Sayt test holatida ishlamoqda!
12 May, 2025   |   14 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:08
Peshin
12:24
Asr
17:23
Shom
19:35
Xufton
21:03
Bismillah
12 May, 2025, 14 Zulqa`da, 1446

Koronavirus kasalligi yoxud vaboning yangi ko‘rinishi

19.03.2020   3967   5 min.
Koronavirus kasalligi yoxud vaboning yangi ko‘rinishi

O‘z zamonasining ulug‘ olimlaridan bo‘lgan tib ilmiga ulkan hissa qo‘shgan  Abu Ali Xusayin ibn Abdulloh ibn Sino xazratlari aytgan edi:  “Vahimaning o‘zi yarim kasallaikdir, Xotirjamlik yarim sog‘likdir, sabr esa shifoning boshlanishidir” degan edilar.

Mashhur rivoyatlardan biridan :

Bir kishi safarga ketayotib, yo‘lda Vaboni uchratib qolibdi.

— Qayerga ketayapsan? — so‘rabdi vabo.

— Ziyoratga. Sen-chi?

— Sening yurtingga, besh ming kishini olib ketishga, — debdi vabo.

Har kim o‘z yo‘lida ketibdi. Yil o‘tib, ular yana o‘sha joyda ko‘rishib qolishibdi.

— Sen aldading, — debdi ziyoratchi vaboga — Besh ming kishini olib ketaman deb, yurtimdan ellik besh ming odamni olib ketibsan!

— Yo‘q, — e’tiroz qildi vabo, — Men rostdan ham besh ming kishini olib ketdim. Qolgani vahima kasalidan o‘ldi…Qissadan hissa: Odamni kasallikdan ko‘ra, vahimasi o‘ldiradi.

            Xo‘sh bunday paytdan musulmon kishi qanday ish tutishi lozim shariat bu haqda nima deydi, inson vahimaga tushmaslik uchun nima qilishlishi lozim va bu “Vabo” kasalligi o‘zi nima?

 Vabo va shu kabi tez tarqaladigan kasalliklar chiqqan joyga kirilmaydi va qattiq zarurat bo‘lmasa, u yerdan chiqib ketilmaydi. Tibbiy soha vakillari ko‘rsatmalariga to‘la amal qilinadi. Mana shu shartlarga amal qilib, vabo, o‘lat va shu kabi kasalliklardan vafot etgan mo‘min-musulmonlar shahidlik martabasini topadilar.

     Koronavirus (COVID-19) kasalligi  shiddat bilan tarqalib uning geografik hududi kengayayotgan va odamlar orasida uni  yuqumli kasallik ekanligi vahimasi kuchayayotgan paytda dunyo islom ulamolari bu  kasallikning shar’iy muolajalarini eslatmoqdalar. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:“Qayerda bo‘lsangiz ham o‘lim sizlarni topadi, hatto mustahkam qal’alar ichida bo‘lsangiz ham” (Niso surasi 78-oyat).boshqa bir oyati karimada esa: “…o‘z qo‘llaringiz (baxilligingiz) bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamangiz!”, — deyilgan (Baqara surasi 195-oyat).Payg‘ambarimiz alayhissalomning vabo haqidagi so‘zlari yuqoridagi oyatlarining tasdig‘idir. U zot alayhissalom shunday deganlar: “Albatta, bu vabo – Alloh u bilan sizdan avvalgi qavmlarni halok qilgan azobdir. Yer yuzida undan bir ozi qolgan. Gohida keladi, gohida ketadi. Agar bir yerda vabo paydo bo‘lsa, u yerdan chiqib ketmanglar. Agar bir yerda vabo borligini eshitsangiz, u yerga bormanglar” (Imom Ahmad rivoyatlari). Madinaga hijrat qilingandan keyin bir muddat o‘tgach, Abu Bakr va Bilol raziyallohu anhumoni isitma (bezgak, vabo) tutdi. Bu haqda Payg‘ambarimizga xabar berilganda, U Zot alayhissalom vaboning ko‘tarilishi va Juhfa degan joyga ketishini so‘rab duo qildilar. Alloh taolo U Zotning duolarini qabul qildi (Imom Bayhaqiy rivoyatlari).

