Bugun, 12 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga tashrif buyurdilar.
Safar davomida Urganch shahridagi “Imom Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurish, aholi bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazish, viloyatda istiqomat qilayotgan boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oila xonadonlaridan xabar olish, shuningdek, viloyat imom-xatiblari bilan sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar, diniy-ma’rifiy yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida davra suhbati o‘tkazish rejalashtirilgan.
Safar jarayonlarini saytimizda kuzatib boring.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Uydan faqirlikni quvishda Ixlos surasini o‘qish haqida
Sahl ibn Sa’d Su’adiy roziyallohu anhudan rivoyat qiladi, ansorlardan bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib faqirlik va yashash qiyinligidan shikoyat qildi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: “Uyingga kirsang, uyda biron kim bo‘lsa salom ber. Hech kim bo‘lmasa menga salovot ayt va “Qul huvallohu ahad”ni bir marta o‘qi”, dedilar.
U kishi shunday qilgandi, Alloh taolo unga mo‘l rizq ato etdi, rizqini ko‘payib berdi va hatto (orttirib) qo‘shnilariga ehson qila boshladi.
“Tafsiri Abul futuh” va “Mustadrok”dan