Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Avgust, 2026   |   29 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:59
Quyosh
05:29
Peshin
12:28
Asr
17:23
Shom
19:31
Xufton
20:58
Bismillah
12 Avgust, 2026, 29 Safar, 1448

“Inshaalloh” iborasi Nemis tiliga kiritildi

17.01.2020   5513   1 min.
“Inshaalloh” iborasi Nemis tiliga kiritildi

Musulmon olamida keng qo‘llaniladigan “Inshaalloh” iborasi nemis tilining eng mashhur imlo lug‘ati – Dudenga kiritildi. Endilikda nemis tilida gapiruvchilar ham ushbu so‘zni ishlatishadi.

“Inshaalloh” arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “Xudo xohlasa”, “Xudoga hush kelsa” ma’nolarini anglatadi. Yaxshi istak bildirish, Xudoyo, Ilohim kabi ma’nolarda keladigan duo iborasi hamdir.   

Nemislar oldin ham arab tilidan ba’zi so‘zlarni olishgan. Ammo bu ibora Islom dini va musulmonlar e’tiqodi bilan bog‘liq ilk atama sifatida nemis lug‘atiga kiritildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoroda 600 dan ortiq abituriyent imtihon topshirdi (fotolavha)

10.08.2026   10231   1 min.
Buxoroda 600 dan ortiq abituriyent imtihon topshirdi (fotolavha)

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga 2026-2027 o‘quv yili uchun kirish test sinovlarining 5-hudud (Buxoro viloyati) bo‘yicha imtihon jarayonlari Mir Arab oliy madrasasi binosida bo‘lib o‘tdi.


Mazkur hudud bo‘yicha diniy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan 657 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi.


Imtihonlarning shaffofligi, adolatliligi hamda tartib-intizomini ta’minlash maqsadida jarayonlarga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul rahbarlari, diniy ta’lim muassasalari mutasaddilari, pedagog-o‘qituvchilar hamda ichki ishlar va tibbiyot xodimlari jalb etildi.


Test sinovlari boshlanishidan oldin abituriyentlarga imtihon topshirish tartibi va baholash mezonlari batafsil tushuntirildi. Barcha jarayonlar belgilangan talab va qoidalarga muvofiq, yuqori darajada tashkil etildi.


Tashkilotchilar test jarayonlarining shaffof va tartibli o‘tishiga yaqindan ko‘maklashgan Buxoro shahar ichki ishlar organi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi tibbiyot xodimlari hamda diniy ta’lim muassasalari vakillariga o‘z minnatdorligini bildirdilar. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Buxoroda 600 dan ortiq abituriyent imtihon topshirdi (fotolavha) Buxoroda 600 dan ortiq abituriyent imtihon topshirdi (fotolavha) Buxoroda 600 dan ortiq abituriyent imtihon topshirdi (fotolavha) Buxoroda 600 dan ortiq abituriyent imtihon topshirdi (fotolavha) Buxoroda 600 dan ortiq abituriyent imtihon topshirdi (fotolavha) Buxoroda 600 dan ortiq abituriyent imtihon topshirdi (fotolavha) Buxoroda 600 dan ortiq abituriyent imtihon topshirdi (fotolavha) Buxoroda 600 dan ortiq abituriyent imtihon topshirdi (fotolavha)
O'zbekiston yangiliklari