Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Avgust, 2025   |   19 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:02
Quyosh
05:30
Peshin
12:33
Asr
17:22
Shom
19:29
Xufton
20:50
Bismillah
13 Avgust, 2025, 19 Safar, 1447

Namoz saboqlari: Istig‘for duolari (Audio)

03.02.2020   9524   1 min.
Namoz saboqlari: Istig‘for duolari (Audio)

 

Sayyidul istig‘for

Rivoyat qilinishicha, istig‘forlarning eng afzali ushbudir: «Allohumma anta Robbi. La ilaha illa anta. Xolaqtani va ana ’abduka va ana ’ala ’ahdika va va’dika mastato’tu, a’uzu bika min sharri ma sona’tu va abu’u laka bini’matika ’allayya va a’tarifu bi zunubi, fag‘firli zunubi innahu la yag‘firuz-zunuba illa ant».

Yo Alloh! Sen mening Rabbimsan! Sendan o‘zga iloh yo‘q. Meni Sen yaratding. Men Sening qulingman. Men kuchim yettuncha Senga bergan ahd va va’damda sobitman. Qilgan ishlarim yomonligidan asrashingni so‘rayman, bergan ne’matlaringni e’tirof qildim. Gunohlarimni tan olaman. Meni kechirgin, Yo Alloh! Sendan o‘zga kechirguvchi yo‘qdir (Imom Termiziy. «Da’vat», 3393-hadis).

Yana bir istig‘for duosi

«Astag‘firulloh, astag‘firulloh, astag‘firulloh al-’aziym al-Kariym, allaziy la ilaha illa hu, al-Hayyul- Qoyyo‘m va natubu ilayh va nas’aluhut-tavbata val-mag‘firota val-hidayata lana innahu huvat-tavvabur-rohiym. Tavbata ’abdin zolimin linafsihi la yamliku linafsihi mavtan vala hayatan vala nushuro».

Ma’nosi: Allohdan mag‘firat so‘rayman! Azim va Karim, Undan boshqa hech iloh bo‘lmagan, Hayy va Qayyum Allohdan mag‘firat so‘rayman. Unga qaytamiz. Tavbamizni qabul etib, mag‘firat va hidoyat nasib qilishini tilaymiz, chunki U tavbalarni qabul qilguvchi, rahmli, mehribondir. Nafsiga zulm  qilgan, o‘ldirish va qayta tiriltirishga ojiz bo‘lgan bandaning tavbasi kabi tavba qilamiz.

 

O‘MI matbuot xizmati

Audio
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda

12.08.2025   2719   1 min.
Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda

Saudiya Arabistoni Podshohligi Islom ishlari, da’vat va irshod vazirligi tomonidan 45-xalqaro Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda. 


Mazkur musobaqada O‘zbekiston nomidan Shukurbek qori Shuxratbekov va Dostonbek qori Sodiqov qatnashmoqda. 


Ma’lumot o‘rnida Shukurbek Shuxratbekov “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining 3-kurs, Dostonbek Sodiqov “Sayyid Muhiyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurtining 1-kurs talabasi sanaladi. 


Alloh taolo ikki hamyurt qorimizni yuzlarini yorug‘ qilib, muvaffaqiyat va zafar ato etsin!  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda
Dunyo yangiliklari