2020 yilning 28 fevral kuni Xo‘jaobod tumanida Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda FXDYO bo‘limi tomonidan sektor raxbarlari, tuman imom noibi, tuman otinoylari, turmush qurayotgan yoshlar va ularning ota-onalari ishtirokida «Mustahkam oila — farog‘at maskani»
mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
#kun_hikmati
Shayx Muhammad Siddiq ibn Hasan Qinnavjiy ilmning lazzati haqida quyidagi so‘zlarni aytgan:
"Shuni bilingki, bir narsaning sharafi yo ayni o‘zida bo‘ladi yoki uning natijasida kelib chiqadi. Ilmda esa bu ikki holatdagi sharaf ham mavjud. Chunki ilmning aynan o‘zi lazzatli, shuning uchun ham uning o‘zi talab qilinadi va yana uning natijasi ham shirindir. Ayni shu natija uchun ham ilm o‘rganilishi mumkin".
#ilm #lazzat #izlanish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati