Kecha Samarqand shahrida boshlangan “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzuidagi xalqaro anjumanning ochilish marosimi, yalpi yig‘ilishi tush vaqtiga qadar bo‘ldi.
Kunning ikkinchi yarmida “Moturidiya ta’limoti va hozirgi zamon” va “Zamonaviy davlat sharoitida diniy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish” yo‘nalishlari bo‘yicha yurtimiz va xorij ulamolari ikki sho‘baga bo‘linib, buyuk ajdodimiz imom Abu Mansur Moturidiy hayoti va faoliyati, moturidiylik ta’limoti to‘g‘risida bir-biridan ajoyib ma’ruzalar qildilar.
Nufuzli anjuman bugun ham yuqori saviyada davom etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida diniy-ma’rifiy sohada samarali faoliyat yuritayotgan, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash va yoshlarni yot g‘oyalardan asrash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh soha xodimlari taqdirlandi.
Tadbirda Qumqo‘rg‘on tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Eshqobilov ishtirok etib, yig‘ilganlarni qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularning el-yurt osoyishtaligi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishdagi xizmatlarini yuqori baholadi.
Marosimda fidoyi soha xodimlariga tuman hokimligining tashakkurnomalari va bayram esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati