Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Fevral, 2025   |   14 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:01
Quyosh
07:21
Peshin
12:42
Asr
16:12
Shom
17:57
Xufton
19:11
Bismillah
13 Fevral, 2025, 14 Sha`bon, 1446

Xalqaro anjumanga mehmonlar tashrifi boshlandi

2.03.2020   2500   1 min.
Xalqaro anjumanga mehmonlar tashrifi boshlandi
 

Xabaringiz bor, buyuk mutafakkir, kalom ilmining asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1150 yilligi munosabati bilan joriy yil 3-5 mart kunlari Samarqandda “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu anjuman O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Misrning al-Ahzar majmuasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Anjumanga ko‘plab xorijiy ilmiy tadqiqot markazlarining olimlari, oliy o‘quv yurtlari ustozlari, ulamolar, mutaxassis va tadqiqotchilar hamda mamlkatmizning yetuk diniy ulamolari, imom-xatiblar tashrifi kutilmoqda.

Bugun, 2 mart kuni O‘zbeksiton muslmonlari idorasi, raisi, muftiy Usmonxon Alimov Samarqandga tashrif buyurdilar. Muftiy hazratlari anjumanga tayyorgalik ishlarining borishi bilan tanishib, tashrif buyuruvchi mehmonlarni qabul marosimini o‘tkazadilar.

Shuningdek, viloyat vakilligi binosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari O‘.Hasanbayev boshchiligida anjumanga tayyorgarlik, mehmonlarni kutib olish va boshqa tashkiliy masalalar yuzasidan ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

3 martdan boshlanadigan anjumanning asosiy majlisi Samarqand shahridagi “Forumlar majmuasi”, sho‘ba yig‘ilishlari esa Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabida bo‘lib o‘tadi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Muloyimlik – ilmning otasi...

11.02.2025   456   1 min.
Muloyimlik – ilmning otasi...

#kun_hikmati 

Hasan Basriy rahmatullohi alayh aytadilar:
“Hilm – ilmning vaziri. Muloyimlik – ilmning otasi. Tavoze’ esa ilmning libosidir”.

– Hilm – qiyinchiliklarga sabrli va matonatli bo‘lib, g‘azabni ichga yutish, odamlar bilan muomalada yumshoq bo‘lishdir. Buning aksi – g‘azab, jizzakilik va serjahllikdir.

– Muloyimlik – yumshoqlik, og‘ir-bosiqlik bilan muomala qilish. Uning aksi – dag‘allik, qo‘pollik, bag‘ritoshlik, qo‘rslikdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, Alloh muloyimdir va muloyimlikni yaxshi ko‘radir”, deganlar.

– Tavoze’ – o‘zini katta tutmaslik. Buning aksi – takabburlik, o‘zini katta sanash, g‘ururlanish.

#hilm #ilm #muloyimlik

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ibratli hikoyalar