Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.
Qo‘shiq eshitib yig‘lash qalbni jarohatlaydi.
Qur’oni Karimni tinglab yig‘lash qalbni poklaydi.
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Boylarga qimmatbaho hadyalar berib, faqirlarga kiymayotgan libos, ortib qolgan taomlarimizni beramiz.
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Odamlar ovozingni eshitsalar, Alloh taolo ovozing bilan birga qalbingda kechayotgan narsalarni ham bilib turadi.
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Onangning bag‘riga bosh qo‘yishingga fursat bormi, buni qo‘ldan boy berma. Shunday kun keladiki, unda onangni izlab topolmay qolasan.
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Ko‘plarimiz Alloh taologa duo qilganimizda “Ey Alloh, albatta, Sen Afuvvsan, kechirishni yaxshi ko‘rasan, meni kechirgin” deymiz-da, ammo o‘zimiz odamlarni, yaqinlarimizni kechirmaymiz.
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Agar Alloh taolo senga saodatni yozgan bo‘lsa, uni sendan hech kim o‘g‘irlab ololmaydi.
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Haybatning sabablaridan biri kam gapirish, chiroyning sabablaridan biri sertabassumlik.
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati