Islom ishlari, vaqflar, da'vat va irshod vaziri shayx, doktor Abdullatif bin Abdulaziz Ol-Shayx vazirlikning ar-Riyoddagi bosh qarorgohida vazirlikning bir qator kiberxavfsizlik tizimlarini ochish to'g'risida qaror chiqardi.
Kiberxavfsizlik nazorati bilan o'z-o'zini muvofiqlashtirish tizimi muvofiqlikni baholashning barcha bosqichlarini avtomatik amalga oshiradi va kiberxavfsizlikdan xabardorlik dasturi esa xodimlar uchun ta'lim mazmunini o'z ichiga oladi.
Ushbu tizimlarning ishga tushirilishi rahbariyatning barcha davlat organlariga kiberxavfsizlik darajasini oshirishga yo'naltirish, milliy kiberxavfsizlik organi tomonidan tasdiqlangan nazoratni amalga oshirish va bajarish majburiyatini olishga qaratilgan ko'rsatmalariga javob beradi, vazirlikka o'sish va farovonlikni ta'minlaydigan xavfsiz va ishonchli kibermakonga kirish imkonini yaratadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Abdulaziz YO‘LDOSHEV/«Xalq so‘zi». Samarqand shahrida «Moturidiylik — bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat ta’limoti» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilyapti. Unda 20 dan ortiq mamlakatdan yetmishdan ziyod ulamo va olimlar, xalqaro tashkilot rahbarlari, muftiylar, ilmiy tadqiqotchilar qatnashyapti.
Konferensiya ishtirokchilari 29 aprel kuni ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahridagi muborak qadamjolarni ziyorat qilib, tarixiy obidalar va ziyoratgohlardan katta taassurot oldi.
Xorijiy ulamolar bu diyor dunyo sivilizatsiyalar markazi bo‘lgani, Islom tamadduni rivojiga ham muhim hissa qo‘shgani, ko‘plab olimu ulamolarni yetishtirib berganini e’tirof etdi.
Bugun konferensiya ishtirokchilari Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti mohiyati, moturidiylik namoyandalari va asarlari, moturidiylik ta’limotiga oid zamonaviy tadqiqotlar, globallashuv jarayonida mo‘tadil islom ta’limotining ahamiyati, zamonaviy islomshunoslik tadqiqotlari singari muhim ilmiy masalalarni muhokama qiladi.
xs.uz