Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Yanvar, 2025   |   7 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:34
Asr
15:29
Shom
17:13
Xufton
18:32
Bismillah
07 Yanvar, 2025, 7 Rajab, 1446

Nurul izoh: NAMOZ VA RO‘ZANING KAFFORATI. QAZOLARNING TARTIBI. SAHV SAJDASINING HUKMI. NAMOZ SHUBHA BILAN QACHON BUZILADI?

31.03.2020   5358   18 min.
Nurul izoh: NAMOZ VA RO‘ZANING KAFFORATI.  QAZOLARNING TARTIBI.  SAHV SAJDASINING HUKMI.  NAMOZ SHUBHA BILAN QACHON BUZILADI?

*** Namoz va ro‘zaning kafforati ***

Kafforat uchun qachon vasiyat qilish shart emas?

Imo-ishora bilan ham namoz o‘qishdan ojiz bo‘lgan bemor qoldirgan namozi besh vaqtdan ham kam bo‘lsa-da, o‘qiy olmagan namozlarining kafforatini berishni vasiyat qilishi lozim emas. Muqim bo‘lmasdan hamda bemor tuzalmasdan vafot etsa, safar va bemorlik davomida tuta olmagan ro‘zaning kafforati­ni berishii ham vasiyat qilishlari lozim emas.

 

*** Kishi qachon kafforat uchun vasiyat qiladi? ***

Kishi namoz o‘qishga va ro‘za tutishga kuchi yettan holda o‘qiy olmagan namozining, tuta olmagan ro‘zasining kaf­foratini berishni vasiyat qilishi mumkin.

 

*** Qancha kafforat beriladi ***

Vafot qilganning valiyi (o‘zidan keyin mol-mulkidan sarflashga mas’ul kishi) u qoldirgan molning uchdan biridan vitr namozini, ham qo‘shib, kuniga olti vaqt namozning har biri uchun va har kunning ro‘zasi uchun yarim so’ (1456 yoki 1664 gr.) bug‘doy yoki uning qiymatini beradi. Marhum vasiyat qilmagan taqdirda valiyi o‘z molidan uning kafforatini berishi joizdir. Fakat marhum tuta olmagan ro‘za va o‘qiy olmagan namoz o‘rniga ro‘za tutishi, namoz o‘qishi durust emas.

 

*** Fidya (tovon) kimga tulanadi? ***

Qasam kafforatining aksi o‘laroq, bir necha namozning (va bir necha kunlik ro‘zaning) kafforat badalini yagona faqirga bir martada berish mumkin. Xoh tirik, xoh marhum kishi qasamining kafforat badali yolg‘iz bir faqirga emas, o‘nta faqirga berilishi kerak. Har kuni bittadan fidyani bir faqirga berish ham mumkin. Alloh subhanahu va taolo hammadan ko‘ra yaxshiroq bilguvchidir.

 

*** O‘z vaqtida o‘qilmagan namozlarning qazosi ***

Bunda tartibga, ya’ni qazo namozlari bilan vaqt na­mozlari orasida hamda qazo namozlarining o‘z orasida ham ketma-ketlik tartibiga rioya qilish vojibdir.

Izoh: Ma’lum bir navbatga rioya qilish xususida Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: «Kim bir vaqt namozni uxlab qolib yoki unutib qazo qoldirsa-yu, so‘ngra imomga iqtido qilib (keyingi farz namozini) o‘qiyotganida (qazo qilgan namozi) esiga tushib qolsa, imom bilan o‘qiyotgan namozini bitirsin, so‘ng esiga tushgan namozini o‘qisin. Buning orqasidan esa (imom bilan o‘qigan namozini) takror o‘qisin, Avval qazo, so‘ngra vaqt namozi o‘qiladi. Qazo namozlarda ham ilk qazo bo‘lgan namozdan boshlab o‘qiladi.

 

*** Tartibni bekor qiladigan sabablar ***

  1. Vaqtning juda oz qolgan bo‘lishi. Bunday holatda kishi faqatgina o‘sha vaqt namozini o‘qiydi.
  2. Zimmasida qazo namozi borligini unutmoq.
  3. Vitr namozidan tashqari qazo qolgan namozlarning soni olti vaqtga yetgan bo‘lsa.

