Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Iyul, 2025   |   28 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:32
Quyosh
05:10
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:53
Xufton
21:23
Bismillah
23 Iyul, 2025, 28 Muharram, 1447

Boylik matohning ko‘pligida emas, balki nazarning to‘qligidadir

01.04.2020   2882   5 min.
Boylik matohning ko‘pligida emas, balki nazarning to‘qligidadir

Bugun butun dunyo ahlini tashvishga solayotgan koronavirus epidemiyasi yurtimizda qanday kechayotganiga bir nazar solsak. Hukumatimiz tomonidan uni bartaraf etish bo‘yicha bir qancha qarorlar qabul qilinib, zaruriy chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tibbiyot va boshqa soha vakillari aziz jonlarini xatarga qo‘yib, bemorlarni davolash uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqdalar. Xo‘sh, bugungi kunda aholini ko‘proq nima tashvishga solmoqda.

Avvalo, kishilarimiz kasallikni yuqtirib olish, oziq-ovkat mahsulotlari yetishmasligidan xavf siramoqdalar. Aslida bu narsalar behuda vahimaga arzirmikan. Biz mo‘min-musulmonlar e’tiqod bo‘yicha kasallik faqat Alloh taoloning irodasi bilan yetishi, rizqni ham Alloh taolo berishiga imon keltiramiz.

Johiliyat ahlida “Xastaliklarda o‘ziga yarasha quvvat bor, ular bir kishidan ikkinchisiga o‘sha quvvat yordamida o‘tadi”, degan e’tiqod bo‘lgan. Islom ta’limoti bo‘yicha esa xastalik Alloh iroda qilsagina yuqadi. Xuddi shu ma’no Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida Kasallik yuqishi yo‘q degan muborak so‘zlarida mujassam bo‘lgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kasallik yuqishi yo‘q, boyqush yo‘q, nav’u yo‘q va sofar yo‘q”, dedilar (Uchovlari rivoyat qilgan).

Demak, kasallik o‘zicha yuqmasligi e’tiqod masalasi, kasallik yuqishidan ehtiyot bo‘lish esa dinimiz bizdan amal qilishni talab qilgan amal ekan.

Bugungi og‘ir vaziyatda xalqimiz birgalikda kurashib, qahramonliklar ko‘rsatmoqda desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu qahramonlik nima? Bu sabr, qanoat, intizom, tartib qoidaga rioya etish, shaxsiy gigiyenalarga amal qilishdir.

Sabr – Alloh taolo tomonidan bandaga in’om etilgan eng katta va buyuk ne’mat. Sabrli kishi rizqning oziga ham, yo‘qchilikka ham chidab o‘zini xor qilmay, boshini tik tutib kun ko‘radi. Zero, haqiqiy boylik mol-dunyoning ko‘pligida emas, nafsning to‘qligidir.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Boylik matohning ko‘pligida emas, balki nazarning to‘qligidadir, (Ikki shayx, Imom Tyermiziy rivoyat qilgan) deya haqiqiy boylik nima ekanligi haqida xabar berdilar.

Ikkinchi jahon urushi yillari xalqimiz bir mayizni qirq kishi bo‘lib yeganlari haqida ota-bobolarimizdan eshitganmiz. Shukrki, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida ham tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qolaversa, saxovatpesha insonlar tomonidan ham turli xayriya tadbirlari o‘tkazilib, oziq-ovqat, tibbiyot va sanitariya mahsulotlari muhtoj insonlarga yetkazib berilmoqda. Afsuski, mana shunday holatda haqiqiy muhtoj bo‘lmagan shaxslar ham ehtiyojmand kishilar uchun sarflanayotgan ehson, sadaqalardan ko‘proq undirib olish harakatida bo‘layotganlar yoki bo‘lmasa boqimandalik kayfiyati bilan birovning sadaqa berishidan umidvor bo‘lib o‘tirganlar ham uchrab turibdi. Abu Sa’id roziyallohu anhudan shunday rivoyat keltirligan: «Ansoriylardan bir qancha odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan (mol) so‘radilar. Bas, u zot ularga berdilar. So‘ngra yana so‘radilar. Yana berdilar, hatto huzurlarida hech narsa qolmadi. Shunda u zot: Huzurimda ne yaxshilik bo‘lsa, sizlarga bermay olib qolmasman. Kim iffattalab bo‘lsa, Alloh uni ifatli qilur. Kim behojatlik talab qilsa, Alloh uni behojat qilur. Kim sabr talab qilsa, Alloh uni sabrli qilur. Hech kimga sabrdan ko‘ra yaxshiroq va kengiroq ne’mat berilmgan, dedilar (Beshovlari rivoyat qilgan).

