Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etmoqda.
– Mamlakatimizda “Jaholatga qarshi – ma’rifat”, degan ezgu g‘oya asosida Islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do‘stlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishini targ‘ib etish kun tartibimizdagi doimiy masalalardan biri bo‘lib qoladi.
Joriy yilda hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy, kalom ilmi asoschisi Abu Mansur Moturidiy va uning davomchisi Abu Muin Nasafiy hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan hamda diniy bag‘rikenglik mavzularida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.
Imom Buxoriy bobomizning Samarqanddagi yodgorlik majmuasini bu mo‘tabar zotning musulmon dunyosidagi ulug‘ maqomiga mos ravishda, mutaqo yangi loyiha asosida qayta barpo etish ishlarini ham boshlaymiz. Shuningdek, buyuk alloma Bahouddin Naqshband bobomizning 700 yillik tavallud ayyomining yuqori saviyada o‘tkazishimiz kerak. Sizlarga ma’lumki, keyingi yillarda olib borilayotgan insonparvar siyosat tufayli to‘g‘ri yo‘ldan adashgan, bilib-bilmay xatoga yo‘l qo‘ygan fuqarolarni sog‘lom hayotga qaytarish borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilda ham diniy ekstremistik yo‘lga kirib qolgan chin dildan pushaymon bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy-maishiy muammolarini aniqlash va hal etish, ularni jamiyatga moslashtirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
Jahonda shiddat bilan o‘zgarayotgan notinch va murakkab vaziyat, turli mojarolar jonajon Vatanimiz xavfsizligini va el-yurtimiz osoyishta hayotini ta’minlash hamda mavjud xatarlarga munosib javob berishda doim tayyor turishimizni taqozo etmoqda, deb ta’kidladi muhtaram Prezidentimiz o‘z Murojaatnomasida.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
2026 yil 26 yanvar kuni Buxoro viloyatida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, shuningdek, diniy soha xodimlari o‘rtasida jamoaviy hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlash maqsadida imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida shaxmat, shashka, stol tennisi hamda voleybol bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqalari tashkil etildi.
Tadbir belgilangan reja va sport qoidalari asosida o‘tkazilib, viloyatning tuman va shahar masjidlarida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom-noiblar faol ishtirok etdilar.
G‘oliblar:
Shaxmat:
1-o‘rin — Odilov Haydarjon (Ko‘gon t., “Xo‘ja Ka’bul Axbor Vali”)
2-o‘rin — Isoyev Mustaqim (Shofirkon t., “Qori Fazliddin”)
3-o‘rin — Ismoilov Ismat (Qorako‘l t., “Qobulota”)
Shashka:
1-o‘rin — Rahmonov Bobojon (Vobkent t., “Miri Xurd Vobkandiy”)
2-o‘rin — Avezov Abdulloh (Qorako‘l t., “Bozorxo‘ja”)
3-o‘rin — Najmiddinov G‘ayrat (Romitan t., “Mahallai-bolo”)
Stol tennisi:
1-o‘rin — Boboqulov Sadam (Peshku t., “Xo‘ja Peshko‘”)
2-o‘rin — Najmiddinov Asatillo (Buxoro sh., “Umar ibn Xattob”)
3-o‘rin — Bozorov Vahobiddin (Peshku t., “Chiqirchi”)
Voleybol:
1-o‘rin — “Bahovuddin Naqshband” jamoasi
2-o‘rin — “Najmiddin Kubro” jamoasi
3-o‘rin — “Jaloliddin Manguberdi” jamoasi
Musobaqalar diniy soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, sportga qiziqishni oshirish hamda o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbirni tashkil etishda Mir Arab oliy madrasasi hamda viloyat sport federatsiyasi yaqindan amaliy yordam ko‘rsatdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati