Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Iyun, 2025   |   23 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:02
Xufton
21:41
Bismillah
19 Iyun, 2025, 23 Zulhijja, 1446

Al-Azhar majmuasi rahbari Samarqand viloyati hokimiga minnatdorlik maktubi yo‘lladi

19.03.2020   2767   1 min.
Al-Azhar majmuasi rahbari Samarqand viloyati hokimiga minnatdorlik maktubi yo‘lladi
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, dunyoga mashhur Al-Azhar majmuasi rahbari, Misr Bosh imomi Shayx Ahmad Tayyib hazratlari o‘z maktubida joriy yilning 3-5 mart kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjumanga tashrifi chog‘ida ko‘rsatilgan hurmat, ehtirom uchun Samarqand viloyati hokimi E.Turdimovga minnatdorlik bildirgan.
 
Eslatib o‘tamiz, mazkur tashrif chog‘ida Shayx Ahmad Tayyibga “Samarqand shahrining faxriy fuqarosi” unvoni berilgan edi.
 
 
G‘.HASANOV, O‘zA
 
Maqolalar
Boshqa maqolalar

Masjidul haromda uxlasa, tahorati sinmaydimi?

16.06.2025   5554   1 min.
Masjidul haromda uxlasa, tahorati sinmaydimi?

Savol: Masjidul haromda namozlarni jamoat bilan o‘qib, keyingi namoz vaqtini kutib o‘tirganimizda, ayrim hojilarimiz yotgan holda uxlab qolib, keyingi namozga azon aytilganda, tahorat qilmay namoz o‘qishayotganiga guvoh bo‘ldim.

Buning xukmi dinimizda qanday? Chunki uxlash tahoratni buzadi deb o‘qiganmiz va shunga amal qilamiz. Yoki masjidul haromda ayrim hukmlar o‘zgaradimi?


Javob: Bismillahir rohmanir rohiym. Hanafiy mazhabiga ko‘ra, biror narsaga suyanib, yoki yonboshlagan holda uxlash tahoratni sindiradi. Bu hukm masjidul haromga ham tegishli. Siz aytgan hojilar yerga yonboshlagan holda uxlagan bo‘lsalar, tahoratlari sinadi. Lekin ko‘zini yumib, uxlamasdan, zikr qilib yotadiganlar ham bo‘ladi. Agar shunday qilgan bo‘lsalar, tabiiyki tahoratlari sinmaydi.

Masjidul haromda dunyoning turli nuqtasidan kelgan ziyoratchilar ibodat qiladi. Ularning ichida ilmli insonlar bilan bir qatorda ibodatga endi kirgan, shar’iy hukmlarni yaxshi o‘zlashtirmaganlar ham bo‘ladi. Ularning qilayotgan ishini ko‘rib, anavilar qilyapti-ku, demak, noto‘g‘ri emas ekanda, deb qilib ketavermaslik kerak.

Qolaversa, u yerda turli mazhab odamlari ibodat qiladi. Ayrim mazhablarda uxlash, badandan qon chiqish kabi ishlar tahoratni sindirmaydi. Ammo bizning mazhabimizda har ikkisi ham tahoratni buzadi va bunga ulamolarimiz bir qancha hadislarni dalil o‘laroq keltirganlar.

Shu bois, ulug‘ makonlarga ibodatga otlanayotgan odamlar: xoh erkak, xoh ayol kishi bo‘lsin, shar’iy hukmlarni bilib olishi yoki biladigan odam hamrohligida borishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Aks holda ibodat qilaman deb, gunohga botishi hech gap emas. Vallohu a’lam.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.