O‘zbekiston musulmonlari idorasining topshiriqlari, respublika maxsus komissiyasining talabalari asosida institut asosiy kirish joyida antiseptik gel, nam salfetkalar qo‘yildi va har bir rahbar-xodim, professor-o‘qituvchi hamda ishchi-xodimlar tibbiy niqob bilan, qo‘llarini zararsizlantirib, tana harorati o‘lchangandan keyin kirishlari ta’minlanmoqda.
Institut xududiga begonalar kiritilishi ta’qiqlandi hamda asosiy kirish eshigi oldida fuqarolarni qabul qilish uchun maxsus joy tashkil qilindi, fuqarolarni qabul qilish bo‘yicha navbatchi xodim belgilandi. Navbatchi stol va stuli muayyan vaqt oralig‘ida maxsus suyuqlik bilan dezinfeksiya qilinishi yo‘lga qo‘yildi.
Institutning barcha o‘quv va ma’muriy xonalari maxsus suyuqlik bilan dezinfeksiya qilindi. Qo‘l tegishi mumkin bo‘lgan barcha eshik ochqich (ruchka)lari tibbiy mato (bint) bilan o‘ralib, doimiy suyuqlik bilan ishlov berilishi hamda matolar vaqtida almashtirib turilishi nazoratga olindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020 yil 24 martdagi 897-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar 2020 yil 25 martdan boshlab institutning 129 nafar pedagog-o‘qituvchi va ishchi-xodimi (umumiy xodimlar sonidan 75 %) mehnat ta’tiliga chiqdi.
Ishda qolgan 25 nafar ishchi-xodim va 17 nafar pedagog-o‘qituvchidan 26 nafarining ish faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etilishi ta’minlandi.
Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilaridan bir janoza olib o‘tildi, shunda u zot alayhissalom: "Tin oluvchi va undan tin olinuvchi", dedilar.
"Yo Allohning Rasuli, tin oluvchi va undan tin olinuvchi nima?" deyishdi.
U zot alayhissalom: "Mo‘min banda (vafot etsa) dunyoning qiyinchiliklaridan istirohat oladi. Fojir banda (o‘lsa) undan bandalar, elu yurtlar, dov-daraxtlar va jonzotlar qutuladilar", dedilar» (Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyati).
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Birortangiz vafot etganida unga o‘rni ertayu kech ko‘rsatib turiladi: agar jannat ahlidan bo‘lsa, jannat ahlidan ekani, do‘zax ahlidan bo‘lsa, do‘zax ahlidan ekani. "Alloh seni qiyomat kuni qayta tiriltirgunicha sening o‘rning mana shudir", deyiladi", dedilar» (Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilishgan).