O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Urganch shahridagi "Oxun bobo" masjidiga tashrif buyurib, viloyatdagi imom-xatiblar bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuvda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimiz bo‘ylab olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, bugungi dorulomon kunlarga shukronalik hissi bilan yashash kabi jihatlarga to‘xtalib o‘tildi. Ushbu yig‘ilishda tizimda olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar tinglandi, yechimi bo‘yicha aniq takliflar berildi.