frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Terrorizm zararlari

27.01.2020   3367   1 min.
Terrorizm zararlari

Ekstremistik va terrorchi guruhlar insonlarga nisbatan zo‘ravonlik, kuch ishlatish yo‘lini tutadilar. Ular ma’lum bir din doirasida cheklanmaydilar. Bunday guruhlar hech bir qonunni hurmat qilmaydilar, faoliyatlari insonlar va dinlarga qarshi qaratilgan bo‘ladi. “Terrorizm” so‘zi qo‘rqitish, xavfga solish ma’nolarini anglatadi. Manbalarda terrorizmga “Shaxslarga qarshi kuch ishlatish, jamiyat xavfsizligi va tinchligiga raxna soluvchi, notinchlik keltirib chiqaruvchi, g‘arazli siyosiy maqsadli, muayyan diniy toifaga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar”, deb ta’rif beriladi. Bunda shaxslar va davlat, ularning mol-mulklariga zarar yetadi.

Terrorizmni yo‘q qilish, undan qutulish uchun davlatlar harbiy, iqtisodiy va informatsion choralar ko‘rishmoqda. Bu choralardan terrorizmning fuqarolarga solayotgan xatarini yo‘qotish maqsad qilinadi.

Terrorizmning jamiyatga zararlari qatorida quyidalarni sanash mumkin:

  • Begunoh odamlarning qoni to‘kilishi;
  • Mol-mulklarga zarar va talafot yetkazilishi;
  • Jamiyatda xavf va qo‘rquv paydo qilinishi;
  • Davlat va rahbarlarga qarshi isyon;
  • Tartibsizliklar kelib chiqishi;
  • Tarqoqlik va bo‘linish.

Ushbu holatlarning oldini olish uchun mutaxassislar terrorizmga qarshi kurashning quyidagi yo‘llarini taklif qilishadi:

  • Ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish;
  • Bag‘rikenglik, mo‘tadillik g‘oyalarini mustahkamlash;
  • Yosh avlodni to‘g‘ri shakllantirish.
  • Turli diniy konfessiyalar o‘ratsida o‘zaro muloqot va tushunish omillarini rivojlantirish.

Abdurasul QAYUMOV,

“Muhsinxon To‘ra Eshon” jome masjidi

imom-xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yagona Vatan, yagona xalq — ezgulik va mehr-oqibat sari!

24.08.2026   16332   1 min.
Yagona Vatan, yagona xalq — ezgulik va mehr-oqibat sari!

Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida boshlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi ezgulik chellenji davom etmoqda.

Mazkur ezgu tashabbus doirasida Qumqo‘rg‘on tumanida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj, e’tibor va ko‘makka ehtiyojmand oilalarning 51 nafar farzandlariga maktab o‘quv qurollari va so‘mkalar topshirildi.

Xususan, ushbu ezgu tadbir Qumqo‘rg‘on tumani "Shah Mashrab" jome' masjidida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakili R.Abdullayev, Surxondaryo viloyati hokimligi kotibiyat mudiri D.O’roqov, tuman Bosh imom-xatibi H.Zayniyev hamda tumandagi barcha masjid imom-xatiblari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Bunday ezgu tashabbuslar orqali yurtdoshlarimizga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularning og‘irini yengil qilish, muammolariga yechim topish hamda xonadonlarga bayramona kayfiyat ulashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Zero, inson qadri, mehr-oqibat va saxovat bor joyda ezgulik bardavom bo‘ladi.

Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati 

 

O'zbekiston yangiliklari