Barcha o‘tgan payg‘ambarlar kasb-hunar sohiblari bo‘lishgan, sahobalar quruqlik va dengizlarda tijorat bilan mashg‘ul bo‘lganlar, ayrimlari dehqonchilik va boshqa kasblar bilan shug‘ullanganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida: “Hech bir kishi o‘zi qo‘li bilan ishlab topib yegan taomidan ham yaxshiroq taomni aslo yemaydi” deyishlari bilan kasb-kor, hunar, mehnat qilib topilgan rizq eng yaxshi rizq ekaniga ishora qilganlar.

Halol kasb, mehnat qilib, Alloh taolodan rizq ato etishini so‘rasak, Parvardigorning marhamati cheksizdir. Musulmon kishi bu dunyosining g‘amida emas, oxirat g‘amida bo‘lsa, Alloh taolo ikkisini ham ato etadi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Kimki oxirat g‘amida bo‘lsa, Alloh uning qalbini behojat va xotirini jam jam qilib qo‘yadi. U xohlamasa ham, dunyo unga o‘z o‘zidan keladi. Kim dunyo g‘amida bo‘lsa, Alloh uning ko‘z o‘ngiga kambag‘allikni keltirib qo‘yadi va xotirjamligini parokanda qiladi. Unga dunyoda o‘ziga taqdir qilinganidan boshqasi kelmaydi(Anas roziyallohu anhudan Imom Termiziy rivoyatlari). 

Shunday ekan azizlar, tan-jonimiz sog‘, huzurimizda yeguliklarimiz bor ekan, qanoat va sabrli bo‘lsak, inshaalloh Alloh taoloning O‘zi madadkor bo‘ladi, g‘am-tashvishimizni aritib, ikki dunyo saodatini ato etadi.

 

Zayniddin ESHONQULOV

O‘MI Samarqand viloyat vakili

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Yangi umra mavsumi 2025 yil avgust oyidan boshlanishi e’lon qilindi

18.07.2025   19314   2 min.
Yangi umra mavsumi  2025 yil avgust oyidan boshlanishi e’lon qilindi

#xabar #umra #rasmiy #avgust
 So‘nggi yillarda umra safarlarini yuqori saviyada tashkil etish, ziyoratchilarga sifatli va qulay xizmatlar ko‘rsatish hamda ibodatlarni shariat talablariga muvofiq ado etish ishlari “Haj” va “Umra” markazi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.


 30 yildan ziyod amaliy tajriba asosida ziyoratchilarimiz uchun 10 kunlik maxsus umra dasturi taklif etilmoqda.


 Dastur doirasida quyidagi qulayliklar nazarda tutilgan:


 “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi orqali Toshkent–Jidda–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar;


  3 kecha Madina, 7 kecha Makkada bo‘lish;


 Jidda–Madina, Madina–Makka va Makka–Jidda yo‘nalishlarida zamonaviy avtobuslar xizmati;


 Makka va Madina shaharlarida barcha sharoitlarga ega mehmonxonalar;


 3 mahal mazali taomlar;


  Madina shahrida Nabaviy masjidi, “Ravza”, Qubo, Qiblatayn masjidlari va Uhud maydoniga ziyorat;


 Makka shahrida Arafot, Mino, Muzdalifa vodiylari hamda Nur va Savr tog‘lariga ziyorat;


 Jidda shahridagi Qizil dengizga sayohat.


 Umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, taniqli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari, malakali shifokorlar hamrohlik qilib, ibodat va safarni oson va xotirjam o‘tishini ta’minlaydilar.


  Umra safariga borish niyatida bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizni ushbu imkoniyatdan foydalanishga taklif etamiz.


 Murojaat uchun telefonlar:

Haj va Umra Markazi
+998778821858
+998998821858


Hududiy mas’ullar:
Andijon vil. +998999012979
Farg‘ona vil. +998902723477
Namangan vil. +998902181117
Sirdaryo vil. +998911012816
Jizzax vil. +998941955554
Samarqand vil. +998979121674
Qashqadaryo vil. +998995803520
Surxondaryo vil. +998915861007
Buxoro vil. +998906116486
Navoiy vil. +998997516005
Xorazm vil  +998910941100
Qoraqalpog‘iston Res. +998973490457


Haj va umra markazi:
Instagram (https://instagram.com/haj_umrauz?igshid=MzRlODBiNWFlZA==) Telegram (https://t.me/hajumrauz)