Izoh: Qazo qolgan namozlarning soni oltitaga yetgan bo‘lsa, kishining tartibga rioya qilishi og‘ir bir mas’uliyatdir. Chunki bir vaqtning o‘zida ham olti vaqt qazo namozi ham o‘sha vaqt namozini o‘qishga to‘g‘ri keladi. Holbuki, Islomda qiyinchilik emas, balki qulaylik, yengillik asosdir.

Vitr namozi qazo qolgan namozlarda tartibni bekor qiluvchi hisoblanmaydi. Faqat qazo namozlari o‘qilayotganida uning ham tartibiga rioya qilinadi.

 

*** Turli masalalar ***

  1. Ko‘p qazo qolgan namozlarni ado qilgach, olti vaqt namozidan kami qolsa ham, ular o‘rtasidaga tartibga rioya qilish lozim bo‘lmaydi.
  2. Tartibga rioya qilishi lozim bo‘lgan kishi, qazo qilgan namozi vitr bo‘lsa-da, esida bo‘la turib, keyingi vaqt farz namozini o‘qisa, bu o‘qigan farz namozi shartli fosid bo‘ladi. Bundan so‘ng u qoldirgan namozini o‘qimay yana to‘rt vaqt namozini o‘qisa, qazo qilgan namozidan so‘nggi besh vaqt namozining hammasi sahihga aylanadi. Chunki ki­shining qazo namozi esida turib, o‘qigan namozlari o‘qiyotgan paytda buziladi. Uni qayta o‘qish lozim bo‘ladi. Ammo beshinchi vaqt namozini o‘qish bilan qazo namoz birgalikda olti vaqt namozi bo‘lgach, bu kshpidan tartibga rioya qilish majburiyati soqit bo‘ladi. Binobarin, o‘qimagan na­mozining faqat o‘zinigina o‘qib, qazosini bajaradi.

Faqat beshinchi namoz vaqti chiqmasdan yo bundan oldin qazoga qolgan namozini o‘qisa, qazo qilgan namozi vaqti va uni o‘qigan vaqt oralig‘ida o‘qigan namozlarning barchasi nafl namozga aylanadi. So‘ng u o‘qigan namozlarining qazosini o‘qishi lozim. Qazoga qolgan namozlar juda ko‘p bo‘lsa, qazosi o‘qiladigan har bir namozni (falon kunning falon namozi deya) niyat qilib o‘qish kerak. Buni shunday osonlashtirish mumkin: masalan, «Vaqtida o‘qiy olmagan birinchi (yo oxirgi) peshinning qazosini o‘qishni niyat qildim» (shu yo‘l bilan qaysi qazo namozini o‘qishiga aniqlik kiritgan bo‘ladi). Avval qazo qilingan ikki yilgi Ramazon ro‘zasini tutmoqchi bo‘lganlarga ham shu hukm joizdir (ya’ni, kaysi yilning ro‘zasini tutmoqchi bo‘lsa, shuni niyat qiladi). Dorul-harbda (yani musulmon bo‘lmagan bir mamlakatda) musulmon bo‘lib, shar’iy hukmlarni bilmagan kishi uzrli hisoblanadi.

 

*** Farz namoziga yetishish bo‘limi ***

Namoz o‘qiyotgan kishi namozini qachon buzadi, qachon buzmaydi?

  1. Kishi farz namozini yolg‘iz o‘zi o‘qiyotganida aynan shu farz namozini jamoat o‘qib boshlasa-yu, u kishi hali sajda qilmagan bo‘lsa yoki namoz to‘rt rakatli bo‘lmaganida sajda qilgan bo‘lsa ham, namozini buzib, imomga iqtido qiladi.
  2. To‘rt rakatli namoz o‘qiyotgan bo‘lib, birinchi rakatiga sajda qilgan bo‘lsa, yana bir rakat qo‘shib, tashahuddan so‘ng salom beradi va farz niyati bilan imomga iqtido qiladi.
  3. Agar uch rakat o‘qigan bo‘lsa, namozini tamomlaydi. So‘ngra xohlasa, nafl niyatida imomga iqtido qiladi. Faqat bu holda asr namozini ado qilgach, (nafl o‘qishdan qaytarilgani uchun) imomga iqtido qilmaydi.
  4. Namoz o‘qiyotgan kishi (to‘rt rakatli farzning) uchinchi rakatiga turgach, sajda qilmasdan avval, jamoat farz na­moziga tursa, qiyomda salom berib, namozini buzadi va imomga iqtido qiladi.
  5. Imom farz o‘qiyotganida masjidga kelgan kishi sunnat o‘qish o‘rniga darhol imomga iqtido qiladi. Bomdod namozining sunnati bundan mustasno. Bomdod namozida agar imomga yeta olishga ko‘zi yetsa, avval sunnatni o‘qiydi, aks hodda sunnatni qo‘yib, imomga iqtido qiladi. Zero, jamo­at savobi bomdod sunnatining savobidan ulug‘roqdir.

 

*** Sunnatning qazosi ***

Bomdod namozishshg sunnati, faqatgina farz bilan birga qazo qolsa, o‘sha kuni peshin vaqti kirishiga bir oz fursat qolgungacha o‘qiladi. Peshin namozinning ilk sunnati (farzdan avval o‘qilmagan taqdirda) vaqti ichida farzdan so‘ng ikki rakat sunnatdan avval o‘qiladi.

 

*** Jamoat va uning fazilati ***

Jamoat bilan o‘qilgan farz namozning bir rakatiga yetishgan kishi jamoat fazilatiga erishgan bo‘lsa-da, na­mozni jamoat bilan o‘qigan hisoblanmaydi. Uch rakatiga yetishgan kishi haqida ixtilof mavjud.

 

*** Turli masalalar ***

  1. Farz namozining vaqti chiqmasligiga ishongan kishi xohlaganicha sunnat (yoki nafl) o‘qishi mumkin. Aks holda sunnat o‘qimaydi.
  2. Imom rukuda bo‘lganida qiyom holda takbiri tahrima aytib imomning rukusiga qo‘shilgan kishi, o‘sha rakatga ulgurgan hisoblanadi. Ammo u takbiri tahrima aytib bo‘lguncha imom rukudan boshini ko‘tarsa, o‘sha rakatga yetishgan hisoblanmaydi.
  3. Imom yetarli miqdorda qiroat qilganidan so‘ng, jamoatdan bir kishi imomdan avval rukuga borganida, imom unga rukuda yetishsa, u kishining rukusi sahih, ayni paytda makruh bo‘ladi (rukuning bir qismini imom bilan bir­ga qilgani uchun ruku sahih bo‘lsa, imomdan avval rukuga borgani uchun makruhdir).

Agar imom o‘zicha (o‘sha kishiga) yetisha olmasa yoki yetarli miqdorda qiroat qilmasdan ruku qilgan bo‘lsa, u kishi­ning rukusi durust emas (namozi fosid bo‘ladi).

  1. Azon aytilgach, namoz o‘qimay masjiddan chiqish makruhdir. Agar (boshqa bir masjidning imomi yoki muazzini
    kabi) boshqa bir jamoatni to‘playdigan kishi bo‘lsa, joizdir. O‘sha vaqt namozini yolg‘iz o‘qib kelgan kishiga makruh emas. Faqat peshin va xufton namozlarida yolg‘iz o‘zi o‘qigan bo‘lsa ham, masjiddan chiqmay turib, jamoat na­mozni boshlasa, nafl niyatida imomga iqtido qilishi lozim, masjiddan chiqishi makruh bo‘ladi.
  2. Bir farz namoz takroran o‘qilmaydi.

Izoh: Farz namozni bir marta o‘kigach, qayta farz niyatida o‘qimaslik haqidagi hukmga turlicha ma’nolar berilgan. Ba’zilar buni jamoat bilan o‘qilgan bir namoz takror azon va takbir aytib, aynan avvalgisidek, jamoat bilan o‘qilmaydi, deb sharhlaganlar. Ba’zilar esa hech qanday sababsiz, namozim buzildimikin, degan shubha bilan kishi o‘kigan farz namozini takroran o‘qiy olmaydi, deb bayon qilganlar.

 

*** Sahv sajdasining hukmi ***

Namozda adashib vojibni tark qilgan kishiga ikki sajda, bir tashahhud va salom vojib bo‘ladi. Sahv sajdasini lozim qilgan sabab takrorlanishi bilan yana takror sahv sajdasi qilinmaydi.

 

*** Vojibni bilaturib, tark qilish ***

Bilgan holda vojibni tark qilgan kishi gunohkor bo‘ladi va bu nuqsonni tuzatish uchun sahv sajdasi kifoya qilmaganidan, namozini takror o‘qishi zarur.

