O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Samarqandiy hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Xorazm viloyati bo‘ylab safarlari chog‘ida yordamga muhtoj, kam ta’minlangan fuqarolar holidan xabar oldilar hamda shirin so‘zlar, hadyalar ila ko‘ngillarini ko‘tardilar.
Muftiy hazratlari boshchiligida bir guruh mutasaddilar mana shunday ijtimoiy himoyaga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar va og‘ir hayotiy davrlarni boshidan o‘tkaz o‘smirlar xonadonlariga tashrif buyurib, suhbat qurdilar. Bundaylarga “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan moddiy yordamlar ko‘rsatildi.
Islom dinida insonlarga mehr-muruvvat ko‘rsatishga, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zishga va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga madad berishga doimo targ‘ib etiladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hadislarida: «Alloh taologa farzlardan keyingi eng sevimli amal musulmonning qalbiga xursandlik kirgizishdir», deganlar.
Ha, insho Alloh, bu tadbirlar orqali qanchadan‑qancha vayron bo‘lgan ko‘ngillar obod bo‘ldi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bunday insonlarning siniq ko‘ngillarini ko‘tarib, dillariga mamnunlik ulashish har bir vijdonli inson vazifasidir.
Xorazm viloyati safari davom etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Uydan faqirlikni quvishda Ixlos surasini o‘qish haqida
Sahl ibn Sa’d Su’adiy roziyallohu anhudan rivoyat qiladi, ansorlardan bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib faqirlik va yashash qiyinligidan shikoyat qildi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: “Uyingga kirsang, uyda biron kim bo‘lsa salom ber. Hech kim bo‘lmasa menga salovot ayt va “Qul huvallohu ahad”ni bir marta o‘qi”, dedilar.
U kishi shunday qilgandi, Alloh taolo unga mo‘l rizq ato etdi, rizqini ko‘payib berdi va hatto (orttirib) qo‘shnilariga ehson qila boshladi.
“Tafsiri Abul futuh” va “Mustadrok”dan