   Vabo va o‘lat (epidemiyalar) sababidan vafot etgan musulmonlar haqida Payg‘ambarimiz alayhissalom shunday deganlar:ya’ni: “Vabo – har bir musulmon uchun shahidlikdir(Imom Buxoriy rivoyatlari).Insonning iymon e’tiqodi qancha kuchli bo‘lsa,  Qur’oni Karimning shifosi ham shuncha ziyoda bo‘ladi. Bu borada Alloh taolo Fussilat surasinig 44-oyatida shunday marhamat qilgan.“U (Qur’on) iymon keltirganlar uchun hidyat va shifo” deb ayt”. Qur’oni Karimning barchasi shifo bo‘lib, xususan Oyatal Kursiy, Fotiha, Ixlos, Falaq va Nas suralari bilan davolanishni ulamolarimiz tavsiya qilishgan. Xususan  Ixlos, Falaq va Nas suralarini ertalab va kechqurun uch martadan o‘qib yursa barcha kasallik va balolarni daf qilishga yetarli bo‘ladi Shuningdek, Payg‘ambarimiz alayhissalom:  “Kim Baqara surasining oxirgi  ikki oyatini tunda o‘qisa, unga yetarli bo‘ladi”, – dedilar  (Imom Buxoriy rivoyatlari). Ya’ni, bu oyatlarning barakasidan Alloh bandasini turli balo-ofatlardan asraydi. Hadisi shariflarda inson biror musibat yoki kasallikka yo‘liqqanda o‘qiydigan maxsus duolar ham kelgan. Payg‘ambarimiz alayhissalom:  “Kimki: “Uning ismi tufayli yeru osmonda biror narsa zarar bera olmaydigan Allohning nomi bilan panoh so‘rayman. U o‘ta eshituvchi va biluvchi zotdir”, – deb uch marta aytsa, unga biror narsa zarar bermaydi”, – dedilar.  (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyatlari).Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni xulosa qilamizki  bunday vaziyatda har doim bo‘lganidek musulmon kishi sababni ushlash va tadbir o‘rtasida bo‘ladi. Sababni ushlash. ya’ni zohirda ehtiyot chorasini ko‘radi. Niqob taqib yuradi, shifokor ko‘rigidan o‘tadi, agar virus alomatlari ko‘rinsa, yashirmaydi va karantinga rozi bo‘ladi. Soha mutaxassislari tavsiyasi va bu to‘g‘ridagi hukumat qarorlarini hurmat qiladi. Tadbir, ya’ni, botinida ishlarning tadbirini qilmaydi, endi nima bo‘lar ekan deb ich-etini yemaydi. Taqdirda Alloh nima yozgan bo‘lsa unga rozi bo‘ladi. Har bir ish Allohning ilmida ekaniga iymon keltirib, Unga tavakkul qiladi. Xotiri jam bo‘ladi, sarosima va vaximaga tushmaydi, hamda vaxima qo‘zg‘amaydi. Allohga iymoni uni har qanday qiyin vaziyatda o‘zini munosib tutishga undaydi.  Demak musulmon kishi boshqa joylarda bo‘layotganidek vaxima ko‘tarmaydi va sarosimaga tushmaydi. Shu bilan birga ehtiyot choralarini ko‘radi va sabablarni ushlaydi.

 Alloh yurtimizni xar turlik balo – yu ofatlardan omonda saqlasin!

 

X.Kenjayev

Urganch shaxar bosh imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi

08.05.2025   9343   1 min.
Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi

 

Imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘chma seminar bugun respublikamizning Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida tashkil etildi. Qorao‘zak tumanidagi markaziy "Idris eshon" jome masjidida Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramaddin Razov boshchiligida soha xodimlari, mahalla raislari va ziyoratchilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, sayyor tadbirda amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami tushuntirildi.

Ishchi guruh a’zolari Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarining 5 ta masjidi va 19 ta mahallasiga biriktirildi. Ular o‘zlariga biriktirilgan mahalla hududidan 101 ta muammoli xonadonga kirib, o‘sha yerda yashayotganlarning holidan xabar oldi, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi va suhbatlashdi. Ularning muammolari o‘rganilib, fikr-mulohazalari tinglandi. Imom-xatiblar 10 ta toifaga mansub 101 ta oilaga ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot va amaliy yordam tadbirlarini olib bordi. 

Shuningdek, masjidlar atrofida obodonlashtirish va tozalash ishlarini olib borish, ish yuritish, jamoani boshqarish jihatlari ham o‘rganildi. 

Ishchi guruh a’zolari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan qavmga, "Tinchlik baxti. Shukronalik. Ilm olish fazilati. Yot g‘oyalar ta’siridan saqlanish. Missionerlik harakatlarining salbiy oqibatlari" kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar qildi.

Tadbir yakunida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlari imom-xatiblarining ma’naviy-ma’rifiy, masjid boshqaruvidagi ishlariga ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Tashrif davomida qoziyot qozisi boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Qorao‘zak tumanidagi "Idris eshon" masjidining yangidan qurilayotgan binosining qurilish ishlari bilan tanishdi.

B.ABBAZOV,
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti xodimi

Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari