Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyul, 2025   |   27 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:54
Xufton
21:24
Bismillah
22 Iyul, 2025, 27 Muharram, 1447

Koronavirus: Farg‘onada imom-xatiblar narxlarni sun’iy ravishda oshirilishini oldini olish borasida tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar

26.03.2020   2217   2 min.
Koronavirus: Farg‘onada imom-xatiblar narxlarni sun’iy ravishda oshirilishini oldini olish borasida tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar

Alloh taolo Qur’oni karimning “Baqara” surasida bandariga eslatma qilib:

Albata, Biz sizlarni bir oz qo‘rqinch va ochlik bilan, mol-mulkga, jonga mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber. Ular musibat yetganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz», derlar. Ana o‘shalarga Robbilaridan salovatlar va rahmat bor. Ana o‘shalar hidoyat topganlardir” (155-157 oyatlar) degan.

Yaratgan Robbimiz bugun bizga ana shunday sinovlardan birini yuborgan holda bizni sinamoqda. Butun dunyo bo‘ylab tarqalayotgan koronavirus infeksiyasi bizni ham chetlab o‘tmadi. Bunday sinovlar bizni sabrga, hamjihatlikka hamda istig‘foru duolarni orttirib, Allohga yaqin bo‘lishga, bir so‘z bilan aytganda, savobli amallarimizni ko‘paytirishga targ‘ib etadi. Zero, Payg‘ambarimiz alayhissalom hadisi shariflarining birida: “Musulmon musulmonning birodaridir. U unga zulm ham qilmaydi va tashlab ham qo‘ymaydi. Kim o‘z birodarining hojatini chiqarsa, Alloh uning hojatini chiqaradi. Kim bir musulmonni g‘amdan forig‘ qilsa, Alloh undan qiyomat kunining g‘amlaridan bir g‘amni forig‘ qiladi. Kim musulmonning aybini berkitsa, Alloh qiyomat kuni uning aybini berkitadi”, deya marhamat qilganlar.

Dinimizning bu kabi ko‘rsatmalaridan kelib chiqqan holda imom-xatiblarimiz joylarda aholi orasida tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar. Jumladan, ushbu sinovli kunlarda tadbirkorlar tomonidan narx-navolarni oshirib yubormaslik, xalqimiz esa sarosimaga tushmay bu Allohning sinovi-imtihoni ekanini his qilib, hamjihatlik ila sinovlarni yengishga da’vat etmoqdalar.

Qayd etish lozimki, xalqning boshiga kelgan sinovli kunlarda himmati va saxovatpeshaligi bilan o‘rnak bo‘layotgan vatandoshlarimiz ham talaygina. Imom-xatiblarimiz joylarda saxovatli kishilar bilan ham uchrashib, ularning haqiga duo qildilar.

Shuningdek, targ‘ibot ishlari davomida aholiga mutasaddilar tomonidan berilayotgan ko‘rsatmalarga amal qilish, zarurat bo‘lmagan taqdirda ko‘chaga chiqmaslik lozimligi haqida ham keng qamrovli tushuntirish ishlari olib bormoqdalar.

 

 

Rahmatulloh JALILOV,
O‘MI Farg‘ona viloyati vakilligi xodimi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Mo‘min va fojir vafot etsa

21.07.2025   2059   1 min.
Mo‘min va fojir vafot etsa

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilaridan bir janoza olib o‘tildi, shunda u zot alayhissalom: "Tin oluvchi va undan tin olinuvchi"dedilar.

"Yo Allohning Rasuli, tin oluvchi va undan tin olinuvchi nima?" deyishdi.

U zot alayhissalom: "Mo‘min banda (vafot etsa) dunyoning qiyinchiliklaridan istirohat oladi. Fojir banda (o‘lsa) undan bandalar, elu yurtlar, dov-daraxtlar va jonzotlar qutuladilar"dedilar» (Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyati).

 

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Birortangiz vafot etganida unga o‘rni ertayu kech ko‘rsatib turiladi: agar jannat ahlidan bo‘lsa, jannat ahlidan ekani, do‘zax ahlidan bo‘lsa, do‘zax ahlidan ekani. "Alloh seni qiyomat kuni qayta tiriltirgunicha sening o‘rning mana shudir", deyiladi", dedilar» (Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilishgan).