frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Samimiy muloqot

07.09.2023   2785   1 min.
Samimiy muloqot

2023 yil 7 sentyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari Arman-Apostollik cherkovining Moskva va Novonaxichevan eparxiyasi rahbari Yezras Narsesyanni qabul qildilar.
Muloqotda Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi o'rinbosari Dilshod Mamatqulov, O'zbekistondagi Arman Apostol cherkovi ruhoniysi Avanes Grigoryan va bir qator mutasaddilar ishtirok etdi.
Uchrashuvda qadim-qadimdan O'zbekiston zaminida turli millat, elat va din vakillari ahil-inoq yashab kelayotgan diyor ekani, barchaning asosiy maqsadi tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash va ertangi taraqqiyoti uchun hissa qo'shish ekaniga urg'u qaratildi.
Samimiy ruhda o'tgan suhbatda mamlakatimizdagi yangilanish va islohotlar keng quloch yozayotgani, Davlatimiz rahbari tomonidan millatlararo totuvlik va konfessiyalararo hamkorlikka berilayotgan alohida  e'tibor mamlakatimiz taraqqiyotida yangi davrni boshlanishiga zamin yaratganiga alohida e'tibor qaratildi.
Yurtimizdagi bunday ijobiy o'zgarishlar dunyo hamjamiyatida O'zbekistonga bo'lgan qiziqishni yanada oshirib, uning xalqaro maydondagi nufuzini tobora mustahkamlayotgani mehmonlar tomonidan yuksak e'tirof etildi.

 

 

 

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Akademiya rektori "Oliy ta’lim a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

29.09.2026   29888   1 min.
Akademiya rektori

Poytaxtimizdagi INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha fidoyilari hamda «Oliy ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishoni sohiblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Mazkur tadbirda o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan professor-o‘qituvchilar, tajribali pedagoglar, ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan olimlar hamda tizimda fidokorona faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlarga «Oliy ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishoni tantanali tarzda topshirildi.


Quvonarlisi, ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganlar qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ham munosib ko‘rilib, «Oliy ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.


Mazkur mukofot bilan ustozni qizg‘in muborakbod etib, Alloh taolodan el-yurt va dinimiz ravnaqi yo‘lidagi xayrli ishlarida kuch-quvvat hamda ulkan zafarlar tilaymiz. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari