Prezident Shavkat Mirziyoyev Shayx Ahmad Tayyibga sovg‘a-salom yo‘lladi
3.03.2020
2107
1 min.
Samarqandda o‘tkazilayotgan “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiyada yuqori martabali mehmon, dunyoga mashhur “Al-Azhar” majmuasi rahbari, Misr Bosh imomi Shayx Ahmad Tayyib ham ishtirok etmoqda.
Anjumanning ochilish marosimida Shayx Ahmad Tayyib janoblariga Samarqand shahrining faxriy fuqarosi unvoni berilgan edi.
Tanaffus chog‘ida “Al-Azhar” majmuasi rahbariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ezgu tilaklari yozilgan nomasi va Burhoniddin Marg‘inoniy “Hidoya” asarining XIII asrga oid nusxasi faksimilesi topshirildi.
Shayx Ahmad Tayyibga ushbu yuksak e’tibor uchun minnatdor ekanligini qayd etib, Prezidentimizga ham o‘zining cheksiz ehtiromini bildirdi. Tuhfa qilingan noyob kitob esa “Al-Azhar” majmuasida qimmatli tarixiy manba sifatida o‘rganilishi va yanada keng tadqiq etilishini ma’lum qildi.
G‘.HASANOV, G‘.XONNAZAROV, A.ISROILOV (surat), O‘zA
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING