Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2025   |   19 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:33
Bismillah
14 Iyul, 2025, 19 Muharram, 1447

Onlayn: Oliy ta’limda qizlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

24.01.2020   1869   1 min.
Onlayn: Oliy ta’limda qizlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi 700 nafar ziyoli olimlar, professorlar va tadqiqotchilar davlat granti hisobidan xorijga malaka oshirish uchun yuboriladi. Bu keyinchalik ikki barobarga oshiriladi. Bu haqda Prezident o‘z nutqida ma’lum qildi.
Darhaqiqat, Prezidentimiz Murojaatnomada bugungi kundagi eng dolzarb masalalarga to‘xtalyapti. Xususan, ta’lim sohasi haqida gapirarkan, Davlatimiz rahbari ta’lim sifatini xalqaro talablar darajasiga ko‘tarish maqsadida qator chora-tadbirlar ishlab chiqilishini qayd etdi.
Respublikamizda 348 ta tayanch maktabi belgilanishi, 6000 dan ziyod o‘qituvchining xalqaro miqyosda malaka oshirishi ta’minlanishi aytib o‘tildi. Shuningdek, mamlakatimizda 340 ta kasb-hunar maktablari, 200 dan ortiq ixtisoslashgan umumta’lim maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi tizimni rivojlantirishga bevosita xizmat qiladi.
Prezident oliy ta’lim tizimida ham kelajakda katta o‘zgarishlar ro‘y berishini aytib o‘tdi. Mamlakatimizda yoshlarni oliy ta’limga qamrab olish 2020 yilda 25 foizga, yaqin kelajakda esa 50-60 foizga oshiriladi.
Eng muhimi, oliy ta’limga qamrab olish to‘lov-kontrakt masalasiga bog‘liq bo‘lib qolishi kerak emas, deya alohida ta’kidladi Prezidentimiz. Buning uchun grant asosida oliy ta’lim olish ko‘rsatkichi ikki baravar oshadi. Qizlar uchun esa alohida qo‘shimcha imtiyozlar yaratiladi. Davlatimiz rahbarining bu fikrlari olqishlar bilan kutib olindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari

14.07.2025   1916   2 min.
Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari

Islomning barcha – beshala ruknini ham bajargan odam chinakam saodatlidir. Ayniqsa, hojilik – alohida mas’uliyat talab etadigan maqom. Bu yil yurtimizdan 15 mingdan ziyodroq fuqaro ana shunday sharafga ega bo‘ldi.

Bu yil yurtimizdan hajga borgan yurtdoshlarimiz Arafot vodiysida muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiliklarida yurtga qaytgach, «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz» degan ezgu tashabbusni ilgari surgan edilar.

Bugun, 14 iyul kuni poytaxtimizdagi «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome masjidi majlislar zalida poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar, imom noiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdulvosid Xomitjonov, «Nuroniy« jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi raisi Rustam Kalonov, Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Furqatxo‘ja Mahmudxo‘jayev, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov ishtirok etdi.

– Hojilarga katta ishonch bildirib, ular ma’naviyat targ‘ibotchilaridir, – deydi DIQ raisi birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov. – Hadisi sharifda: “Insonlarning Alloh taologa eng seviklisi odamlarga ko‘p manfaati yetkazadiganidir” (Imom Tabaroniy rivoyati), deyilgan. Shunday ekan, har bir hojiga o‘z hududidagi imom-xatib ko‘makchi bo‘lib, mahallama-mahalla yurib, aholiga, ayniqsa, yoshlarga pandu nasihatlar qilishlari zarur. Chunki hojilarning so‘zlari ta’sirchan bo‘ladi. Farzandlarimizning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olishda ularning xizmatidan foydalanishimiz kerak. Hojilarimizning sa’y-harakatlari bilan xalqimizning ma’naviyati, ma’rifati yanada oshadi.

Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali hojilarimiz jamiyatimizdagi mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bo‘lmoqdalar.

Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari
O'zbekiston yangiliklari