Bugun, 12 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Samarqandiy hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Xorazm viloyatiga safarlari davomida Urganch shahridagi “Imom Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom bilim yurti faoliyati bilan tanishib, ustoz va talabalar bilan muloqot qildilar.
Muftiy hazratlari boshchiliklarida avval ushbu madrasada yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalari va axborot-resurs markazi bilan yaqindan tanishdilar va o‘zlarining muhim tavsiyalarini berdilar.
Shuningdek, muftiy hazratlari ushbu bilim yurtining yangi binosi loyihalarini ko‘zdan kechirdilar. Yangi imoratda o‘quv xonalari, yotoqxona, kompyuter xonalari, oshxona, radiouzel, tibbiyot markazi, kir yuvish xonalari va namozxona o‘rin olganiga alohida e’tibor qaratildi.
Shundan keyin bilim yurtining ahborot-resurslari markazida bo‘linib ushbu markazdagi mavjud adabiyotlar bazasi bilan tanishdilar. Mazkur markazda 13000 dan ortiq diniy ma’rifiy adabiyotlarni o‘zida mujassamlashtirganiga katta urg‘u berildi. Muftiy hazratlari bilim yurti axborot-resurs markazi bilan tanishar ekanlar, ayniqsa, aqida bo‘yicha kitoblarni ko‘paytirish, Imom Moturudiy va Imom Nasafiylar kitoblaridan keng foydalanish to‘g‘risida o‘z tavsiyalarini berdilar.
Tashrif doirasida barcha mudarris va talabalar bilan muftiy hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov suhbat o‘tkazib, bilim yurti ustozlari va ta’lim olayotgan talabalarga muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan diyorimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari haqida atroflicha so‘zlab berdilar. Tashrif chog‘ida bilim yurtida ta’lim sifati, o‘quv darsliklari turlari, o‘qituvchilar va talabalarga yanada qulayliklar tashkil etish bo‘yicha Muftiy hazratlari muhim tavsiyalar berdilar. Kelajakda ushbu dargohdan ilmiga rioya qiladigan, ona-Vataniga sodiq, xalqiga vafodor, diniga xizmat qiladigan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturudiy singari ajdodlarimizga munosib tolibi ilmlar yetishib chiqishlarini tilab, Alloh taologa duo qildilar.
Safar davom etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Savol: Qur’on o‘qiyotganda farzandlar shovqin qilib qolsa, ularga jim bo‘linglar deyiladi-da, keyin yana Qur’on tilovatida davom etib ketiladi. Shunda qayta a’uzu yoki bismillah aytiladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu holatda "A’uzu billahi minash-shaytonir-rojiym"ni aytib tilovatni davom ettirish mustahabdir. Chunki Qur’on tilovati asnosida qiroatga aloqasi bo‘lmagan gaplarni gapirsa, qiroatni a’uzuni aytib davom ettiradi. Agar Qur’on qiroatiga aloqador gaplarni gapirgandan keyin qiroatni davom ettirsa, a’uzuni aytmasdan davom etaveradi. Bu ikki holatda ham "bismillah" aytilmaydi (“An-nashr fil qiroatil ashr” kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.