Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyun, 2025   |   11 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:57
Xufton
21:34
Bismillah
07 Iyun, 2025, 11 Zulhijja, 1446

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Buyuk Britaniyaning “Al-Furqon” fondi va Turkiyaning Marmara universitetidan hadya qilingan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi

04.02.2020   1994   1 min.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Buyuk Britaniyaning “Al-Furqon” fondi va Turkiyaning Marmara universitetidan hadya qilingan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2017 yilda tashkil etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan o‘tgan qisqa davr mobaynida buyuk allomalarimiz merosini o‘rganish, keng targ‘ib etish, nufuzli xalqaro markazlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugungi kungacha dunyoning 24 ta yetakchi islom tadqiqot markazlari, universitetlar bilan hamkorlikka oid memorandumlar imzolandi.

Ana shu xalqaro hamkorlik aloqalarining samarasi o‘laroq, joriy yil yanvar oyida Buyuk Britaniyaning “Al-Furqon” fondi dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan nodir qo‘lyozma asarlarning kataloglari va boshqa manbalardan iborat yuzga yaqin kitoblar to‘plamini Markazga hadya qildi, deya xabar bermoqda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi matbuot xizmati. Ular orasida dunyo fondlarida saqlanayotgan arab, turk, fors tillaridagi nodir qo‘lyozmalar, kataloglar, shuningdek, qo‘lyozmalarni tahqiq va tahrir qilishga oid asarlar, islom ilmiga doir kitoblar mavjud.

Anjumanda Buyuk Britaniyadan keltirilgan kataloglarning nodir qo‘lyozma manbaalarni tadqiq etishdagi ahamiyati, Markazning o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlari va istiqboldagi rejalari haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, Markaz Turkiyaning nufuzli universitetlari bilan ham ilmiy hamkorlikni amalga oshirmoqda. Har ikki davlat yosh olimlarining o‘zaro tajriba almashishi yo‘lga qo‘yilib, xalqaro ilmiy-amaliy seminarlarda ishtirok etib kelmoqda. Ana shu hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida Turkiyaning Marmara universiteti Ilohiyot fakulteti tomonidan Markazga Imom Moturidiyning 18 jildlik “Ta’vilotul Qur’on” asari taqdim etildi.

Tadbir doirasida mazkur kitoblarning ham taqdimoti o‘tkazilib, ishtirokchilarga yaqindan tanishtirildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, ayni vaqtda Markaz ilmiy xodimlari tomonidan Imom Moturidiyning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish ishlari jadal olib borilmoqda.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

06.06.2025   3265   1 min.
HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Kotibiyat mas’ul xodimi Muhammadamin qori Xoliqovning padari buzrukvori vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.

Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Muhammadamin qori Xoliqovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
 

Yangiliklar