Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi “Armijon” jome masjidi imom-xatibi tashabbusi namozxonlar orasida o‘ziga xos viktorina o‘tkazildi.
“Beshikdan to qabrgacha ilm ista” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu viktorinada imom-xatib Orif domla Naimov tomonidan Islomda ibodat va boshqa masalalarda turli savollar berildi, javobini topishga esa bir kun muxlat berildi. Natijada namozxonlarning qiziqishi ortib, berilgan savollarga javob axtardilar, ko‘plab kitoblarni o‘qib, o‘rganishga kirishib ketdilar.
Mazkur loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad qiziqarli uslublarda jamoatni kitob mutolaasiga keng targ‘ib etish, savodxonlikni oshirishdir.
1-bosqichda to‘g‘ri javoblarni topib, g‘olib bo‘lganlar masjid ma’muriyati tomonidan mo‘tabar kitoblar bilan taqdirlandilar.
Viktorina bosqichma-bosqich muntazam davom etirrilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi
Shu yil 28 aprel kuni Namangan viloyati bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbasiddinov boshchigida viloyat vakilligi xodimlari, tuman-shaharlar bosh imom-xatiblari va “Haj – 2024” ziyoratchilaridan iborat ishchi guruhi a’zolari uchun Pop tumanidagi “Kichik Xo‘jabod“ jome masjidida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Pop tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, Ishchi guruh faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:
1. Imom-xatib “Haj – 2024” ziyoratchilarini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etish;
2. Imom-xatibning masjidni boshqarish faoliyatini yaqindan o‘rganish va unga ko‘mak berish;
3. Imom-xatib uchun namuna tarzida peshin namozi vaqtida masjidga kelganlarga dolzarb mavzuda ma’ruza qilib berish.
Yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha Ishchi guruh a’zolari Pop tumanida ish olib bordi.
Shuningdek, Ishchi guruh a’zolari Pop tumanidagi masjidlar hududidagi mahalliy xonadonlarga kirib, ularning hol-ahvoli so‘raldi. Xususan, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, muammolari o‘rganildi, taklif, fikr-mulohazalari tinglandi va keksalardan yurtimiz haqqiga duoi hayrlar olindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati