frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

O'zbekiston sayyohlik salohiyati Misrning etakchi radiolari orqali targ'ib qilinmoqda

05.09.2023   4453   1 min.
O'zbekiston sayyohlik salohiyati Misrning etakchi radiolari orqali targ'ib qilinmoqda

Misrning ommabop  radiokanallarida O'zbekistonning sayyohlik salohiyat targ'ibotiga bag'ishlangan eshittirishlar efirga uzatilmoqda, deb  xabar qilayapti «Dunyo» AA muxbiri.

Jumladan,  shu yil avgust oyida e'tiboran ushbu mamlakatning «Nogoum FM-100.6» va «Nile FM-104.2» radiokanallarida O'zbekistonning turistik salohiyatiga bag'ishlagan radioroliklar misrlik tinglovchilar e'tiboriga  havola qilinmoqda. Ushbu  materiallar  bir oy  davomida ushbu  kanallar orqali  uzatiladi.  

Yigirma soniya davom etadigan ingliz va arab tillaridagi mazkur eshittirishlarda mamlakatimizning Ziyorat turizmi imkoniyatlari, islom olamida mashhur bo'lgan Samarqand, Buxoro va Horazm kabi tarixiy  shaharlarimiz haqidagi muhim ma'lumotlar o'rin olgan. Shuningdek, Misr  aholisi tomonidan qadrlanadigan buyuk allomalarimiz Imom Buxoriy, Ibn-Sino, Horazmiy,  Zamaxshariy va Imom Moturidiy  hayotiga  oid muhim dalillar tinglovchilarga etkazilmoqda.

  Radio eshittirishlar davomida, misrliklar O'zbekistonga sayyohat qilishga, milliy o'zbek oshxonasi, go'zal tabiat manzaralari va betakror shaharlarimiz arxitekturasidan bahramand bo'lishga  da'vat  etilyapti.

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Anjuman qatnashchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qilishdi

20.08.2026   2966   1 min.
Anjuman qatnashchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qilishdi

Xabar berganimizdek, 19-20 avgust kunlari Islom sivilizatsiyasi markazida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» nomli I ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 19 avgust kuni ishtirokchilar kutib olinib, ularning Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohati tashkil etildi. Tashrif davomida mehmonlar markazning boy ekspozitsiyalari, Qur’oni karim zali, nodir qo‘lyozmalar hamda buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosiga bag‘ishlangan bo‘limlar bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, zamonaviy multimedia loyihalari va tarixiy eksponatlar ularda chuqur taassurot qoldirdi.

Ustozlar Markazda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar islom ma’rifatini targ‘ib qilish hamda yosh avlodni milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etishdi.

Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasida ham bo‘lishdi. Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qilishdi.

Oqshomda Islom sivilizatsiyasi markazi binosida ma’rifiy dastur – mapping namoyish qilindi.

Mazkur tadbirlar islom sivilizatsiyasi merosini targ‘ib etish, diniy ta’lim tizimini yanada takomillashtirib, yangi bosqichga olib chiqishda salmoqli hissa bo‘lib qo‘shiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari