frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Olmani tishlagan qiz

20.01.2020   2651   1 min.
Olmani tishlagan qiz

Qizaloqning qo‘llarida ikkita olma bor edi. Onasi undan “Qizim, olmaning bittasini menga ber” deb so‘radi. Qiz onasiga tikilib turdi-da, keyin qo‘lidagi olmalarni birin-ketin tishladi. Onasi qizining bu ishidan biroz xafa bo‘lib, “Mehr bilan boqqan qizim shunday qildiya” degan narsa xayolidan o‘tdi. O‘z qizidan bunday muomalani kutmagandi. Qizidan uzoqlashib, boshqa xonaga chiqmoqchi bo‘lganida, qizi uning ortidan chaqirdi va “Onajon, mana bunisi shirinroq ekan” dedi-da, olmalarning birini onasiga uzatdi.

Qizaloq onasiga shirin olma berish uchun ularni tishlab ko‘rgandi. Onasi esa bu holni biroz noto‘g‘ri tushundi va qizidan xafa bo‘la boshladi. Qizining gapidan keyin ona undan bekorga xafa bo‘lganini angladi.

Har qancha ilmli, tajribali va dunyoqarashi keng inson bo‘lmang, boshqalar haqida hukm chiqarishga shoshilmang. Odamlarga o‘z maqsadlarini bayon qilib berishlari uchun imkon bering.

 

Internet ma’lumotlari asosida Nozimjon Hoshimjon tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda yurtimizdagi bunyodkorlik va ma’rifiy ishlarni yuksak e’tirof etdi

07.07.2026   6272   1 min.
Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda yurtimizdagi bunyodkorlik va ma’rifiy ishlarni yuksak e’tirof etdi


Shu kunlarda yurtimizda o‘tkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” mavzusidagi I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Muftiy hazratlari nufuzli anjuman ishtirokchisi bo‘lgan martabali mehmonni qutlab, ikki davlat rahbarlarining o‘zaro ishonchi diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlikka mustahkam zamin bo‘layotganini alohida qayd etdilar.
 

Samimiy muloqotda Shayxulislom Ollohshukur Poshozodaning ilmiy kamolotida Buxoroi sharif va Mir Arab madrasasining o‘rni beqiyos ekani yodga olinib, Davlatimiz Rahbari tomonidan 500 yillik tarixga ega ushbu shonli madrasa nufuzini oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar yuqori baholandi.


 

Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, diniy-ma’rifiy jabhadagi islohotlar, qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni rivojlantirish yo‘lidagi aloqalar va ulug‘ allomalarga ehtirom ko‘rsatish borasidagi xayrli ishlarni yuksak e’tirof etdi.  



Yakunda Haq taolodan xalqaro islom sivilizatsiyasi forumini muvaffaqiyatli o‘tishi va ikki qardosh el o‘rtasidagi ma’rifiy hamkorlik musulmon ummati uchun xayrli bo‘lishini so‘rab duolar qilindi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda yurtimizdagi bunyodkorlik va ma’rifiy ishlarni yuksak e’tirof etdi Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda yurtimizdagi bunyodkorlik va ma’rifiy ishlarni yuksak e’tirof etdi
O'zbekiston yangiliklari