Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Aprel, 2025   |   1 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:55
Quyosh
05:23
Peshin
12:25
Asr
17:15
Shom
19:21
Xufton
20:44
Bismillah
29 Aprel, 2025, 1 Zulqa`da, 1446

Yana bir ustoz, mohir qori imom noibi etib tayinlandi

31.01.2020   2119   2 min.
Yana bir ustoz, mohir qori imom noibi etib tayinlandi

2020 yil 30 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Ubay ibn Ka’b” jome masjidiga xushxon hofiz Avazbek qori Davlatov imom noibi etib tayinlandi.

Avazbek Davlatov Akbarali o‘g‘li 1983 yil 29 iyulda Andijon viloyati Marhamat tumanida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Qur’on ilmini O‘sh shahridagi Abdulmutallib qori dada rohimahullohdan olib, Qur’oni Karimni to‘liq yod olgan. Avazbek qori 1990-1999 yillarda o‘rta maktabda ta’lim olgan. 1999-2000 yillarda «Sayyid Muhyiddin Maxdum» o‘rta maxsus Islom bilim yurti tayyorlov kursida ta’lim olgan. Ta’lim davrida madrasaning katta ustozlaridan Rahmatulloh qori aka qo‘llarida Qur’oni karimni yana qayta o‘tkazib olgan. 2000-2004 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti (oliy ma’had)ni tamomlagan.

2005 yilda Saudiya Arabistonida Fahd ibn Abdulaziz nomidagi Xalqaro Qur’oni karim musobaqasida ishtirok etib, sovrinli o‘rinni egallagan.

2006-2007 yilda Damashqdagi shayx Ahmad Yusuf Dabboniyzodadan Osim qiroatining ikki rivoyati bo‘yicha Qur’oni karim ijozasini olgan.

Avazbek qori birinchi marotaba Andijon viloyatida xatmi Qur’on qilib, taroveh namozlariga o‘ta boshlaydi. Shundan so‘ng 2000-2004 yillarda Toshkent shahar «Do‘stjonboy» jome masjidida, bir necha yil «Jo‘rabek» (hozirgi Islom ota), 2017 va 2018 yillarda  «Islom ota» jome masjidida xatmi Qur’on taroveh namozlarida ishtirok etgan.

2019 yilda Toshkent shahridagi Taroveh namozlarida o‘tkazilgan xatmi qur’onlarlarda qorilarning qiroati, hifz, tajvid, tarannum bilan o‘qishlarini nazorat qilish ishlariga jalb qilingan.

2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018”ning barcha bosqichlarida hakamlik  qilgan. Alloh taolo in’om etgan ilmi va shirali ovozi bilan ko‘plab muxlis va ustozlar muhabbatiga erishib kelmoqda.

Avazbek qori Davlatovga yangi vazifada Alloh taolodan kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

 

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston ulamosi xalqaro anjumanda chiqish qildi

28.04.2025   3983   1 min.
O‘zbekiston ulamosi xalqaro anjumanda chiqish qildi

Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkil topganiga 35 yil to‘lgani munosabati bilan Olmaota shahrida “Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda Islom: tarixiy an’analar va zamonaviy imkoniyatlar” mavzusida nufuzli xalqaro anjuman o‘tkazildi. Unda turli davlatlardan kelgan islom ulamolari ishtirok etishdi. Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi direktor o‘rinbosari G‘ulomiddin Xolboyev ham qatnashib, “Sun’iy ong (intellekt) va uning hukmi”  mavzusida chiqish qildi.
 

Darhaqiqat, sun’iy ong (SO) – odam kabi fikrlab, qo‘yilgan muammoga yechim topishga yo‘naltirilgan bugungi texnologiya. Garchi u turli uskuna va jihozlar ko‘rinishida bo‘lsa ham, qaror qabul qilish, insoniy xulq-atvorga taqlid qilish kabi qobiliyatlarga ega.


Axborot asri deb atalayotgan bugunga kelib ilm-fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari juda ham tez va shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Taraqqiy etgan o‘lkalarda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish kengayib, u ko‘plab sohalarga kirib bormoqda. Ushbu “ong”ning shar’iy hukmiga aniqlik kiritish zamona faqihlari oldida turgan muhim vazifalardan. Zero, undan musulmonlar ham keng miqyosda foydalanmoqda.


O‘zbekiston ulamolari vakili G‘ulomiddin domla Xolboyevning chiqishi shu ma’noda katta qiziqish bilan tinglandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

 

O‘zbekiston ulamosi xalqaro anjumanda chiqish qildi
O'zbekiston yangiliklari