Bilgan holda vojibni tark qilgan kishi sahv sajdasi qilmaydi. Faqat quyidagi uch holat bundan mustasnodir. Ya’ni, bularni bilaturib, tark qilgan kishi ham sahv sajdasi qiladi:

  1. Ilk qa’dani tark qilish;
  2. Bir rakatning ikki sajdasidan birini namoz oxirigacha kechiktirish;
  3. Bir ruknni bajarish miqdoricha qasddan hayol surish.

 

*** Sahf sajdasining o‘rni ***

Sahf sajdasini salom berganidan so‘ng ado etish sunnatdir. Imom o‘ng tomonga bergan salomi bilan kifoyalanib, sahf sajdasi qiladi. Salom bermasdan avval sahv sajdasi qilish tamoman makruhdir.

 

*** Sahv sajdasi qachon soqit bo‘ladi? ***

  1. Bomdod namozida salomdan so‘ng quyosh chiqishi tufayli.
  2. Asr namozida quyoshning rangi o‘zgarib, qizarsa.
  3. Salomdan so‘ngra (bir joydan qon chiqishi kabi) namozga zid uzrli sabab namozni davom ettirishga to‘siq bo‘lsa.

 

*** Kimlar sahv sajdasi qilishi lozim? ***

  1. Imomga iqtido qilgan kishi xatosi tufayli sahv sajdasi qilmaydi. Fakat imomning xatosi tufayli (imom bilan birga) sahv sajdasi qiladi.
  2. Masbuq imom bilan birga sahv sajdasi qiladi, so‘ngra namozning qolgan qismini davom ettirish uchun o‘rnidan turadi.
  3. Masbuq (namozning qolgan qismini o‘qiyotganida) xato qilsa, buning uchun ham sahv sajdasi qiladi. Ammo lohiq (namozni imom bilan birga boshlagan kishi, namoz asnosida mudrash va boshqa uzrli sabablar tufayli o‘tkazib yuborgan qismlarni o‘qiyotganida xatoga yo‘l qo‘ysa, sahv sajdasi qilmaydi.

Imom juma va hayit namozlarida jamoat ko‘p bo‘lgani bois ularga qiyinchilik bo‘lishidan qochish va fitna chiqarmaslik uchun sahv sajdasi qilmaydi.

 

*** Namozdaga ba’zi xatolar ***

  1. Imom yoki yolg‘iz o‘zi o‘qiyotgan kishi farz namozlarning ilk qa’dasini unutgan holda tark etib, uchinchi rakatga turayotganida, to‘liq qad rostlamasdan avval, eslasa tashahhudga qaytib o‘tiradi.
  2. Imomga iqtido qilgan kishi esa, nafl namoz o‘qiyotgan kishi kabi, to‘liq qad rostlagan bo‘lsa ham, tashahhudga qaytadi.
  3. Imom yoki yolg‘iz o‘zi namoz o‘qiyotgan kishi ilk qa’da­ni tark etib, qiyomga yaqin bo‘laturib, tashahhudga qaytsa, sahv sajdasi qilishi lozim.
  4. Qa’daga yaqinroq turgan holatda orqaga qaytsa, sahv sajdasi qilmaydi.
  5. Imom yoki yolg‘iz namoz o‘qiyotgan kishi oxirgi qa’da­ni unutib, ortiqcha rakatga turib ketsa-yu, sajda qilmagan bo‘lsa, qaytib o‘tiradi va farz bo‘lgan qa’dani kechiktirgani uchun sahv sajdasi qiladi.
  6. Agar sajda qilgan bo‘lsa, namozi butunlay naflga aylanadi. Bunday hollarda, xohlasa, asr namozida bo‘lsa ham, ushbu qo‘shimcha beshinchi rakatga yana bir rakat qo‘shadi. Bomdod namozida esa uchinchi rakatga qo‘shimcha yana bir rakat qo‘shadi.

Ammo sajdai sahv qilmaydi. Ushbu farz namozi qayta o‘qiladi.

