Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Fevral, 2025   |   15 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:19
Peshin
12:42
Asr
16:13
Shom
17:59
Xufton
19:12
Bismillah
14 Fevral, 2025, 15 Sha`bon, 1446

Moturidiya ta’limotini o‘rganish bugun ham ahamiyatli

2.03.2020   2236   1 min.
Moturidiya ta’limotini o‘rganish bugun ham ahamiyatli
3-5 mart kunlari Samarqand shahrida “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzuidagi xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.
 
Mazkur nufuzli tadbirda dunyoning yigmirmaga yaqin mamlakatidan olimlar, diniy ulamolar ishtirok etmoqda. Muxbirimiz anjuman qatnashchilarining fikrlari bilan qiziqdi.
Ahmad Tamim, Ukraina bosh imom xatibi, muftiysi:
 
- Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzuidagi xalqaro anjumanda ishtirok etish men uchun ulkan sharaf.
 
Samarqandning Moturid qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan bu buyuk imom hadis va fiqh ilmining ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan. Imom Moturidiy nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun islom olamida o‘z munosib o‘rniga ega bo‘lgan diniy arboblardan hisoblanadi. Chunki, alloma yashagan davrda, islom dinida turli guruh va firqalar soni ko‘payib ketganligi sababli ko‘plab ixtiloflar kelib chiqqan. Ana shunday vaziyatda Imom Moturidiy islom dinning asl mohiyatini ochib berish, sof islomiy aqidani saqlab qolish borasida beqiyos ishlarni amalga oshirgan.
 
Bu ilmiy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etish bugungi kun uchun ham muhim ahamiyat kasb etib, mazkur konferensiya bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz.
 
 

manba: O‘zA

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati

13.02.2025   3846   3 min.
Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati

O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan namunaviy-amaliy tadbirlarning navbatdagisi joriy yilning 12 fevral kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida o‘tkazildi.

 

“Oxun bobo” jome masjidida o‘tkazilgan tashkiliy yig‘ilishda diniy idora mutaxassislari, Xorazm viloyati vakilligi rahbariyati, tuman-shaharlar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilari, shuningdek, Urganch shahridagi masjid imom-xatiblari, noiblari, otinoyilar, “Haj-2024” ziyoratchilari va MFYlar raislari taklif qilindi.

 

Tadbirga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosarlari Zayniddin Eshonqulov va Obidjon Qodirov boshchilik qilishdi. 

 

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Obidjon Qodirov ijtimoiy tarmoqdan foydalanish, masjid telegram guruhlarini rivojlantirish, diniy ma’rifiy materiallar bilan boyitish, imom-xatiblarning masjid qavmi va yoshlar bilan yaqindan munosabat o‘rnatish hamda kunlik namozlarda olib boriladigan suhbatlarni hayotiy misollar bilan boyitib borish kabi ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tdi.

 

Tadbir davomida Xiva shahridagi “Muruvvat” uyiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi va “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ajratilgan 2 dona nogironlik aravachasi va boshqa zaruriy jihozlar, jami 11 533 000 so‘mlik xayriya ishlari olib borildi.


Imom-xatiblar 7 toifaga mansub 150 ta oilaga, otinoyilar 4 toifaga mansub 25 ta oilaga, umumiy hisobda 175 ta oilaga kirib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot hamda amaliy yordam tadbirlarini olib borishdi. 30 ta xonadonda ma’naviy ko‘makka muhtoj bo‘lganlarni qiynab kelayotgan savollarga javoblar berildi. Nogiron va kasalmand, ehtiyojmand fuqarolar, shuningdek, tabarruk yoshdagi qariyalar yashaydigan 21 ta oilaga kirib, davolanish va dori darmon uchun moddiy yordam ko‘rsatildi.

Homiylarni jalb qilgan holda ehtiyojmandlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari hadya qilindi. Notinch bo‘lib turgan oilalar o‘rganilib, arazlashgan, janjallashganlarning aksari yarashtirildi.

***

Viloyat bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev hamrohligida Urganch shahridagi Imom Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabalari bilan ochiq muloqot ham o‘tkazildi. Zayniddin domla Eshonqulov keyingi yillarda yurtimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasini yuksaltirishga katta e’tibor berilayotgani, keng imkoniyatlar taqdim etilayotgani, jumladan, yangi diniy ta’lim muassasalari ochilayotgani, ularda ustoz va talabalarga barcha sharoitlar muhayyo qilinayotgani, Islom institutida magistratura yo‘nalishi tashkil etilganiga e’tibor qaratdi. 

***

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Nazorat va tahlil bo‘limi mudiri Isomiddin Zuxriddinov tomonidan tuman-shahar bosh mutavallilari va Urganch shahrida faoliyat olib borayotgan masjid mutavallilari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

***

Tadbir so‘ngida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, Urganch shahri imom-xatiblarining ma’naviy-ma’rifiy hamda masjid boshqaruvidagi faoliyatida kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati