Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha Islom tashkiloti (ISЕSKO) ijroiya kengashi o‘z nomini Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (IDTFMT) deb o‘zgartirdi, deya xabar beradi wam.ae sayti.
– Yangi nom tashkilot vazifalari mohiyatiga oid tartibsizlikni bartaraf etish va uning nufuzini xalqaro miqyosda yanada keng yoyishga qaratilgan, – deydi ISЕSKO Bosh direktori doktor Salim bin Muhammad al-Malik. – Bu o‘zgarish tashkilot maqsad va vazifalarni aniq aks ettiradi.
Islomosfera veb-saytining xabar berishicha, ISЕSKOning ijroiya kengashining Abu Dabida bo‘lib o‘tgan 40-sessiyasida tashkilotning yaqin va uzoq yillarga mo‘ljallangan harakat rejasi va Bosh direktor tomonidan kengashga taqdim etgan bir qator tashkiliy masalalarham ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Sloveniya poytaxtidagi Islom madaniyati markazida o‘tkaziladigan ushbu tadbir mamlakatdagi eng muhim islomiy yig‘inlardan biri bo‘lib, turli yoshdagi talabalar, ota-onalar va arabshunoslik bo‘yicha o‘qituvchilarni jalb qildi.
Bu yilgi tanlov «Qur’on va sunnatda musulmonning axloqi» mavzusidagi sakkizta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazildi. Ishtirokchilar Qur’oni Karimning ma’lum suralarini yod olish, siyrat va sahobalar hayoti, Islom arkonlari va odob-axloqi bo‘yicha bellashdilar.
Tadbir har yili Sloveniyadagi Islom hamjamiyati tomonidan o‘tkaziladi, unda mamlakat bo‘ylab 18 ta Qur’on o‘rganish markazlari ishtirok etadi. Bu markazlarda har hafta Qur’on yod olish, Nabiy alayhissalom siyratlari va axloqiy ta’limotlar bo‘yicha darslar o‘tkaziladi.
#yangilik
@quranuz_kanali