Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.
Ey Robbim! O‘limimiz paytida kalimai shahodatni aytishni tilimizga oson qilgin, omin!!!
*****
Ey Robbim, meni ushbu to‘rt toifaning:
Men haqimda yaxshi gap eshitib, uni berkitadigan;
Men haqimda yomon gap eshitib, uni tarqatadigan;
Ortimdan meni g‘iybat qiladigan;
Hayotimni hasad va adovat ila kuzatadigan kishilarning yomonligidan asragin.
*****
Qabrimiz keng bo‘lishi uchun harakat qilaylik!
Qabring siqqanida holing nima kechadi? Qanchalik azob va mashaqqat ichra qolishingni o‘ylab ko‘r!
Qabrimiz keng bo‘lishi uchun yaxshi amallar qilaylik!
Ey Alloh! Bizlarning qabrimizni O‘zing keng va nurli qilgin, omin!
*****
Sening birovga qizig‘ing bo‘lmasa ham, onangga qizig‘ing bor.
Barcha tomoshabin insonlar sendan yuz o‘girsa ham, onang barchaning o‘rnini bosadi.
*****
Kim musulmonlarga qarshi so‘zlashda tiliga erk bersa va ayblarini kavlasa, o‘lim chog‘ida Alloh uni shahodat kalimasini aytishdan tutib qoladi.
Ibn Javziy rahimahulloh, “Bahrud-dumu’” kitobidan
*****
Eng yaxshi ustozlar
Sof e’tiqodli, qattiqqo‘llik qilib, o‘tgan darsini o‘quvchilardan talab qiladigan, o‘qimaganga ayamay past baho qo‘yadigan, undan yaxshi baho olish uchun o‘qishdan boshqa chora qoldirmaydigan, baho qo‘yish uchun aslo pul olmaydigan, har darsga yaxshi tayyorlanib kelib, shogirdlariga nimadir berishga urinadigan, o‘z kasbini fidokori bo‘lgan ustozlar eng yaxshi, mehribon, halol ustozlardir.
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati