Andijon shahrida joylashgan barcha masjidlarning hozirgi kundagi faoliyatini tanqidiy tahliliy o‘rganish va o‘rganish jarayonlari yakunlari bo‘yicha Andijon shahridagi “Mirpo‘stin ota” jome masjidida viloyat bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov raisligida Sayyor seminar o‘tkazildi. Seminarda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan shahar va tuman bosh imom-xatiblari, bosh muxtasiblari hamda Andijon shahridagi 20 ta jome masjidlarning imom-xatiblari, noiblari va mutavallilari ishtirok etdi.
O‘MI Andijon viloyati vakilligining matbuot xizmati
#kun_hikmati
Sirriy Saqtiy rahmatullohi alayhi bunday deganlar: “To‘rt xislat bandani yuksak darajaga ko‘taradi: ilm, odob, omonatdorlik hamda hayo va iffat”.
#hislat #ilm #odob #iffat
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmat