frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Namoz saboqlari: Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar (Audio)

06.02.2020   84410   2 min.
Namoz saboqlari: Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar (Audio)

Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lah, lahul-mulku va lahul hamd va huva ’ala kulli shay’in qodiyr. Allohumma laa mania’ lima a’toyta va la mu’tiya lima mana’ta va laa yanfa’u zal-jaddi minkal-jadd.

Ma’nosi: Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning tengi va sherigi yo‘q. Mulk Unikidir. Hamd Ungadir. U har narsaga qodirdir. Yo Alloh! Sening berganingga monelik qiluvchi hech narsa yo‘q. Bermaganingni beradigan hech kimsa yo‘qdir. Ulug‘ bo‘lgan foyda bermaydi. Ulug‘lik Sendandir (Imom Muslim. «Masajid», 137).

 

* * *

«Alhamdulillahi robbil a’lamiyn. Val-aqibatu lil-muttaqiyn, va la udvana illa ’alaz-zolimiyn. Vassolatu vas-salamu ’ala rasulina Muhammadin va ’ala alihi va as'habihi ajmaiyn.

Allohumma robbana, ya robbana taqobbal minna solatana va qiyamana va ruku’ana va tahlilana va tazarru’ana va tammim taqsirona va la tazrib biha vujuhana ya Mavlana.

Allohumma atina sihhatan va ’afiyatan va sa’adatan va rifqon va avladan solihin va ’ilman nafi’an va rizqon vasi’an va ’amalan maqbulan, ya arhamar-rohimiyn. Robbanag‘firli valivalidayya valil-mu’miniyna yavma yaqumul-hisab».

Ma’nosi: Hamdu sano olamlarning Rabbi Allohgadir (Unga hamd bo‘lsin). Go‘zal oqibat taqvodorlargadir. Dushmanlik esa zolimlargadir. Janobi Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga, ul zotning yaqinlari va sahobalariga salot va salom bo‘lsin.

Yo Alloh! Ey Rabbimiz! Namozimizni, qiyo­mimizni, rukularimizni, sajdalarimizni, o‘tirishlarimizni, tazarru va niyozlarimizni qabul ayla. Nuqson-kamchiliklarimizni mukammal qil. Ey Mavlomiz! Kamchiliklarimizni yuzimizga urma.

Yo Alloh! Bizga sog‘liq va ofiyat, baxt va shirin hayot va go‘zallik ber, xayrli farzand­lar nasib et. Yo Rabbim! Bizga foydali ilm, mo‘l rizq va maqbul amallar nasib ayla. Ey marhamatlilarning eng marhamatlisi bo‘lgan Allohim.

Ey Rabbim! Meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni kechir, bizni jahannam azobidan asra.

 

Shuning bilan "Namoz saboqlari" rukni orqali berib borilayotgan audio darslarimiz yakuniga yetdi. Barchangizga ezgu tilaklar bilan minnatdorlik bildiramiz. 

 

O‘MI matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mustaqillik to‘yonasi: Buxoroda 35 nafar bolajonning sunnat to‘yi o‘tkazildi

10.08.2026   6340   1 min.
Mustaqillik to‘yonasi: Buxoroda 35 nafar bolajonning sunnat to‘yi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ko‘ngliga quvonch ulashishga qaratilgan xayriya tadbirlari davom etmoqda.


Xususan, joriy yilning 9 avgust kuni «Vaqf» xayriya jamoat fondi Buxoro viloyati filiali, hududdagi masjidlar xodimlari va saxovatpesha homiylar hamkorligida ehtiyojmand oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘ylari tashkil etildi.


Tadbir doirasida to‘ybolalarning har biriga 35 ta velosiped, 35 to‘plam o‘quv qurollari hamda yangi kostyum-shim, ko‘ylak va oyoq kiyimlar to‘plami tantanali ravishda topshirildi.


Tantanali marosimda so‘z olganlar bolajonlar va ularning ota-onalariga ezgu tilaklar bildirib, farzandlarni sog‘lom, barkamol va dinu diyonatli insonlar etib tarbiyalash, ularga munosib ta’lim berish eng muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladilar.


Dinimiz va xalqimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarining amaliy ifodasi bo‘lgan bu kabi xayrli tadbirlarni «Vaqf» fondi tomonidan izchil davom ettirish rejalashtirilgan. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Mustaqillik to‘yonasi: Buxoroda 35 nafar bolajonning sunnat to‘yi o‘tkazildi Mustaqillik to‘yonasi: Buxoroda 35 nafar bolajonning sunnat to‘yi o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari