Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Yanvar, 2025   |   19 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:45
Peshin
12:39
Asr
15:42
Shom
17:26
Xufton
18:44
Bismillah
19 Yanvar, 2025, 19 Rajab, 1446

O‘mon elchisiga ta’ziya izhor qilindi

14.01.2020   2235   1 min.
O‘mon elchisiga ta’ziya izhor qilindi

O‘mon Sultoni Qobus bin Said vafot etgani munosabati bilan ushbu davlatning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmad bin Said bin Umar al-Kasiriyga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining ta’ziyalari yetkazildi.

14 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Xomidjon Ishmatbekov va Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Muhammad-Akmalxon Shakirov Toshkent shahridagi O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi elchixonasiga tashrif buyurib, elchi Ahmad bin Said bin Umar al-Kasiriyga muftiy hazratlarining hamdardliklari izhor qilindi hamda elchixonaning esdalik kitobiga Diniy idoraning ta’ziyasi qayd etib qo‘yildi.
Qobus bin Said mamlakat xalqining farovonligi va xalqaro maydondagi o‘rnini har tomonlama mustahkamlash yo‘lida beqiyos sa’y-harakatlarni amalga oshirgan taniqli va mohir davlat arbobi edi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Faqirlikdan qutulish uchun

17.01.2025   6473   1 min.
Faqirlikdan qutulish uchun

Uydan faqirlikni quvishda Ixlos surasini o‘qish haqida

Sahl ibn Sa’d Su’adiy roziyallohu anhudan rivoyat qiladi, ansorlardan bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib faqirlik va yashash qiyinligidan shikoyat qildi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: “Uyingga kirsang, uyda biron kim bo‘lsa salom ber. Hech kim bo‘lmasa menga salovot ayt va “Qul huvallohu ahad”ni bir marta o‘qi”, dedilar.

U kishi shunday qilgandi, Alloh taolo unga mo‘l rizq ato etdi, rizqini ko‘payib berdi va hatto (orttirib) qo‘shnilariga ehson qila boshladi.

“Tafsiri Abul futuh” va “Mustadrok”dan