  1. Oxirga qa’dani ado etgach (salom bermasdan), o‘rnidan turib ketsa va (ko‘shimcha rakatda sajda qilmagan bo‘lsa), o‘tiradi va takror tashahhud o‘qimasdan salom beradi va sahv sajdasi qiladi.
  2. Qo‘shimcha rakatga sajda qilgach, salom bermasdan turib ketganligini eslasa, qaytib o‘tirmaydi va yana qo‘shimcha bir rakat qo‘shadi bu ikki rakat nafl namoz bo‘ladi, so‘ng vojib bo‘lgan salomni tark qilgani uchun sahv sajdasi qiladi.
  3. To‘rt rakatli sunnat (nafl) namozini o‘qishni niyat qilib, dastlabki ikki rakatida sahv sajdasi qiladigan bo‘lsa, so‘nggi ikki rakatni unga qo‘shmay tugatish mustahabdir. Shunga qaramasdan keyingi ikki rakatni turib o‘qigan taqdirda, sahv sajdasini takror qilishi kerak.
  4. Sahv sajdasi qiladigan imomga salom berayotganida iqtido qilgan kishining namozi, agar imom sahv sajdasi qilsa, sahih bo‘ladi. Aks holda, sahih emas.
  5. Zimmasida sahv sajdasi bor bo‘lgan kishi, namozdan chiqish maqsadida salom bergan bo‘lsa ham, yuzini qibladan o‘girmagan yoki gapirmagan bo‘lsa, sahv sajdasini ado etishi kerak.
  6. Agar namoz o‘qiyotgan kishi uch yo to‘rt rakat o‘qiganiga shubhalanib, salomdan so‘ng, boshqa ishga mashg‘ul bo‘lmay, ikki rakat o‘qiganini anglasa, darhol qolgan qismini ham o‘qib, sahv sajdasi qiladi.
  7. Shuningdek, kishi namozini to‘liq o‘qigani yo to‘la o‘qimagani xususida ruku yoki sajda qila olarlik miqdoricha o‘ylanib qolsa-yu, bir qarorga kelgunicha salom ber­masdan, kutib tursa, sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Aks holda sahv sajdasi shart emas.

 

*** Namoz shubha bilan qachon buziladi? ***

Kishi bir namozni tamomlamasdan avval necha rakat o‘qigani haqida shubha qilsa, hamda bu shubha ilk marotaba yuz berayotgan bo‘lsa yoki odatiy hol bo‘lmasa, bu namoz buziladi. U namozni takror o‘qishi lozim. Salom bergach, yuzaga chiqqan shubhaga e’tibor berilmaydi. Bu holda biror ruknni tark qilganini aniq bilsa, namozini takroran o‘qiydi.

 

*** Shubhaning ko‘p bo‘lishi ***

Bunday holat kishida juda ko‘p sodir bo‘lsa, qalbi ko‘proq moyil bo‘lgan tomonga qarab harakat qiladi.

Izoh: Agar kishi namozni to‘liq o‘qiganiga qanoat hosil kilsa-yu, salom berganidan so‘ng ishonchli bir kishi bir rakat kam o‘qiganini aytsa, u holda kishi o‘z shaxsiy qanoatini asos qilib oladi va boshqaning ogohlantirishiga e’tibor qilmaydi. Ammo bu kamchilik ikki ishonchli kishi tomonidan xa­bar berilsa, kishi o‘zining to‘g‘ri o‘qiganiga qanoat hosil qilsa ham, ikki kishining so‘zi bo‘yicha amal qiladi. Imom bilan jamoat necha rakat o‘qiganlari haqida ixtilof qilib qolsa-yu, imom o‘z shaxsiy qanoatiga ishonch hosil qilsa, unga ko‘ra, aks holda jamoat nuqtai-nazariga ko‘ra, agar jamoatning bir qismi imomning qanoatini quvvatlasa, unda ham o‘z qanoatiga ko‘ra amal qiladi.

Agar qalbi bir tomonga moyillik qilmasa, (ikki ra­kat o‘qidimi, to‘rt rakat o‘qidimi, qat’iy qaror bera olmasa) bu ikki ehtimoldan oz bo‘lganini tanlaydi. Faqat (vojib bo‘lgan) qa’dani tark qilmaslik uchun oxirgi ra­kat deb o‘ylagan har rakatdan so‘ng o‘tiradi va sahv sajdasi qiladi.

