Savob arabcha bo‘lib, yaxshilik, ezgulik deganidir. Bu so‘z e’tiqodimizga ko‘ra, Allohning marhamatiga loyiq ish va shunday ish uchun Allohning marhamatiga sazovor bo‘lishdir. Insonning xatti-harakati va faoliyati yaxshilik va yomonlikdan iborat bo‘lib, bu dinimizda savob va gunoh deb ataladi. Dinimiz ko‘rsatmalarini bajarish, inson manfaati yo‘lida faoliyat ko‘rsatish kabilar savob amallar hisoblanadi. Insonning nomai a’moliga ikki farishta vositasi bilan yozib boriladi. Oxiratda insonlarning savob va gunohlari tarozida tortilib, natijalar Allohning hukmiga havola etiladi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarni xayrli ishlarni qilishga qiziqtirar va bu borada o‘zlari ularga namuna edilar. Demakki, har bir mo‘min solih bo‘lishi va solihlar uchun tayyorlab qo‘yilgan jannat ne’matlariga erishish uchun xayrli amallarni qilishga shoshilishi lozim.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning maktablarida tarbiyalangan sahobalar buni yaxshi anglab yetgan edilar. Shuning uchun savob amallarni qilish borasida o‘zaro musobaqalashar edilar. Agar birodarlaridan orqada qolishsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib o‘zib ketish yo‘llarini so‘rab olardilar.
Qaranga, xayrli va savob amallarni qilishga intilgan sahobalar uy qurish, dabdabali hayot yoki boshqa narsalarda musoboqalashmas edilar. Ular savob amallarni qilishda kim o‘zarga kirishib ketar edilar.
Biz qanday savobli ishlarni qilsak Allohga manzur bo‘ladi. Bunday savobli ishlar qatorida quydagilarni aytishimiz mumkin:
Nurillo Djamalov
Namangan shahridagi “Yaxyoxon to‘ra” jome masjidi imom xatibi.
Ulamolar biror bir mazhabga ergashish borasida Quron oyatlari va hadisi shariflardan ishoralar keltirib aytishadiki,«...Agar bilmaydigan bo‘lsangiz, ahli zikrlardan so‘rangiz» (16:43).
Huzayfa roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan hadisda: «Men sizlarning orangizda yana qancha qolishimni bilmayman. Shunday ekan, mendan so‘ng u ikkisi: Abu Bakr va Umarga iqtido qiling» (Termiziy, Ibn Moja, Ahmad), deyilgan.
Imom Muslim «Sahih» asarining sharhlovchisi Imom Navaviy muayyan imomga taqlid qilishning shartligini sharhlab: «Sabab shundaki, mazhablardan birini tanlashga ruxsat berish kishilarni, ular o‘z xohishlariga mos keladigan oson narsaga ergashishiga olib keladi. Ular halol va harom, ruxsat etilgan va man etilgan narsalarning orasidan o‘zlariga mosini tanlaydilar. Bu mazhablar osonlashtirilmagan, tizimlashtirilmagan yoki mashhur bo‘lmagan ilk islom davridan farqli ravishda mas’uliyat tashvishidan ozod qilishga olib keladi. Shular asosida kishi o‘zi qat’iy ravishda amal qiladigan mazhablardan birini tanlashi lozim bo‘ladi», degan .Boshqa manbada: «Bu ummat ijmo qilgan, to‘g‘irlangan, yozib qo‘yilgan to‘rt mazhabdir. Bizning kunimizgacha odamlar unga taqlid qilishib o‘zlarini o‘shandan deb hisoblaydilar. Bunda, ayniqsa, qat’iyatlilik kamaygan, xohishlarimiz ongimizga o‘rnashgan va odamning ahmoqona ehtirosi xuddi fazilat sifatida qaraladigan bugungi kunda, ko‘pgina aniq ustunlik bor», deb yozgan.
Yangi Namangan tumani "Abdulloh ibn Mas’ud" jome masjidi
imom-xatibi Sh.To‘xtabayev