Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Iyun, 2025   |   2 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
27 Iyun, 2025, 2 Muharram, 1447

O‘z joniga qasd qilish – KATTA GUNOH

20.01.2020   3365   5 min.
O‘z joniga qasd qilish – KATTA GUNOH

Inson boshqa jamiki narsalardan mumtoz, hamma mahluqotlardan eng ulug‘idir. Inson ulkan izzat va hurmatga loyiqdir. Alisher Navoiy o‘zining «Vaqfiya» asarida, «Butun osmon va osmondagi jami narsalar, butun yer yuzi va yer yuzidagi jami narsalar, hamma dengizlar va unda mavjud bo‘lgan hamma narsalar, hamma mamlakatlar va ularda bor jami ne’matlar - bari, eng yaxshi narsalar inson uchun, uning baxt-saodati uchun yaratilgan, bularning jami - insonga xizmat qilmog‘i kerak» deb yozgan edi. Insonning mukarramligining yana bir jihati  aql-idrok va tafakkurga ega bo‘lganligidadir. Aql-idrok sohibi bo‘lganligi uchun u ikki dunyodagi voqealarni bilishga urinadi, ilmu-tafakkuri, dahosi, mehnati, salohiyoti bilan dunyoni boshqaradi. Insonda buyuk mutafakkirlarimiz ta’kidlaganlaridek, bebaho marvarid – aql-zakovat mavjud. Unda tabiat va jamiyatning sir-asrorlarini va yuksak cho‘qqilarini bilish qobiliyati jamul-jamdir.

Barcha ilohiy va mumtoz asarlarda inson qadri odam zotining Allohning eng buyuk mo‘jizasi sifatida ulug‘lanishi, har tomonlama munosib qadr-qimmat topishini anglatadi. Islom insonlarni bir-biriga zarar yetkazishlikdan va o‘zini ham qiyinchilikka solishlikdan qaytaradi. Inson o‘ziga ato etilgan hayot ne’matini qadrlamog‘i lozim. Ming afsuslar bo‘lsin, hayotining qadriga yetmaydigan  insonlar ham borki, o‘z jonlariga qasd qilish holatlariga guvoh bo‘lib qolamiz.

Qur’oni Karimda o‘z joniga qasd qilishi eng katta gunohlardan ekani ta’kidlangan: “O‘zingizni o‘zingiz o‘ldirmang. Albatta, Alloh sizlarga rahmlidir”[1]. Va yana “O‘zingizni halokatga duchor qilmang. Ehson qiling, albatta. Alloh ehson qiluvchilarni xush ko‘radi”[2]. O‘zini-o‘zi o‘ldirish Islomda qattiq qoralanadi. Bu ish mo‘min musulmon odamga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan ish bo‘lib, o‘z joniga qasd qilish Alloh taoloning qazoi qadariga norozi bo‘lish, U bergan hayot ne’matiga nonko‘rlik qilish osiylik va irodasizlikdir. O‘zi o‘zi o‘ldirish musulmonlarga xos bo‘lmagan qo‘rqoqlik va nomardlikdir.

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisi sharifda esa o‘zini o‘ldirgan kishining jazosi yanada ravshanroq yoritilgan: “Kim o‘zini bir temir parchasi bilan o‘ldirsa, qiyomat kunida jahannam o‘tida temirlar parchasi qo‘lida, abadiy ravishda u bilan o‘zini o‘ldirib azoblanib yotadi. Kim zahar ichib o‘zini o‘ldirsa, doimiy ravishda zaharlanib jahannam o‘tida azoblanadi. Kim o‘zini tog‘dan tashlab yuborsa, doimiy ravishda jahannam o‘tida o‘zini tashlab o‘ldirib azoblanadi”.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: Alloh taolo hadisi qudisiyda marhamat qilurki, “Bandam o‘zini o‘zi o‘ldirib men unga bergan umrimga shukr qilmay, shoshildi. Shuning uchun unga jannatni abadiy xarom qildim”. Va yana boshqa bir hadisda imom Buxoriy  Jundab roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: Nabiy sallollohu alayhi vasallam: “Bir odamning jarohati bor edi. U o‘zni o‘zi o‘ldirdi, shunda Alloh azza va jalla: “Bandam mendan avval joni haqida o‘zi shoshqoloqlik qildi, Men unga jannatni xarom qildim”, - dedi”, deganlar.

Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhu dan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallam: “O‘zini o‘zi bo‘g‘gan do‘zahda ham o‘zini bo‘g‘ib turadi. O‘ziga o‘zi pichoq urgan do‘zahda ham pichoq urib turadi”, deganlar. Demak o‘zini o‘zi o‘ldirgan odam do‘zahga tushishda shubha yo‘q. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, islomda insonning o‘z joniga qasd qilishi gunohi kabiralar (eng og‘ir gunohlar)dan sanalib do‘zaxiy bo‘lishi qayta-qayta ta’kidlangan.

 Ibni Sirin rahimahulloh aytadilar: “O‘zini halokatga tashlash Alloh taoloni rahmatidan umidsizlik belgisidir”. Imom Nasafiy aytadilar “Ba’zi johillar kabi odam o‘zini o‘zi o‘ldirmasligi kerak”.

 Jobir ibn Samura roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. “Nabiy sallollohu alayhi vasallamga o‘zini  mishqoslar bilan o‘ldirgan odam olib kelindi. Bas u zot unga janoza o‘qimadilar”. Hadisdagi “mishqos”dan murod - keng tig‘li pichoqqa o‘xshash narsa. Nabiy sallollohu alayhi vasallam o‘zini o‘zi o‘ldirgan odamga janoza namozi o‘qimaganliklari bu odamning qilgan noma’qulchiligi uchun munosib jazodir. Oxiratda esa alohida jazo bo‘ladi. O‘z joniga qasd qilgan inson Alloh taolo rahmatidan uzoq bo‘lib, oxiratda hadislarda keltirilganidek, abadiy azob uqubatda bo‘lish bilan birga har bir musulmonning gunohlarini kafforat bo‘lishiga sabab bo‘ladigan janoza namozidan ham mahrum qilinar ekan.

Hayot atalmish aziz ne’mat inson uchun berilgan eng qadrli omonatdir. Shuningdek, u Alloh taolo tomonidan bizlarga topshirilgan imkoniyat va mas’uliyat hamdir. Har inson bu ne’matni asrab avaylashi, unga hiyonat qilmasligi kerak, aks holda eng og‘ir jinoyatga qo‘l urgan bo‘lib, o‘z zimmasiga katta gunoh orttirgan bo‘ladi.

 

                                                               “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi

  o‘qituvchisi  Joziba Jamol qizi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Kim juma kuni "Duxon" surasini o‘qisa

26.06.2025   1183   1 min.
Kim juma kuni

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kechasi "Ho mim" – "Duxon"ni qiroat qilsa, mag‘firat qilinadi», dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim juma kechasi "Ho mim" – "Duxon" surasini o‘qisa, yetmish ming farishta tonggacha uning haqqiga istig‘for aytib chiqadi».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kechasi yoki juma kuni "Ho mim" – "Duxon"ni qiroat qilsa, Alloh unga jannatda bir uy bino qiladi», dedilar.