Izoh: Kishi tahorati bor-yo‘qligi haqida shubhalansa-yu, o‘ylab ko‘rgach, tahorati borligiga ishonch hosil qilsa, u kishi fiqh nuktai nazariga ko‘ra tahoratli hisoblandi. Agar kishi tahorat a’zolaridan bir qismini yuvgan-yuvmaganligi xususida shubhalanib qolsa hamda bu hol ilk marotaba yuz berayotgan bo‘lsa, o‘sha joylarini qayta yuvadi. Agar bu oda­tiy holat bo‘lsa, unga e’tibor qilmaydi. Shuningdek, namoz asnosida ham kishining aqliga turli xil shubhalar kelsa, bu xoh namoz to‘g‘risida, xoh tahorat xususida bo‘lsin, agar ilk marotaba yuz berayotgan bo‘lsa, shubhaga tushgan joyini takror bajarishga kirishadi. Agar bu ham odatiy hol bo‘lsa, bu shaytondandir, bunga e’tibor qilmaydi va namozini davom ettiradi.

 

KЕYINGI MAVZULAR:

TILOVAT SAJDASI:

Tilovat sajdasi kimlarga vojib, kimlarga vojib emas?

Tilovat sajdasining vaqti va shakli?

Joyni o‘zgartiradigan sabablar;

Joyni o‘zgartirmaydigan sabablar;

Turli masalalar;

Tilovat sajdasining sahih bo‘lish shartlari;

Ado etish tartibi;

Shukr sajdasi;

Har baloning daf qilinishi haqida;

Juma namozining hukmi;

Durust bo‘lishining shartlari;

Juma namozining xutba va sunnatlari;

Juma namoziga oid turli masalalar;

Hayit namozlari hukmi va shartlari;

Ramazon hayitining mustahablari;

Hayit namozining vaqti;

Hayit namozlarini o‘qish tartibi;

Qurbon hayitining hukmi;

Tashriq takbirining hukmi, muddati va kimlarga vojib bo‘lishi;

Tashriq takbiri;

Quyosh tutilganida o‘qiladigan namoz;

Oy tutilganida o‘qiladigan namoz;

Yomg‘ir so‘rash duosi;

Xavf (qo‘rquv) namozi;

Takrorlash uchun savollar.

Kutubxona
Boshqa maqolalar

Rajab - istig‘for oyi

6.01.2025   5487   2 min.
Rajab - istig‘for oyi

Hazrati Ali roziyallohu anhu aytadilar: “Rajab oyida istig‘for aytishni ko‘paytiring. Chunki bu oyning har bir soatida do‘zaxdan ozodlik bor” (Daylamiy rivoyati. Al-Firdavs (81/1. 247).

 

أَسْتَغْفِرُ اللهَ

O‘qilishi: “Astag‘firulloh”.

أَسْتَغْفِرُ اللهَ وَأَتُوبُ

O‘qilishi: “Astag‘firulloha va atuubu ilayh”.


أَستغفِرُ اللهَ الَّذي لا إلَهَ إلَّا هو الحيُّ القيُّومُ وأَتوبُ إليه

O‘qilishi: “Astag‘firullohallaziy laa ilaha illaa huval hayyul qayyum va atuubu ilayhi”.

 

رَبِّ اغْفِرْ لِي وَتُبْ عَلَيَّ إِنَّكَ أَنْتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ

O‘qilishi: “Robbig‘fir liy va tub ’alayya innaka antat tavvaabur rohiym”.

 

سُبْحَانَكَ وَبِحَمْدِكَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ

O‘qilishi: “Subhaanaka va bihamdika astag‘firuka va atuubu ilayk”.

 

سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ وَبِحَمْدِكَ أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ

O‘qilishi: “Subhaanakallohumma va bihamdika ashhadu allaa ilaha illaa anta astag‘firuka va atuubu ilayk”.
 

اللَّهُمَّ إِنَّكَ عُفُوٌّ كَرِيمٌ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي

O‘qilishi: “Allohumma innaka afuvvun kariymun tuhibbul afva fa’fu ’anniy”.

 

أَللَّهُمَّ مَغْفِرَتُكَ أَوْسَعُ مِنْ ذُنُوبِي وَرَحْمَتُكَ أَرْجَى عِنْدِي مِنْ عَمَلِي

O‘qilishi: “Allohumma mag‘firotuka avsa’u min zunuubiy va rohmatuka arjaa ’indiy min ’amaliy”.

 

أسْتغفرالله ربي من كلّ ذنبٍ وأتوبُ إليه

O‘qilishi: “Astag‘firulloha Robbiy min kulli zanbin va atuubu ilayh”.

 

Davron NURMUHAMMAD