Sayt test holatida ishlamoqda!
23 May, 2025   |   25 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:19
Quyosh
04:58
Peshin
12:25
Asr
17:29
Shom
19:45
Xufton
21:18
Bismillah
23 May, 2025, 25 Zulqa`da, 1446

Mehnat muhojirlarining hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash haqida ma’lum qilindi

28.01.2020   3758   1 min.
Mehnat muhojirlarining hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash haqida ma’lum qilindi

Xorijga ishlashga ketayotgan mehnat migrantlarining hayoti va salomatligi sug‘urtalash bepul,deydi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i Baxtiyor Tursunov.

“Odamlarimizning sug‘urta tizimiga u qadar ham ishonmagani uchun ham xorijga ishga ketishni mo‘ljallayotgan mehnat migrantlarining hayoti va salomatligini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotini qoplash uchun subsidiyalar berilmoqda. Bu nima uchun qilinmoqda? Xudo ko‘rsatmasin har xil holatlar bor. Shunaqa holatlarga tushganingizda kim pul berarkan, davolanishga qayerdan pul topaman degan savollar tug‘ilmaydi, hayotingiz va salomatligingizni sug‘urta qildirgan bo‘lsangiz, sug‘urta kompaniyasi barcha xarajatlaringizni qoplab beradi”, deydi agentlik boshlig‘i.

Sug‘urtaning narxi haqida to‘xtalgan Baxtiyor Tursunovning ta’kidlashicha, “Bir yillik sug‘urta 100 yoki 200 ming so‘m turadi. Bu mehnat migrantiga yoki uning oilasiga qancha narsada yordam berishi mumkin. Buning uchun mehnat migranti O‘zbekistonga kelishiyam shartmas. Qarindoshlari istalgan sug‘urta kompaniyasiga borib, uning hayoti va salomatligini sug‘urta qildirib qo‘ysa bo‘ladi”.

Manba: https://azon.uz

HORIJDAGI YURTDOSHIM
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bir xurmoning yarmi

21.05.2025   2550   1 min.
Bir xurmoning yarmi

Bir o‘smir “ulg‘ayib, boy bo‘lsam hammaga yordam beraman” deb yurar edi. U boylik bo‘lsagina odamlarga yordam berish mumkin, degan fikrda ekan, bir kuni Payg‘ambar alayhissalomning bir xurmoni yarmini sadaqa qilib bo‘lsa ham do‘zaxdan saqlanish lozimligi haqidagi hadisini eshitib qoldi. Bir kichik xurmoning yarmi qancha bo‘lardi, deb tasavvur qilolmadi.
 

Ertasiga ko‘chaga chiqish oldidan bir xurmoni cho‘ntagiga solib oldi. Yo‘l bo‘yda tilanib turgan otaxonning yonidan o‘tarkan, cho‘ntagiga qo‘lini tiqib, beixtiyor kechagi hadisni esladi. Xurmoni olib, yarmini otaxonga uzatdi. Shunda otaxonning ko‘zlari quvonchdan porlab ketdi. O‘smir yigit o‘yladiki, “hatto ko‘p pul berilsa ham bu qadar xursand bo‘lmasdi”, deb o‘yladi. Qilgan ishidan o‘ziyam shodlandi. Angladiki, otaxon o‘ziga berilgan narsaning qiymatidan emas, o‘ziga berilgan e’tibor va baham ko‘rishdan nihoyatda shodlangandi.
 

Yigitcha bu ishidan keyin yuqoridagi hadisning hikmatini tushunib ketdi. Endi u bir ko‘ngilni obod qilish uchun boy bo‘lishni kutib yurmaslik kerakligini bildi. Zero, ko‘ngil Xudoning nazargohidir. Uni quvontirgan kishini Alloh quvontirishi shubhasizdir.

Akbarshoh Rasulov

Ibratli hikoyalar