Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Iyun, 2025   |   27 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:50
Peshin
12:30
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
23 Iyun, 2025, 27 Zulhijja, 1446

Rossiyada o‘zbek migrantlari duch kelayotgan asosiy muammolar qaysi? – migratsiya bo‘yicha yurist bilan suhbat

28.01.2020   5533   4 min.
Rossiyada o‘zbek migrantlari duch kelayotgan asosiy muammolar qaysi? – migratsiya bo‘yicha yurist bilan suhbat

O‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi bugungi kunda Rossiya Federatsiyasida mehnat qilmoqda. Ba’zida qulog‘imizga “deport bo‘libdi yoki bo‘lmasa Rossiyaga kirishga taqiq olibdi” qabilidagi gap-so‘zlar chalinib turadi. Xo‘sh bugungi kunda Rossiyadagi vatandoshlarimiz Rossiyada yashash va ishlash davomida duch kelayotgan asosiy muammolar qaysilar?

Savollarimizga javob topish maqsadida Moskvada mehnat migrantlariga huquqiy yordam berib kelayotgan va muhojirlar hayoti hamda muammolaridan ko‘proq xabardor vatandoshimiz, migratsiya bo‘yicha yurist Aziz Hayitov bilan suhbat uyushtirdik.

- Hozirgi vaqtda Rossiyada mehnat migrantlari bilan bog‘liq qanday muammolar bor?

– Hozirgi kunda mehnat muhojirlarimizda birinchi muammo bu – tilni bilmaslik va huquqiy bilim yo‘qligi. Buning ortidan esa boshqa muammolar kelib chiqmoqda. Bilamizki Rossiyaga kirishda migratsion karta beriladi. Ana shu kartani to‘ldirishda ismi-sharifini yoki kelishdan maqsadni ko‘rsating degan joyini xato to‘ldirsa, uning uchun muammo boshlanadi. Bu xatolik registratsiya va patent olishga ham ta’sir qiladi. Agar mehnat mohojiri migratsion kartani to‘g‘ri to‘ldirsa demak, u rus tilini tushunadi va yozishni biladi. Demak asosiy muammo bu – tilni bilmaslik.

- Deportatsiya va Rossiya hududiga kirishga taqiq qo‘yish muammosiga ham to‘xtalib o‘tsangiz

– Deportatsiya oxirgi 4-5 yilda judayam ommalashib ketdi. Bu muammo ham asosan til bilmaslik oqibatida kelib chiqadi. Ya’ni rus politsiyasi mehnat migrantini to‘xtatib, hujjatlarini so‘raganida mehnat muhojirining hujjatlari to‘g‘ri bo‘lsa ham gapira olmaydi. Gapira olmagani uchun ham muammo bo‘lyapti. Biz ko‘p sud jarayonlarida ishtirok etamiz. Sudlarda o‘zbekistonlik fuqaroni himoya qilib, sudyaga vatandoshimizning huquqbuzarlik sodir etmaganini tushuntiramiz. Shunda sudya “vatandoshingni himoya qilguncha, borib rus tilini o‘rgat. Sen bu yerga kelib uning huquqini himoya qilyapsan, lekin vatandoshlaringa tilni o‘rgatmayapsan. Yaxshiyamki deportatsiya qilibdi. Boshqa tuhmat bilan qamaganda sen ham men ham yordam bera olmasdik” – deb to‘g‘ridan to‘g‘ri bizga aytishadi. Bu gaplar haqiqatdan ham to‘g‘ri. Sud jarayonida men sudyaga vaziyatni tushintiryapman shunda sudya to‘xtatib, migrantning o‘zidan so‘radi. Migrant esa mening gapimga qarama-qarshi gapirdi. “Ha” deyishi kerak bo‘lgan joyda “yo‘q” dedi. “Yo‘q” deyishi kerak joyda “ha” dedi. Shundan so‘ng mening ishim teskari bo‘lib ketdi.

Rossiyaga kelishda migratsion kartadan keyin asosiy muammo registratsiya hisoblanadi. O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kirgandan so‘ng yetti ish kunida registratsiya qildirib, uni bazaga tushirishlari kerak bo‘ladi. Hozirda registratsiya qilish bir muammo. Uni bazaga kiritish yana bir muammo. Ko‘pchilik holatda yetti ish kunida fuqarolarimiz registratsiya qilishga ulgurishmaydi ham. Masalan fuqarolarimiz o‘z turadigan joyiga registratsiya qildirishadi. Lekin ichki ishlar xodimining kasbiga sovuqqonligi sabab bazaga kiritilmay qoladi. Va natijada bu deportatsiyaga olib keladi.

- Mehnat muhojiri chegaradan o‘tgandan so‘ng yetti ish kunining yettinchi kuni registratsiya qildirishga kvartira topdi deylik. Registratsiya yana bir haftaga cho‘ziladi. Agar shu vaqtda politsiya xodimi to‘xtatsa, mehnat migrantini deport qiladimi?

– O‘zbekiston fuqarosi yetti ish kunida registratsiya qilishga ulgurmadi. Sakkizinchi kuni nima bo‘ladi? Agar siz yettinchi kuni registratsiya qilish uchun hujjatlarni topshirsangiz, sizga sakkizinchi kuni registratsiyangizni chiqarib bermaydi. Sizga registratsiyani kamida 10-15 kunda chiqarib berishadi. Bunday holatlarning ba’zilarida 5 ming rubl jarima olib, qo‘yib yuborishadi. Ba’zi holatda esa sudga olib borib, deportatsiya qilishadi. Birinchi marta kelganlarni jarima qo‘llab, qo‘yib yuborishi mumkin. Agar xorij fuqarosi ko‘p marta kirdi-chiqdi qilgan bo‘lsa ya’ni ancha vaqtdan beri Rossiya hududida yurgan bo‘lsa, protokol tuzilib, 5 ming rubldan 7 ming rublgacha jarima va sud qarori bilan Rossiya hududidan chiqarib yuboriladi.

Chegarada qonunni buzsangiz ular Rossiya hududiga kirishga taqiq qo‘yishadi. Boshqa holatlarda Ichki ishlar organlari tomonidan taqiq qo‘yiladi.

So‘nggi vaqtlarda Rossiyadagi iqtisodiyotining pasayishi sabab ko‘plab fuqarolarimiz 3 oy davomida hujjat qilmayapti. Buning oqibatida ular kichik jinoyatlar sodir etmoqda. Ya’ni Rossiyada hujjatsiz yurishadi. Natijada fuqarolarimiz ozodlikdan mahrum qilish koloniyalariga tushib qolishadi. Koloniyadan chiqqanidan so‘ng Ichki ishlar organlari yoki Adliya vazirligi tomonidan Rossiya hududiga kirishga taqiq qo‘yishadi. 

 

Manba: https://kun.uz

HORIJDAGI YURTDOSHIM
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Imomning qiroati kifoya

20.06.2025   4601   1 min.
Imomning qiroati kifoya

Hanafiy mazhabida imomga iqtido qiluvchi imom orqasida xoh jahriy namozda, xohi maxfiy namozda qiroat qilmaydi.

Bunga dalil Payg‘ambarimiz alayhissalomning so‘zlaridir: «Kimning imomi bo‘lsa, bas, imomning qiroati uning ham qiroatidir», deb aytganlar.

Mana shunga sahobai kiromlar ham ijmo’ qilishgan. Yana bir hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom dedilar: «Qachon qiroat qilinsa, bas, jim turing!»  Imom Muslim rivoyati.

Abu Hanifa va Abu Yusuf roziyalohu anhumlar nazdida: Imomga iqtido qilgan kishining qiroat qilishi makruh bo‘ladi, bundan murod makruhi tahrimiydir.

Chunonchi, Hazrati Ali karramallohu vajhahu bunday deganlar: «Kimki imom orqasida qiroat qilsa, batahqiq, sunnatni xato bajaribdi!»

Shunday ekan imomga ergashuvchi har bir namozxon imomga iqtido qilib ergashdimi, imomni qiroatini eshitishi va sukut saqlab jim turishi kerak bo‘ladi. Shunda ado etiladigan ibodatlar mukammal, bexato bo‘ladi.

Hanafiy mazhabining masalasiga binoan, fiqhiy matn kitoblari ko‘rsatmasiga amal qilgan holda barcha namozlarda imom orqasida muqtadiy jim turishi talab etiladi. Aks holda, makruhi tahrimiy ishni qilib qo‘yish mumkin.

Abdug‘affor Nishonov,

Pop tumani "Soy" jome masjidi imom-xatibi

Manba: @Softalimotlar

MAQOLA