Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Avgust, 2025   |   27 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:13
Quyosh
05:38
Peshin
12:31
Asr
17:14
Shom
19:17
Xufton
20:36
Bismillah
21 Avgust, 2025, 27 Safar, 1447

Musibatga uchraganni ko‘rganda nima qilish kerak?

08.02.2020   2996   2 min.
Musibatga uchraganni ko‘rganda nima qilish kerak?

Ko‘cha-ko‘yda turli baloga uchragan, masalan, avtohalokatga, yong‘inga uchraganlar, bemorlik va hokazo holatlarga duchor bo‘lganlarni ko‘rib yoki eshitib qolamiz.

 

Afsuski, bunday paytda ko‘pchilik musulmonlik odobiga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarni qilishadi: darhol telefonga tasvirga olib, internetda tarqatishadi.

 

Dinimizda barcha holatlarning odoblari, shu jumladan, sinovga, baloga uchraganni ko‘rganda bajarilishi lozim bo‘lgan odoblar bor.

 

Xo‘sh, mo‘min bandaning birodarini musibatga, baloga uchraganini ko‘rganda odobi qanday bo‘lmog‘i lozim? 

 

Har bir ishda ummatlariga o‘rnak bo‘lgan sevikli Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday holatda ushbu duoni o‘qishni ta’lim berganlar: 

 

الحمد لله الذي عافاني مما ابتلاك به وفضلني على كثير ممن خلق تفضيلا لم يصبه ذلك البلاء

 

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim baloga uchragan kishini ko‘rganda “Alhamdu lillahillaziy a’faniy mimmaa ibtalaaka bihi va fazzolaniy a’la kasiyrin mimman xolaqo tafziylan” desa, unga o‘sha balo yetmaydi», dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

 

Demak, bir birodarimizning o‘ziga, uy-joyiga, mol-mulkiga talofat yetganini ko‘rsak yoki eshitsak, to‘xtab, mazkur hadisda kelgan duoni o‘qib, Alloh taolodan o‘zimiz uchun ham, o‘sha birodarimiz uchun ham panoh so‘rashimiz kerak. 

 

Keyin o‘sha insonga qo‘limizdan kelgan yordamni ko‘rsatishimiz lozim. Avtohalokatga uchragan bo‘lsa, tezroq shifoxonaga olib borish, uyi, mol-mulki yongan bo‘lsa, o‘t o‘chiruvchilarni chaqirish, uy ichidan jabrdiydalarni olib chiqish, ularga kerakli yordamni ko‘rsatish bilan musulmonlik odobimizga amal qilgan bo‘lamiz. 

 

Agar buning o‘rniga telefonga rasmga, videoga olib, hammaga tarqatsak, o‘sha birodarimizning musibatiga musibat qo‘shgan, diliga ozor bergan bo‘lamiz. Qolaversa, insonlarning musibatli holatlarini tarqatish orqali o‘z obro‘sini, obunachilarini o‘ylash birovning jarohati ustida raqsga tushishdek gap. Musulmon odam esa bunday noma’qul ish qilmaydi. Aksincha, birodarining musibatidan o‘zi ham iztirobga tushadi va qo‘lidan keladigan yordamni berishga intiladi.

 

Alloh taolo barchamizni O‘zining hidoyatidan ayirmasin va xotimamizni chiroyli qilsin!

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

@muslimuzportal | muslim.uz

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari mandati e’lon qilindi

21.08.2025   1001   1 min.
Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari mandati e’lon qilindi

#Qabul_2025 #Mandat

"Qabul-2025" mandat natijalari abituriyentlar hujjat topshirgan diniy ta’lim muassasalarining quyidagi telegram kanallarida e’lon qilinadi:

Oliy diniy ta’lim muassasalari:

Toshkent islom instituti: https://t.me/oliymahad
Mir Arab oliy madrasasi: https://t.me/Mirarabuz
Imom Termiziy instituti: https://t.me/termiziylar_uz 


O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari:

"Ko‘kaldosh" O‘MITM: https://t.me/kukaldoshuz
"Xadichai Kubro" AQO‘MITM: https://t.me/xadichauz
"Hidoya" O‘MITM: https://t.me/hidoyauz
"Sayyid Muhyiddin maxdum" O‘MITM: https://t.me/maxdumuz
"Xoja Buxoriy" O‘MITM: https://t.me/Xojabuxoriy
"Mir Arab" O‘MITM: https://t.me/mirarabmadrasa
"Jo‘ybori Kalon" AQO‘MITM: https://t.me/juyborikalon
"Faxriddin ar-Roziy" O‘MITM: https://t.me/arroziyuz
"Muhammad al-Beruniy" O‘MITM: https://t.me/alberuniyuz
"Imom Termiziy" O‘MITM: https://t.me/termiziylar_uz 

Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni natijasi bo‘yicha apellyatsiyaga topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar 24 soat davomida ta’lim muassasasiga yozma ariza bilan murojaat qilishi mumkin. 

Apellyatsiyaga berish tartib-qoidalari haqida @qabulmuslimuz telegram kanalida batafsil ma’lumot berilgan. 

Talabalik baxtiga erishgan yoshlarni chin qalbdan qutlaymiz! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari