Namozda ishorai sabboba qilish haqida “Ishora qilish haqida bashorat” nomli risolada sahobalardan yigirma beshta hadis rivoyat qilingani keltirilgan. Quyida ular bilan tanishib chiqsak:
Ibn Mojja Numayr Xuzoiydan rivoyat qiladilar: Nabiy sallallohu alayhi vasallamni namozda o‘ng qo‘llarini sonlarini ustiga qo‘yib, barmoqlari bilan ishora qilganlarini ko‘rdim”, dedi.
Termiziy Abu Humayddan rivoyat qiladilar: “O‘ng kaftlarini o‘ng tizzalariga, chap kaftlarini chap tizzalarini ustiga qo‘yib barmoqlari bilan ishora qilar edilar”.
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sallolohu alayhi vasallam namozda, ya’ni tashahhudga o‘tirsalar o‘ng qo‘llarini o‘ng tizzalarini ustiga chap qo‘llarini chap tizzalarini ustiga qo‘yib bosh (ko‘rsatkich) barmoqlarini ko‘tarib duo qilardilar chap qo‘llari tizzalarini ustida turar edi”. Ushbu hadisga sahobalar, tobeinlar, amal qilib, tashahhudda ishorani ixtiyor qildilar.
Ahmad Nofi’dan rivoyat qiladilar: “Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuma namozda tashahhudga o‘ltirsalar ikki qo‘llarini ikki tizzalariga qo‘yib barmoqlari bilan ishora qilib, ishora qilgan barmoqlariga qarab turar edilar, so‘ng Rasululloh sallalohualayhi vasallam: “Barmoq bilan ishora qilish shaytonga temirdan ham shiddatliroq”, derdilar.
Aliyyul qori “Tazyinul ibora tahsinul ishora” kitoblarida ushbu hadisni sharhlab aytadilarki, “Barmoq bilan ishora qilish urushda temir qurolni ishlatishdan ham qiyinroqdir, go‘yo tavhidga ishora qilish bilan shayton mo‘min bandani adashtirishi, shirkka olib borishdan bo‘lgan umidini kesadi”.
Imom Suyutiy “Jomeul kabir” kitoblarida Uqba ibr Omirdan rivoyat qiladilar: “Kishi namozida ishora qiladigan har bir ishorasiga o‘nta hasanot yoziladi”, dedilar.
Ibni Obidiyn “Raf’ ul taraddud” nomli kitoblaridagi ishorai sabboba haqida vorid bo‘lgan hadislar, olti sahih kitoblarning hammasida zikr qilingan. U hadislarni hattoki, ma’naviy mutovotir deyish durust bo‘ladi deganlar.
Ishorai sabboba qilish borasida sahobalar, ularga ergashgan tobeinlar ixtilof qilmadilar. Imom Abu Hanifa va u zotning ikki shogirdlari Imom Abu Yusuf va imom Muhammmad, imom Molik, imom Shofiiy, imom Ahmad ibn Hanbal hamda mutaqaddim ulamolar ishorai sabboba sunnat ekanligiga ittifoq qilishgan.
Abu Lays Samarqandiy “Navozil”, Kamoliddin Ibnu Humom “Fathul qodir”, Alloma Alouddiyn Kosoniy “Badoius Sanoiy”, Ibn Obidiyn “Raddul muxtor”, “Mujtabo”, “Muhitul Burhoniy”, Tuhfa”, “Kanzud daqoiq”ning sharhlari “Bahrur roiq”, “Nahrul foiq”, Abdulhay Laknaviy “Umdatur rioya” kabai mo‘tabar manbalarda ham sunnat ekanligi zikr qilingan. Bu haqida Aliyyul Qoriy ikkita “Tazyinul ibora tahsinul ishora” va “Attadhiynu littazayyun”, Hofiz Ibn Hajar “Talhisul hobir”, Ibn Obidiyn “Raf’ ul taraddud” nomli bir qator risolalarda ham ta’lif qilib o‘tganlar.
Hanafiya mazhabida ishora qilish tartibi faqatgina o‘ng qo‘l bilan ishora qilinadi, agar qo‘li kesilgan bo‘lsa yoki qo‘lini harakatlantira olmaydigan shol bo‘lsa, boshqa barmoqlari bilan yoki chap qo‘li bilan ham ishora qilmaydi.
Ishorai sabbobaning ko‘rinishi asosan ikki hil bo‘ladi: “Munyatul musolllin”da Muhammad Qoshg‘ariy: Shahodat kalimasiga yetganda o‘rta, jimjiloq va nomsiz barmoqni bukib bosh barmoqning boshini o‘rta barmoqning chetiga qo‘yadi, yoki o‘ng qo‘lini “xinsir” ya’ni jimjiloq va “binsir” to‘rtinchi barmoqlarini bukib o‘rta va bosh barmoqlarni halqa qiladi, “La ilaha”da ko‘tarib, so‘z bilan fe’lni o‘rtasi bir-biriga muvofiq bo‘lishi uchun “Illalloh”da tushiriladi. Mana shu ikkinchsi, ya’ni halqa ko‘rinishini Shamsul aimma Halavoniy va Abu Ja’far Hinduvoniy rahimahullohlar ixtiyor qilishgan.
Namoz komil bo‘lishi va Nabiy sallallohu alayhi vasallamning: “Meni namoz o‘qiyotganimni ko‘rganlariningdek namoz o‘qinglar”, degan so‘zlariga muvofiq tashahhudda “La ilaha”da ko‘tarib “Illalloh”da tushirib ishora qilish sunnnat sanaladi.
Ishora qilib bo‘lgandan keyin qo‘l barmoqlari yozib yuborilmaydi, balki namozning oxirigacha o‘z holatida qoladi.
Ishora qilayotganda barmoqni qimirlatmaydi, ushbu mazmunda kelgan hadislarning sanadini Imom Suyutiy va Aliy Qoriy zaif deb keltirdilar. Ishora qibla tarafga bo‘ladi. Abdulloh ibn Zubayrdan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam barmoqlari bilan ishora qilardilar. Barmoqlarni esa qimirlatmas edilar”. Ushbu hadisning sanadini Imom Navaviy sahih deganlar. Bu barmoqni faqatgina bir marta ko‘tarib boshqa harakatlantirmaslikka dalolat qiladi. Ali ibn Abdurahmaon Muoviydan rivoyat qilinadi: “Meni Abdulloh ibn Umar namozda tosh o‘ynab o‘tirganimni ko‘rdi. Namozni o‘qib bo‘lganimdan so‘ng meni bundan qaytarib, Rasululloh sallolohu alayhi vasallam qilganlarini qilgin dedi. Men Rasullloh sallolohu alayhi vasallam qanday qilganlar, dedim. Aytdiki, Nabiy sallolohu alayhi vasallam namozda o‘ltirsalar o‘ng kaftlarini o‘ng sonlarini ustiga chap kaftlarini chap sonlarini ustiga qo‘yib, hamma barmoqlarini bukib ko‘rsatkich barmoqlari bilan ishora qilardilar, chap kaftlarini chap sonlarini ustiga qo‘yar edilar” dedi.
Ibn Obidiyn “Raf’ ul taraddud”da “Matnlardagi masalalar bilan sharhlardagi masalalar bir-biriga zid kelib qolsa, matnlardagi masalarga amal qilinadi. Matnlarda kelgani esa barmoqlarni yoyib turish. Matnlarda barmoqlarni yoyib turish degani tashahhudni boshlaganda barmoqlarini yoyib turish iroda qilingan. Bu ishorai sabbobani sunnat ekanligiga zid fikrlar kelmagan.
“Hidoya” o‘rta maxsus islom
bilim yurti o‘qituvchisi
ISMOIL ISHANOV
Bugun, 14 may kuni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yoshlar – yangi O‘zbekiston kelajagi bunyodkori” shiori ostida ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi o‘tkazildi. Unda turli ish beruvchi vazirliklar, tashkilot, korxona va muassasalar qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning tizimidagi Toshkent islom instituti, “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti, Hadis ilmi maktabi mas’ul vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov diniy-ma’rifiy sohadagi so‘nggi yangiliklar, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga berilayotgan e’tibor, oliygoh faoliyati to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Uchrashuv davomida 2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasini bakalavr bosqichini 309 nafar, magistratura bosqichini 95 nafar talaba tamomlayotgani aytib o‘tildi.
Hamkor tashkilotlar ko‘lami yil sayin ko‘payib borayotgani, hozirgi kunga qadar Akademiya va tashkilotlar o‘rtasida 100 dan ortiq hamkorlik bo‘yicha memorandum va shartnomalar imzolangani bayon etildi.
Tadbirning amaliy qismida ish beruvchilarning bitiruvchilar bilan suhbatlari tashkil etildi. Mazkur jarayonda 70 ga yaqin davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, jumladan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurti, Hadis ilmi maktabi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston Milliy arxivi, Alfraganus universiteti va boshqa ko‘plab hamkor tashkilotlar vakillari qatnashdi. 100 dan ziyod talaba bilan mehnat shartnomalari tuzildi.
Tadbirda faollik ko‘rsatgan ish beruvchi tashkilotlar vakillariga Akademiya tomonidan esdalik sovg‘alari, tashakkurnomalar topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati