Islomdagi eng afzal ibodat, tahorat qilmay, qiblaga yuzlanmay, pul sarflamay bajarish mumkin bo‘lgan eng yengil toat Allohni zikr qilishdir.
Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan:
الَّذِينَ يَذْكُرُونَ اللّهَ قِيَاماً وَقُعُوداً وَعَلَىَ جُنُوبِهِمْ وَيَتَفَكَّرُونَ فِي خَلْقِ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ رَبَّنَا مَا خَلَقْتَ هَذا بَاطِلاً سُبْحَانَكَ فَقِنَا عَذَابَ النَّارِ
“Allohni tik turgan, o‘tirgan va yonboshlagan hollarida eslaydigan, osmonlaru yerning yaratilishini tafakkur qiladiganlar: “Robbimiz, buni bekorga yaratganing yo‘q, O‘zing poksan, bizni o‘t azobidan saqlagin” (Oli Imron surasi, 191-oyat)
Alloh taoloni ko‘p zikr qiluvchilarga salomatlik bo‘lsin!
*****
Din muomalada ham ko‘rinishi kerak
Din faqat namoz o‘qiyotganda, ro‘za tutayotganda emas, balki oldi-sotdi, shariatga muvofiq kelishuvlar, berilgan va’dalar, ahdlar, odamlar bilan ko‘rishganda, idoralarda navbat kutganda, bemor ko‘rgani borganda, dehqonchilikda va hokazo o‘rinlarda ham ko‘rinishi kerak.
Shunday qilib, insonlar Alloh taoloning yer yuzidagi guvohlaridir. Har bir inson bu dunyoda qilgan amalining hosilini oxiratda yig‘ib-terib oladi.
*****
Baxtiyor bo‘lishingiz, muvaffaqiyatga erishishingiz, yuksalishingiz, najot topishingiz uchun sizga quyidagi to‘rt nasihatni aytaman:
Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan:
وَأَقِمِ الصَّلاَةَ طَرَفَيِ النَّهَارِ وَزُلَفاً مِّنَ اللَّيْلِ إِنَّ الْحَسَنَاتِ يُذْهِبْنَ السَّـيِّئَاتِ ذَلِكَ ذِكْرَى لِلذَّاكِرِينَ
“Kunduzning ikki tarafida va kechaning bir bo‘lagida namozni to‘kis ado qil! Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi. Bu esa, eslovchilarga eslatmadir”. (Ulamolarimiz oyati karimadagi “Kunduzning ikki tarafida” ado qilinadigan namoz bomdod, peshin va asr namozlari, “kechaning bir bo‘lagida” ado etiladigan namoz shom va xufton namozlari, deyishgan. Mo‘min kishi tomonidan qilingan har bir yaxshi ish yomonliklarni ketkazadi. Namoz o‘sha yaxshiliklarning gultojidir. Ushbu oyatda og‘ir va ahamiyatli ishlarni qilishda, Allohning amriga bo‘ysunishda, ko‘rsatgan yo‘li va yo‘llagan dinida mustaqiym turishdek mas’uliyatli ishda namoz va yaxshilik qilish ila oldinga yo‘l ochishga undash bor.) (Hud surasi, 114-oyat)
Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan:
اقْرَأْ بِاسْمِ رَبِّكَ الَّذِي خَلَقَ
“Yaratgan Robbing nomi bilan o‘qi” (Alaq surasi, 1-oyat)
Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan:
فَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ وَاسْتَغْفِرْهُ إِنَّهُ كَانَ تَوَّاباً
“Bas, Robbingni poklab yod et va Unga istig‘for ayt. Albatta, U tavbalarni ko‘plab qabul etuvchidir” (Nasr surasi, 3-oyati)
Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan:
وَقُولُواْ لِلنَّاسِ حُسْناً
“Odamlarga yaxshi gaplar ayting” (Baqara surasi, 83-oyat)
Doktor Oiz Qarniy sahifalaridan Nozimjon Hoshimjon tayyorladi
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati