Mamlakatimiz hududida koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Jumladan, 23 martdan e’tiboran jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslarga “ogohlantirish” beriladi.
Islom ulamolari “Musulmon, mohir, taqvodor tabibning xabari ila qilinadigan muolaja farz a’yn darajasigacha ko‘tariladi”, deydilar. Shifokor aytayotgan to‘g‘ri ko‘rsatmaga musulmon odam amal qiladi. Unga qarshi ish qilmaydi.
Shundan kelib chiqib, imom-xatiblar tomonidan homiylarni jalb etgan holda joylarda maxsus tibbiyot niqoblari tarqatilmoqda.
Shuningdek, ushbu sinovli kunlarda narx-navolarni qimmatlashtirishdan dinimiz qaytarganligi haqida tadbirkorlarga keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati