiy. Kitob as-Siqot. – Haydarobod: Doirot al-ma’rifa li Umaniya, 1973. – J. IX. – B. 148.
[53] Shihobuddin Abulfazl Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniy. Tahzib at-tahzib. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. III. – B. 514-515.
[54] Shihobuddin Abulfazl Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniy. Tahzib at-tahzib. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. IV. – B. 148.
[55] Al-Hofiz Muhammad ibn Hibbon ibn Ahmad at-Tamimiy al-Bustiy. Kitob as-Siqot. – Haydarobod: Doirot al-ma’rifa li Umaniya, 1973. – J. IX. – B. 163.
[56] Al-Hofiz Muhammad ibn Hibbon ibn Ahmad at-Tamimiy al-Bustiy. Kitob as-Siqot. – Haydarobod: Doirot al-ma’rifa li Umaniya, 1973. – J. IX. – B. 245.
[57] Shihobuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Siyar a’lom an-nubalo. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. XI. – B. 13-24.
[58] Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg‘aniy. Kitab at-taqyid. – Haydarobod: Matbaa majlis ad-doirat al-usmoniya, 1983. – J. I. – B. 92.
[59] Shihobuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Siyar a’lom an-nubalo. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. XII. – B. 144-149.
[60] Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg‘aniy. Kitab at-taqyid. – Haydarobod: Matbaa majlis ad-doirat al-usmoniya, 1983. – J. I. – B. 92.
[61] Shihobuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Siyar a’lom an-nubalo. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. XII. – B. 223-224.
[62] Shihobuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Siyar a’lom an-nubalo. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. XI. – B. 265-266.
[63] Shihobuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Siyar a’lom an-nubalo. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. XI. – B. 483-484.
[64] Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg‘aniy. Kitab at-taqyid. – Haydarobod: Matbaa majlis ad-doirat al-usmoniya, 1983. – J. I. – B. 92.
[65] Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg‘aniy. Kitab at-taqyid. – Haydarobod: Matbaa majlis ad-doirat al-usmoniya, 1983. – J. I. – B. 92.
[66] Jamoluddin Abulhajjoj Yusuf al-Mizziy. Tahzib al-Kamol. – Bayrut: Muassasat ar-risala, 1996. – J. XXXII. – B. 639-642.
[67] Shihobuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Siyar a’lom an-nubalo. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. XI. – B. 394-398.
[68] Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg‘aniy. Kitab at-taqyid. – Haydarobod: Matbaa majlis ad-doirat al-usmoniya, 1983. – J. I. – B. 92.
[69] Shihobuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Siyar a’lom an-nubalo. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. XI. – B. 507-513.
[70] Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg‘aniy. Kitab at-taqyid. – Haydarobod: Matbaa majlis ad-doirat al-usmoniya, 1983. – J. I. – B. 92.
[71] Shihobuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Siyar a’lom an-nubalo. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. XII. – B. 235-238.
[72] Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg‘aniy. Kitab at-taqyid. – Haydarobod: Matbaa majlis ad-doirat al-usmoniya, 1983. – J. I. – B. 92.
[73] Jamoluddin Abulhajjoj Yusuf al-Mizziy. Tahzib al-Kamol. – Bayrut: Muassasat ar-risala, 1996. – J. XXVI. – B. 250.
[74] Jamoluddin Abulhajjoj Yusuf al-Mizziy. Tahzib al-Kamol. – Bayrut: Muassasat ar-risala, 1996. – J. XXVI. – B. 251-252.
Imom Buxoriy nomli Toshkent islom instituti "Hadis va islom tarixi fanlari" kafedrasi o‘qituvchisi F.Xomidov
Haj safariga borish, Ka’batullohni ziyorat qilish har bir mo‘min-musulmonning orzusi. Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik sababli vatandoshlarimiz emin-erkin haj amallarini ado etish baxtiga muyassar bo‘lishmoqda.
19 may kuni navbatdagi ziyoratchilar Makkai mukarramaga zamonaviy avtobuslarda yetib keldi.
Hamyurtlarmizni muhtasham Soncrete al-Sahhab mehmonxonasida saudiyalik mutasaddilar, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakillari, Jidda shahridagi bosh konsul Sirojiddin Shamsuddinov va bosh konsulxona xodimlari tomonidan katta ehtirom ila kutib olindi.
Alloh taoloning mehmonlariga risoladagidek xizmat ko‘rsatish, ularga qulay sharoitlarni yaratib berish maqsadida barcha imkoniyatlar hozirlandi. Muborak safar mobaynida har bir tadbirlar aniq reja asosida yuksak darajada amalga oshirilmoqda. Tashkiliy-hujjat ishlari, toatu ibodatlar, istiqomat, oziq-ovqat, tibbiyot va transport xizmatlari yuqori sifatda tashkil etilgan.
Ziyoratchilar umra amalini bajarib bo‘lgach haj ibodati boshlanish sanasi, ya’ni Zulhijja oyining sakkizinchi kuniga qadar Harami sharifda toatu ibodatda bo‘ladilar.
Haq taolo hojilarning hajlarini mabrur, sa’ylarini mashkur, gunohlarini mag‘fur qilsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati